Kredit-modul tizimi


Download 61.55 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi61.55 Kb.
#1446217
Bog'liq
KREDIT-MODUL TIZIMI

KREDIT-MODUL TIZIMI

Vazirlar Mahkamasinig 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli qarori asosida joriy etilgan

(ECTS)

Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida NIZOMining asosiy tushunchalari

Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida NIZOMining asosiy tushunchalari


GPA (Grade Point Average) — ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

GPA =

K1*U1+K2*U2+K3*U3…+Kn*Un

,

K1+K2+K3…+Kn

K — har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
U — har bir fan/modul bo‘yicha talaba to‘plagan baho;

Kredit — ta’lim olish natijalariga ko‘ra talaba tomonidan muayyan fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan o‘quv yuklamasining o‘lchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr sonlarda ifodalanishi mumkin. 1 kredit 25-30 soat teng. Filialda 1 kredit – 30 soat hisoblanadi.


KREDIT NIMA?

FAN krediti va yuklamasini hisoblash

1 kredit = 30 soat qilib belgilangan.

Misol uchun, 1-semestrda 3 kredit birlikdagi fanning yuklamasi quyidagicha hisoblanadi:

3 kredit*30 soat = 90 soat teng bo’ladi.

Ushbu 90 soat ichida auditoriya va mustaqil ta’lim soatlari kiradi.

Mustaqil ta’lim uchun soatini hisoblash

Agar semestrdagi haftalar soni 15 hafta bo‘lib, fan haftasiga 2 soatdan auditoriyada o‘qitiladigan bo‘lsa, uning mustaqil ta’lim uchun soati qanday hisoblanadi? Fan krediti semestr uchun 2 kredit berilgan.

Demak, bu yerda 15 hafta * 2 soat = 30 soat auditoriya soati chiqadi.

Kredit bo‘yicha umumiy soatni hisoblasak, 2 kredit * 30 soat = 60 soat chiqadi.

Mustaqil ta’lim uchun soat quyidagicha hisoblanadi:

Umumiy soatdan – auditoriya soatini ayiramiz = mustaqil ta’lim soati chiqadi.

60 soat – 30 soat = 30 soat - ushbu soat mustaqil ta’lim uchun soati.

BAHOLASH

Talabalarni baholashda o‘qituvchi fan sillabusida aniq yozib qo‘yish kerak va talabalar yetkazish kerak.

Nazorat turlariga: Joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat kiradi.

100 ballik tizimda masalan:

Joriy – 20 ball

Oraliq – 30 ball

Yakuniy – 50 ball

Jami - 100 ball.

Mustaqil ta’limda talaba baholanmaydi. Topshiriqlarni bajaradi.


BAHO

BALLda Minimal chegara

BALLda Maksimal chegara

5

90.00

100.00

4

70.00

89.00

3

60.00

69.00

2

0.00

59.00

DAVOMAT QAT’IY OLINISHI KERAK.

Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

O‘QUV JARAYONI

Qishgi semestr birinchi yarim yillik

1 kurslar 12-sentabrdan -24-dekabrgacha

2 kurslar 12-sentabrdan -24 –dekabrgacha

3 kurslar 5-sentabrdan - 21-yanvargacha

4 kurslar 5-sentabrdan – 21- yanvargacha

Qishki ta’til: 26-dekabrdan -7-yanvargacha.

Bayramlar: 1-oktabr, 8-dekabr.


Download 61.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling