Kredit tizimi va uning barqarorligiga va ta’sir etuvchi omillar


Download 34.5 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1177356
Bog'liq
Kredit tizimi va uning barqarorligiga va ta


Kredit tizimi va uning barqarorligiga va ta’sir etuvchi omillar
Reja:
1. Kredit tizimi tushunchasi mazmuni
2. Kredit tizimi elementlari
3. Kredit tizimi turlari
4. Kredit barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar
Tizim so’zi ma’lum bir yaxlitlikni , butunlikni tashkil qiluvchi elementlar yig’indisidir.
Kredit tizimi – kredit munosabatlarini va kreditning xususiyatlarini o’zida ifoda etuvchi elementlarning yig’indisidir. Kredit tizimining markaziy elementi bo’lib , kredit kotegtoriyasining o’zi hisoblanadi. Chunki aynan kreditning mohiyati qolgan barcha qolgan elementlarning harakatini belgilab beradi. Masalan : Kredit bu kredit beruvchi bilan kredit oluvchi o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy munosabatlarning natijasidir. Kreditor va kredit oluvchining manfatlari o’zaro mos kelgandagina kredit munosabatlari vujudga keladi.
Kreditning asosiy elementlari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. Kredit prinsiplari

  2. Kredit munosabatlarining subektlari. Kredit munosabatlarining subektlari kredit beruvchi va kredit oluvchi b o’lib , ularning manfatlari o’zaro mos kelgandagina kredit munosabatlari yuzaga keladi.

  3. Kreditning chegaralari . Har qanday beriladigan kredit aniq chegaraviy miqdorga ega . Masalan:Korxonalarga beriladigan overdraft kreditining chegaraviy miqdori bo’lib ’ mijozning joriy raqamida yuzaga kelgan debitli qoldiq summasi hisoblanadi. Tijorat banklari korxonalarning aylanma mablag’larini to’ldirish maqsadida qisqa muddatli kredit beradi. Bu kreditning chegaraviy miqdori korxonaning o’z mablag’lari manbalrining yetishmagan summsi hisoblanadi.

  4. Kreditning qonunlari. Kreditning asosiy qonunlari bor:

    • Kreditning qaytarishlilik qonuni

    • Kreditning qiymatining saqlanish qonuni

    • Berilayotgan kreditlar bilan ular resurs taminotidagi mutonosiblilik qonuni

  5. Kreditning turlari va shakllari

  6. Kredit mexanizmi. Kredit mexanizmi kreditni berish , qaytarish , uning garov taminotini rasmiylashtirish , monetiringini olib borish jarayonlarini qamrab olgan aniq tadbirlar yig’indisidir.

Kredit mexanizmi ishlamasa yoki uni tashkil qiluvchi ayrim qismlarida uzilish bo’lsa , kreditlar o’z vaqtida qaytmaydi yoki kreditlash samaradorligi kamayadi.

  1. Kredit siyosati. Kredit siyosati bank boshqaruvi tomonidan ishlab chiqiladigan hujjat bo’lib , bank kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Kredit siyosatida bankning kreditlash amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan barcha meyoriy – huquqiy va amaliy masasalar o’z aksini topgan bo’lishi kerak. Kredit siyosatini ishlab chiqishga qo’yiladigan talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

  2. Kreditlash faoliyati tartibga solish . Tijorat bankalarining kreditlash faoliyati 2 ta farajada tartibga solinadi.

    • banklar faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomnidan

    • Tijorat banklari yuqori boshqaruv organlari tomonidan

  3. Kreditlash bilan shug’illanuvchi moliyaviy institutlar. Dunyoning barcha mamlakatlarida tijorat banklari kredit beruvchi moliyaviy institutlar ichida hukmron mavqeni egallaydi.

Kredit tashkilotini tashkil qiluvchi elementlar bir-biri bilan o’zaro bog’liqlikda harakatlanadi. Bir elementning o’rnini ikkinchisi bosa olmaydi. Kredit tizimi uning elementlaridan foydalanish amaliyotiga bog’liq ravishda rivojlanadi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda bu amaliyot yuqori darajada rivojlangan, ammo ayrim o’tish iqtisodiyoti mamalakatlari kredit tizimi elemenetloaridan foydalanishda muammolar mavjud. Jumladan kredit beruvchi moliyaviy institutlarning resurs bazasining yetarli emasligi. Kredit oluvchi subyektlarining kredit to’loviga layoqatlilik darajasi pastligi, yuqori likvidli garov obyektlarini yetishmasligi va boshqalar.
Bank tizimi baraqarorligi 4 ta tamoyil asosida amalga oshiriladi:

  1. Tizimlilik. Bu tamoyilda banklar milliy va halqaro meyorlar asosida ishlashi, ushbu meyorlarga mos ravishda faoliyat yuritishi lozim. 1988 yilda Bazel 1 kelishuv qabul qilindi va ushbu kelishuvga asosan bank kapitali barqarorligi, bank risklarini boshqarish usullari va bankning likvidliligiga meyorlar ishlab chiqildi. Bazel 1 kelishuviga sosan 1 chi bank kapitaliga nisbatan 4 % li meyor joriy qilindi.

  2. Huquqiylik tamoyili. Ushbu tamoyilda bank qonunchilik hujjatlariga muvofiq muqobil qonunchilik hujjatlarining mavjudligi.

  3. Balanslashganlik tamoyili. Bunda banklar mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarga tayyor turishi, bank resusrlarini muddat va miqdor jihatdan kreditor va qarz oluvchi o’rtasida mtanosib taqsimlanishi bilan izohlanadi.

  4. Axborotlashganlik tamoyili. Ushbu tamoyilda bank ma’lumotlarining ochiqligi, ma’lumotlar shaffofligi bilan belgilanadi.

Inqirozning kelib chiqish sabablari:
2004-2007 yillarda AQSh federal tizimi foiz stavkasini 6.25 % gacha ko’tardi.
2010 yil sentabr oyida dunyoning 20 ta davlatlari ishtirokida bo’lib o’tgan yig’ilishdan so’ng Bazel 3 kelishuvi qabul qilindi. Unga asosan bank kapital tarkibida 2.5 % li bufer yostiqchasini tashkil etish kelishib olindi. Bundan tashqari kenversion va kontrosiklik kapital shakllantirildi.
O’zbekistonda 3 ta likvidlilik koefitsienti amal qiladi. Bularning faqat bittasi joriy likvidlilik koefitsiyenti majburiy. Uning minimal miqdori 30% ni tashkil qiladi. Lahzali 25%, qisqa muddatli kamida 100%.
Kredit tizimining quyidagi turlari mavjud:

  1. Markazlashgan kredit. Bunda kredit tizimi davlat qo’lida markazlashgan bo’lib, uning faoliyati oldindan tasdiqlab qo’yilgan reja asosida amalga oshiriladi. Sobiq Ittifoq paytida kredit tizimi asosan markazlashgan bank tizimida iborat edi. Kuba va Shimoliy Koreyada bu tizim saqlanib qolgan. Raqobat yo’q. Kredit tizimi bir meyorda turadi.

  2. Bozor prinsiplariga asoslangan va rivojlangan kredit tizimi. Bu kredit tizimi bozor munosabatlariga to’liq o’tgan mamlakatlarda rivojlanadi, shakllanadi. Bu tizimda erkin raqobat mavjud bo’ladi. Bu raqobat kredit tizimini rivojlantirishga kerakli turtki beradi. AQSh, Yaponiya va G’arbiy Yevropa kredit tizimini bunga misol qilish mumkin.

  3. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlari kredit tizimi. Bu o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida shakllangan kredit tizimidir. Bu tizimda davlatning ishtiroki yuqori darajada bo’ladi. Bundan tashqari erkin raqobat muhiti to’la shakllanmagan bo’ladi.

Kreditga ta’sir qiluvchi omillar ko’p sonli bo’lib ularni ikki yirik guruhga ajratish mumkin:

  1. Ichki omil

  2. Tashqi omil

Ichki omillar bevosita kredit tizimining faoliyati bilan bog’liq. Bularga kredit muassasalari faolyatida risklarning kuchayishi, boshqaruvniing yomonlashuvi, ularning likvidliligi va to’lovga qobilligining pasayishi, aktivlari sifatining yomonlashishi va resurs bazasining zaiflashuvi kiradi.
Tashqi omillarga mamlakatda iqtisodiy konyukturaning o’zgarishi, hukumatning soliq siyositining o’zgarishi, makro iqtisodiy ko’rsatkichlarning yomonlashuvi, hususan unflyatsiyaning kuchayishi, Markaziy Bank monetar siyostning o’zgharishi, siyosiy notinchlik, urushlar kiradi.
Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling