Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini
Download 111.12 Kb. Pdf ko'rish
|
13 150-сон 22.12.2006
Oldingi
tahrirga qarang. 30.1. Kreditorning kafil — “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi”ga (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) nisbatan da’vosini ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 28-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga e’tibor qaratilishi lozim. Bunda sudlar inobatga olishi kerakki, agar Jamg‘arma bilan kafillik shartnomasi kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida tuzilgan bo‘lsa, Jamg‘armaga talab bildirilgunga qadar kreditor qarzdordan qarzni undirishga qaratilgan boshqa, shu jumladan, kredit qaytarilishi majburiyatining ta’minotiga qaratilgan barcha choralarini ko‘rishi zarur va faqat qarzdorning (boshqa kafilning) majburiyatni bajarish uchun mol-mulki yetarli bo‘lmaganda, shuningdek, qarzni garovga qaratilgan mol-mulkdan undirish mumkin bo‘lmagandagina, kreditor Jamg‘armaga talab bildirish huquqiga ega, agar kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa. Qarzdorning (boshqa kafilning) mol-mulki majburiyatni bajarish uchun yetarli emasligi, shuningdek, qarzni garovga qaratilgan mol-mulkdan undirish imkoniyati mavjud emasligi, davlat ijrochisining ijro hujjatini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan, undiruvchiga qaytarish to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlanadi. Ushbu qoidalarga amal qilinmaganligi Jamg‘armaga nisbatan berilgan da’voni qanoatlantirishni rad etish uchun asos bo‘ladi. (30.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qaroriga asosan kiritilgan) 31. Sudlar inobatga olishlari lozimki, kafil kreditorning talablariga qarshi o‘z e’tirozlarini bildirishga haqli. Kafilning e’tiroz bildirish imkoniyatlari faqat qarzdorning asosiy majburiyatlari bo‘yicha bildirishi mumkin bo‘lgan e’tirozlari doirasida cheklanadi (FKning 294-moddasi ). Kafilning ko‘rsatilgan kreditor talablariga qarshi e’tirozlarga bo‘lgan huquqi qarzdorning asosiy majburiyat bo‘yicha qarzni tan olganligi yoki kreditor talablariga qarshi qandaydir e’tirozlardan voz kechganligi hollari bilan yo‘qolmaydi (FKning 294-moddasi birinchi qismi ). 32. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, FKning 295-moddasi birinchi qismiga muvofiq, agar qonunda yoki kafil bilan qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, majburiyatni bajargan kafilga kreditorning ushbu majburiyat bo‘yicha huquqlari hamda garovga oluvchi sifatida kreditorga tegishli bo‘lgan huquqlar kafil kreditorning talabini qancha hajmda qanoatlantirgan bo‘lsa, shuncha hajmda o‘tadi. Kafil kreditorga to‘langan summaga foizlar to‘lashni va qarzdor uchun javobgarlik munosabati bilan ko‘rgan boshqa zararlarini to‘lashni qarzdordan talab qilishga haqli. 33. Kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajargan qarzdor tomonidan bu haqda kafilni darhol xabardor qilish majburiyatini yuklash shartligi to‘g‘risidagi norma kafilning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya etishga xizmat qiladi. Qarzdor tomonidan ushbu majburiyat buzilganda, qarzdordan keyin kafil ham kreditor talablarini qondirsa, kafil o‘z tanloviga ko‘ra qarzdorga regress talablarini qo‘yish yoki asossiz olinganni kreditordan undirib olish huquqiga ega bo‘ladi. Agar kafil regress talablarni qo‘ysa va qarzdordan kreditorga to‘langan summani olsa, qarzdor asossiz olingan summa uchungina kreditorga murojaat qilishi mumkin (FKning 296- moddasi ). Asosiy qarzdor kreditorga nisbatan bo‘lgan e’tirozlarini, agar qarzdor majburiyatni bajarganligi to‘g‘risida kafilni xabardor qilmagan bo‘lsa kafilning regress talabiga qarshi qo‘yishga haqli emas. 34. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, kafil uchun javobgarlikning oshishiga yoki boshqa noqulay oqibatlarga olib keladigan tarzda asosiy majburiyat kafilning roziligisiz o‘zgartirilgan bo‘lsa, asosiy majburiyatga o‘zgartirish kiritilgan paytdan kafillik bekor bo‘ladi. Asosiy majburiyatning o‘zgarishi uning uchun javobgarlikning oshishiga yoki boshqa noqulay oqibatlarga olib kelganligini isbotlash majburiyati kafilga yuklatiladi. 35. Kafillikning bekor bo‘lish asoslari quyidagilar hisoblanadi: kafillik bilan ta’minlangan asosiy majburiyatning bekor bo‘lishi; kafillik bilan ta’minlangan asosiy majburiyat kafilning roziligisiz javobgarlikning oshishiga yoki uning uchun boshqa noqulay oqibatlarga olib keladigan tarzda o‘zgartirilishi; basharti, kafil yangi qarzdor uchun javobgar bo‘lish haqida kreditorga rozilik bermagan bo‘lsa, kafillik bilan ta’minlangan asosiy majburiyat bo‘yicha qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi; kreditorning qarzdor yoki kafil taklif etgan tegishli ijroni qabul qilishdan bosh tortishi; kafillik berilgan (yoki qonun bilan belgilangan) muddatning o‘tishi, agar kreditor shu muddat ichida kafilga da’vo qo‘zg‘atmagan bo‘lsa (FKning 298-moddasi). Asosiy majburiyat bo‘yicha qarzning o‘tkazilishi munosabati bilan kafil, agar uning o‘zi bunga rozi bo‘lmasa, yangi qarzdor uchun javob bermaydi (FKning 322-moddasi ). Agar asosiy majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan va belgilanishi mumkin bo‘lmagan yoki talab qilib olish payti bilan belgilangan bo‘lsa, kreditor kafillik shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir yil mobaynida kafilga nisbatan da’vo qo‘zg‘atmagan taqdirda kafillik bekor bo‘ladi (FKning 298-moddasi ). 36. FKning 298-moddasi uchinchi qismiga asosan kafillikning amal qilish muddati tugashi kafillikni bekor qilishga asos hisoblanganligi uchun kreditorning kafilga kafillik shartnomasining amal qilish muddatidan keyin qo‘ygan talabi majburiyat tugaganligi asosida rad qilinishi lozim. Asosiy majburiyat bo‘yicha da’vo muddatlarining o‘tishi kafilni javobgarlikka tortish imkoniyatini yo‘qotadi. 37. Kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki sug‘urta tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning iltimosiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga bir tomonlama yozma majburiyat beradi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, kafolat bo‘yicha faqatgina bank, boshqa kredit muassasasi, sug‘urta tashkiloti kafil beruvchi bo‘la oladi. 38. Sudlarga tushuntirilsinki, prinsipal va kafil o‘rtasida yozma kelishuvning yo‘qligi kafilning benefitsiar oldidagi kafolatlangan majburiyatini haqiqiy emas deb topishga olib kelmaydi, Kafilda benefitsiar oldidagi kafolatlangan majburiyat uning bir tomonlama yozma majburiyati asosida vujudga keladi. 39. Majburiyatning bajarilishini ta’minlash uchun berilgan kafolatda nazarda tutilgan majburiyat asosiy majburiyatdan mustaqil hisoblanadi. Kafil prinsipalning javobgarligidan qat’iy nazar, benefitsiar oldida javobgar bo‘ladi. Agar kafolat matnida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafilning benefitsiar oldidagi majburiyati benefitsiar asosiy majburiyatni bajarish talabi bilan prinsipalga dastlab murojaat qilmagan bo‘lsa ham, benefitsiarning talabi bo‘yicha bajarilishi lozim. 40. FKning 302-moddasida nazarda tutilgan kafolatning chaqirib olinmasligi shuni ifodalaydiki, u barcha manfaatdor taraflarning, xususan benefitsiarning roziligisiz o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas, agar unda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa. Agar kafolat shartlarida uning chaqirib olinishi nazarda tutilgan bo‘lsa, benefitsiar tomonidan talabnoma taqdim etilgan taqdirda kafil uni chaqirib olish huquqidan mahrum bo‘ladi. 41. Sudlar kafildan kredit summalarini undirish to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rishda shundan kelib chiqishlari lozimki, kafolatda nazarda tutilgan kafilning benefitsiar oldidagi pul majburiyati kafolatda ko‘rsatilgan summa bilan cheklanadi. Agar kafolatda kafilning javobgarligini cheklash to‘g‘risida biror-bir shart mavjud bo‘lmasa, unga FKning 24-bobidagi majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi umumiy qoida va talablar qo‘llaniladi. 42. Sudlar kafildan qarzni undirish to‘g‘risidagi nizolarni hal etishda shuni e’tiborga olishlari lozimki, kafolat hujjatli, ya’ni kafolat hujjatlarida ko‘rsatilgan va benefitsiarning pul summasini to‘lash haqidagi talabnomasiga qarshi bajariladigan bitim hisoblanadi. Agar kafolatda benefitsiar tomonidan taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kafolat bo‘yicha to‘lov benefitsiar tomonidan taqdim etilgan to‘lov to‘g‘risidagi oddiy talabnomaga qarshi amalga oshirilishi kerak. 43. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, FKning 309-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan kafolat bo‘yicha majburiyatning bekor bo‘lish asoslari ro‘yxati tugal hisoblanmaydi. Kafolat FKning 25-bobida nazarda tutilgan majburiyatlar bekor bo‘lishining umumiy asoslari bo‘yicha ham bekor bo‘lishi mumkin. Download 111.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling