Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini


Download 111.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana25.01.2023
Hajmi111.12 Kb.
#1123284
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13 150-сон 22.12.2006

qarori 
tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sudlar kredit summalarini muddatidan oldin undirish to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda kredit
shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risidagi talabning yo‘qligi kredit summasi va
foizlarni muddatidan oldin undirish haqidagi talablarni qanoatlantirishni rad etish uchun asos
hisoblanmasligini e’tiborga olishlari lozim.


(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli 
qarori 
tahririda)
5. Qarz oluvchilar (qarzdorlar)ning kreditlarni qaytarmaganlik uchun kredit tashkilotlari
oldidagi javobgarligi doirasini aniqlashda sudlar qarz tarkibiga kreditning yoki uning bir qismining
summasi, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar, kredit shartnomasida belgilangan hajmda
boshqa to‘lovlar (komissiyalar) kirishidan kelib chiqishlari zarur.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar, kredit tashkiloti tomonidan qarz oluvchi (qarzdor)
bankning pul mablag‘laridan amalda foydalangan butun davri uchun, hatto aktiv (kredit/qarz)
o‘stirmaslik maqomiga o‘tkazilgan taqdirda ham, pul majburiyatlarini kechiktirish davrini qo‘shgan
holda hisoblanishi mumkin.
6. Kredit mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi talablardan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rishda
sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, garov, kafillik shartnomalari hamda kafolat, o‘z-o‘zidan
haqiqiy bo‘lmagan bitimlardan tashqari, ularni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida tegishli da’volar
mavjud bo‘lgan taqdirdagina haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Majburiyatning bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuvning haqiqiy emasligi asosiy
majburiyatning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
Asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini ta’minlaydigan majburiyatning
haqiqiy emasligiga olib keladi.
7. FKning 114-moddasi 
ikkinchi qismiga
ko‘ra qarz (kredit) shartnomasining haqiqiy emasligi
oqibatlarini qo‘llashda sudlar qarz mablag‘laridan foydalangan taraf kreditordan olgan
mablag‘larini qaytarishi, shuningdek ulardan foydalangan hamma davri uchun FKning 
327-
moddasiga
 muvofiq foizlar to‘lashi lozim ekanligini hisobga olishlari kerak.
8. Kredit summalari va foizlarni qaytarish to‘g‘risidagi da’vo qanoatlantirilganda bir vaqtning
o‘zida kredit shartnomasida nazarda tutilgan va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun
hujjatlariga zid bo‘lmagan neustoyka ham undirilishi mumkin, agar uni undirish talab qilingan
bo‘lsa.
Kredit shartnomasida taraflar tomonidan kreditni qaytarishni kechiktirganlik (kredit
majburiyatini buzganlik) uchun yuqori foiz turi sifatida belgilangan javobgarlik uzluksiz joriy
sanksiya hisoblanadi.
9. Sudlar inobatga olishlari lozimki, kredit majburiyatlarining ijrosi kechiktirilgan davr uchun
neustoyka (penya va jarima shaklida) yoki majburiyatlarning bajarilishini o‘z vaqtida
ta’minlamaganlik uchun oshirilgan foizlar belgilanishidan farqli o‘laroq, kredit shartnomasida
mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi muddati kredit tashkiloti tomonidan
uzaytirilgan taqdirda kreditdan foydalanganlik uchun foiz ustamasining oshirilishi (ko‘paytirilishi)
nazarda tutilishi mumkin.
Kredit shartnomasi bo‘yicha asosiy qarzni (yoki asosiy qarzning bir qismini) qaytarish
muddati uzaytirilgan davrdagi bank foizlari ustamasining oshirilishi qarzdor tomonidan
majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun to‘lanadigan neustoyka yoki oshirilgan foizlar
shaklidagi javobgarlik bo‘lmay, sudlar tomonidan unga kredit mablag‘laridan foydalanganlik uchun
shartnomaviy to‘lov shakli sifatida qaralishi lozim.
Muqaddam 
kechiktirilgan 
majburiyatlarni 
o‘z 
vaqtida 
bajarmaganlik 
uchun
(majburiyatlarning bajarilishi uzaytirilgan qismi ijrosi kechiktirilganligi uchun) javobgarlik choralari
sudlar tomonidan kredit shartnomasida belgilangan shartlar bo‘yicha qo‘llaniladi. Agar kredit
shartnomasida majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun javobgarlik choralari
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kredit tashkilotlari FKning 736-moddasi 
birinchi qismiga
muvofiq javobgarlik
choralarini qo‘llashni talab qilishga haqlidir.
10. FKning 736-moddasi 
birinchi qismiga
muvofiq, agar qonun hujjatlarida yoki qarz
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida
qaytarmagan hollarda FKning 734-moddasi 
birinchi qismida
nazarda tutilgan foizlar to‘langan
bo‘lishidan qat’i nazar, qarz qaytarib berilishi kerak bo‘lgan kundan boshlab to u qarz beruvchiga
qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan FKning 327-moddasi 
birinchi
va 
ikkinchi
qismlarida
 nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘lanishi kerak.

Download 111.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling