Kreditding mohiyati, shakllari va vazifasi


Download 0.71 Mb.
bet12/14
Sana02.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#201070
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kreditding mohiyati va vazifalari

2018 yilgi asosiy vazifalar

1. 2018 yilda pul-kredit siyosatining, birinchi navbatda inflyatsiya darajasiga monetar omillarning ta’sirini bartaraf etishga yo‘naltirilgan qat’iy kursi davom ettiriladi. Iqtisodiyotning kreditga bo‘lgan ehtiyojini e’tiborga olgan holda 2018 yilda pul massasining o‘sish sur’atini 12-14 foiz atrofida ushlab turish ko‘zda tutilmoqda. 

Shu bilan birga o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiyani targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish uchun zarur sharoitlarni shakllantirish bo‘yicha faol ishlar olib boriladi. Shu maqsadda Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi texnik missiyasini jalb etish asosida 2018 yilning birinchi choragida «Pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirishning o‘rta muddatli konsepsiyasi»ni ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda. 

2. Yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy valyutani sotish va xarid qilish tartibini yanada takomillashtirish va soddalashtirish bo‘yicha choralar qabul qilinadi, bank operatsiyalaridan foydalanish darajasi oshiriladi, xususan: 

a) xorijiy valyutalar oldi-sotdi operatsiyalarini masofadan turib amalga oshirish mexanizmlari (banklarning mobil ilovalari orqali milliy va xorijiy valyutadagi to‘lov kartalarini konversiyalash) joriy etiladi

b) mamlakat hududida tegishli bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish orqali konversion to‘lov kartalaridan naqd xorijiy valyuta echishga ruxsat beriladi. 

3. Naqd pul muomalasini takomillashtirish borasidagi vazifalar doirasida muomaladagi banknotalar strukturasini optimillashtirish bo‘yicha ishlar olib borish ko‘zda tutilmoqda. Milliy valyutadan foydalanish qulayligini oshirish maqsadida muomalaga yanada yirikroq nominaldagi banknotalarni chiqarish va mayda kupyuralarni bosqichma-bosqich nominali 50, 100, 500 so‘m bo‘lgan yangi namunadagi tangalar bilan almashtirish, shuningdek 200 so‘m nominalidagi tanga chiqarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. 

4. Zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatish, jumladan «raqamli» banklar va chakana xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan bank bo‘linmalarini tashkil etish uchun innovatsion bank texnologiyalarini joriy qilish, masofadan turib bank xizmatlarini ko‘rsatish, to‘lov tizimini yanada rivojlantirish faollashtirildi. 

5. Moliyaviy xizmatlarning majburiy talablarga mosligini tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun moliyaviy qulayliklar va ularning moliyaviy savodxonligi darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. 

6. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlari loyihalari yangi tahrirda ishlab chiqiladi: 

Milliy iqtisodiyotni keng ko‘lamda isloh qilinishidan kelib chiqqan holda pul-kredit siyosati va bank nazorati takomillashtirilishini e’tiborga olib, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonun; 

Banklar va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida to‘laqonli hamkorlik munosabatlarini shakllantirish uchun raqobat muhitini yaratish, aholining bank tizimiga institutsional hamkor sifatidagi ishonchini mustahkamlash maqsadida «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun; 



Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha qabul qilingan choralar tahlilidan kelib chiqib, valyuta siyosatini takomillashtirish, investitsiya iqlimi va biznes-muhitni yaxshilashga qaratilgan «Valyutani muvofiqlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun. Valyuta bozori, pul muomalasi, monetar siyosat va bank tizimi to‘g‘risidagi batafsil sharhlar alohida mavzu doirasida yaqin kunlar ichida taqdim etiladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling