Kredit tarixi va uning hozirgi zamondagi ahamiyati Xozirgi zamonda kredit tushunchasi va uning shakllari Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kredit ta’minoti bilan bog‘liq muammolar


Garov predmeti sifatini baholash mezoni


Download 0.53 Mb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1595359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kredit tarixi va uning hozirgi zamondagi ahamiyati Xozirgi zamon

Garov predmeti sifatini baholash mezoni

Ishonchlilik reytin-gi

Garovdagi mulk va ssuda qiymatining nisbati

Garov predmeti likvidliligi

Garov predmetini nazorat qilish imkoniyati

Misollar

A (yuqori)

100 % yoki undan yuqori

Tez sotiladi

Butunlay bank nazoratida

Bankdagi depozit

V

100 % dan kam

Narxlar tebranishi va realizatsiyada qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin




Bankka saqlash uchun berilgan kotirovka qilinadigan qimmatli qog‘ozlar

C

100 % dan kam




Nazorat qilishda muammolar bor

  1. Kotirovkalan-maydigan qimmatli qog‘ozlar

  2. Tovar-moddiy boyliklar

D

100 % dan kam

Narx tushadi sotishda muammolar bor

Nazorat qilishda muammolar bor

Tovar-moddiy boyliklar

E

100 % dan kam

Narx tushadi

Nazorat yo‘q

Tovar-moddiy boyliklar



Bugungi kunda talablar va mulkiy huquqlarni o‘tkazish (sessiya)
Ba’zi mamlakatlar amaliyotida kredit ta’minoti sifatida talab va mulkiy huquqlarni o‘tkazish (sessiya) qo‘llaniladi Sessiya – bu qarzdor hujjati bo‘lib unga asosan qarzdor o‘zining talablari yoki mulkiy huquqlarini kredit ta’minoti sifatida bankka o‘tkazadi
Amaliyotda sessiyaning 2 ta turi ishlatiladi: Ochiq va yashirin sessiya
Ochiq sessiyada talabning o‘tkazilganligi to‘lovchiga ma’lum qilinadi YAhirin sessiyada uchinchi shaxs ogohlantirilmaydi, majburiyatlarini qarz oluvchiga qarz oluvchi esa uni bankka to‘lab beradi SHuning uchun mijozlarga o‘z obro‘si va imidjini saqlab qolishda yashirin sessiya afzalroq hisoblanadi Lekin banklar bu sessiyani riski yuqoriligi uchun uncha qo‘llashmaydilar
Talablar va mulkiy huquqlarni o‘tkazish ta’minoti bo‘yicha kredit berilganda risklilik darajasini hisobga olib kredit ta’minotning 40 %igacha berilishi mumkin
Halqaro amaliyotda kafolat va kafilliklar kredit ta’minotining shakllaridan hisoblanadi Bular ham garov kabi kreditor manfaatlarini yuridik va iqtisodiy tomondan himoya qiladi Bularning garovdan farqli tomoni shuki bunda javobgarlik qarzdorning emas balki uchinchi shaxs – kafilning zimmasiga tushadi
Kafolatlanayotgan majburiyatlarning sub’ekti – garant sifatida moliyaviy jihatidan barqaror korxonalar mablag‘ga ega bo‘lgan maxsus muassasalar banklar ishtirok etishi mumkin
AKSHda uzoq muddat davomida “10q10” prinsipi qo‘llanilgan Bunda qarz oluvchi kreditni olishdan oldin 10% va olganidan keyin yana 10 % jami 20 % miqdorida pulni bankka depozitga qo‘yishi kerak bo‘ladi Lekin bu holatda kafolat kreditor manfaatlarini qisman himoya qilishga xizmat qiladi xolos
Kafolatning boshqa bir turi bu qarzdor bilan yaqin aloqalarda bo‘lgan barqaror moliyaviy korxona bo‘lishi mumkin Bunda garant korxona haqida ma’lumotlar kerak bo‘ladi Agar korxona ham shu bankda schyot ochgan bo‘lsa uni kreditga layoqatliligini hisoblash oson bo‘lishi mumkin, lekin u boshqa bankda hisobvaraq ochgan bo‘lsa uni kreditga layoqatliligini hisoblashda qiyinchiliklar bo‘ladi. Kafolatning samaradorligini bir qator omillar bilan bog‘liq:

  1. Garantning moliyaviy holatini bank tomonidan real baholash

  2. Kredit berishdan oldin bank kafil bilan uchrashib uni ushbu majburiyatni to‘lashga tayyorligiga ishonch hosil qilish kerak

  3. Kafillar o‘zlarining imkoniyatlari etmaydigan summaga kafolat bermasligi lozim

garov mexanizmi kafolat kafillik va boshqalardan foydalanishda hozirgi amaliyotda quyidagi asosiy kamchiliklari mavjud:

  1. kredit ta’minotining ikkilamchi shakllarini qayta baholash va mijozni kreditga layoqatliligini baholashda pul okimini taxlil qilishdagi kamchiliklar;

  2. garov ob’ektining sifati uni saqlash va ishlatilishi tartibi;

  3. kafilning moliyaviy holati ustidan dastlabki va keyingi nazorat qilish mexanizmining yo‘qligi;

  4. garov shartnomasi shartlarini haqiqatdagi risk bilan mos kelmasligi;

  5. garov shartnomalari va kafillik xatlarini rasmiylashtirishdagi ularni haqikiy emasligiga olib keladigan kamchiliklar

O‘zbekistonda kredit ta’minotining ikkilamchi shakllarini rivojlantirish istiqbollari haqida gapirganda ularning har birida mavjud bo‘lgan risklarni baholashga ham ahamiyat berish lozim
Bu borada Germaniya tajribasi maqsadga muvofiqdir Bu erda banklar ta’minot samaradorligini baholashning 3 balli tizimidan foydalanadilar va unga mos ravishda kreditning yuqori chegarasini belgilaydilar Misol tariqasida quyidagi jadvalni keltirish mumkin.
Jadval

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling