Raximov bekbergan maxsudovich lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana21.09.2020
Hajmi1.12 Mb.
#130629
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
lizing xizmatdari va servisini rivozhlantirishning istiqbolli jonalishlari xorazm viloyati misolida


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 

URGANCH  DAVLAT UNIVERSITETI 

 

Qo‘lyozma huquqida 

UDK: 336.1 

 

 

 

RAXIMOV BEKBERGAN MAXSUDOVICH 

 

 

“LIZING XIZMATLARI VA SERVISINI RIVOJLANTIRISHNING 

ISTIQBOLLI YO„NALISHLARI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)” 

 

Ixtisoslik:   “Turizm” (faoliyat turlari bo„yicha) 

 

“Turizm” mutaxassisligi magistri akademik darajasini olish uchun 

 

DISSERTATSIYA ISHI 

 

Ish ko‗rib chiqildi va  

himoyaga qo‗yildi 

 

―Turizm‖ kafedrasi mudiri  



dots. F.Abdullayev_____________ 

―____‖________________2017 y. 



Ilmiy rahbar ______________ 

i.f.n., dots. F.Abdullayev 

 

  

 



Ilmiy maslahatchi___________ 

i.f.d., prof. B.Ruzmetov 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Urganch – 2017 


 



 



 

MUNDARIJA 

Beti  

 

KIRISH 



I-

BOB.  

IQTISODIYOTDA  LIZING  XIZMATLARI  VA  SERVISINI 

RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI 

1.1. 


Lizing tushunchasi va uning iqtisodiyotda tutgan o‗rni 

1.2. 



Lizing  munosabatlarini  amalga  oshirishda  lizing  xizmatlari  va 

servisining ishtiroki 

14 

1.3. 


Lizing  xizmatlari  va  servisini  rivjlantirishning  xorijiy  mamlakatlar 

tajribalari 

19 

II-

BOB.  

O„ZBEKISTONDA  LIZING  XIZMATLARI  VA  SERVISINI 

RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI VA YO„NALISHLARI 

29 

2.1.  


O‗zbekistonda  lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirishning  hozirgi 

holati 


29 

2.2.  


O‗zbekistonda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning qonuniy 

va huquqiy asoslari 

36 

2.3.  


Lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishda ―O‗zqishxo‗jmashlizing‖ 

kompaniyasining roli va vazifalari 

46 

III-

BOB.  

XORAZM 

VILOYATIDA 

LIZING 

XIZMATLARI 

VA 

SERVISINI 

RIVOJLANTIRISH 

YO„NALISHLARI 

VA 

ISTIQBOLLARI 

56 

3.1.  


Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish holati 

56 


3.2.  

Xorazm  viloyatida  lizing  xizmatlari  va  servisini  bitimlar  asosida 

rivojlantirish yo‗nalishlari 

63 


3.3.  

Mintaqalarda  lizing  xizmatlari  va  servisi  faoliyatini  kelajakda 

takomillashtirish imkoniyatlari va istiqbollari 

70 


 

XULOSA VA TAKLIFLAR 

76 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI 

79 

 

ILOVALAR 

 

 



KIRISH 



Magistrlik  dissertatsiyasi  mavzusining  dolzarbligi.  Keyingi  yillarda 

mamlakatimiz  iqtisodiyotining  barcha  sohalarini  tubdan  modernizatsiya  qilishga 

kirishilgan  bo‗lib,  o‗tgan  2016  yilda  mamlakat  iqtisodiyotiga  16,6  milliard  AQSH 

dollari  miqdorida  yoki  2015  yilga  nisbatan  9,6  foizga  ko‗p  investitsiyalar 

yo‗naltirildi. O‗zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 11,3 foizga o‗sdi 

va  3,7  milliard  dollardan  oshib  ketdi.  Umumiy  qiymati  5,2  milliard  dollar  bo‗lgan 

164  ta  yirik  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirish  yakunlandi.

1

  Bu  kabi  yirik 



hajmdagi  loyihalarni  amalga  oshirishda  mahalliy  va  xorijiy  moliya  institutlari 

tomonidan ko‗rsatiladigan xizmatlar, xususan lizing xizmatlarining salmog‗i va sifati 

muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shuning  bilan  birga,  mamlakatimizda  qabul  qilingan  inqirozga  qarshi  choralar 

dasturining  ustuvor  vazifalaridan  biri  iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 

texnologik  qayta  jihozlash,  mamlakatimiz  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotining  eng 

muhim  omillaridan  biri  bo‗lgan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  yanada 

rivojlantirishda  investitsiya  kiritishning  zamonaviy  usullaridan  hisoblangan  lizing 

xizmatlari  va  servisidan  samarali  foydalanish  hisoblanadi.  Bu  haqida  respublikamiz 

Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  ta‘kidlaganidek:  ―…nafaqat  mamlakatimizdagi, 

balki  xorijiy  mijozlarning  ham  ishonchini  qozona  oladigan  yuqori  malakali  lizing 

kompaniyalari va bozor infratuzilmasi boshqa xizmatlarining moliya bozorida etakchi 

mavqega  ega  bo‗lishi  uchun  hali  ko‗p  ish  qilishimiz  lozim‖

2

.  Ko‗rinib  turibdiki, 



lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish masalasi bugungi kunda o‗ta dolzarbdir.  

Darhaqiqat,  keyingi yillarda  investitsiya  muhitini  yaxshilash, xizmat  ko‗rsatish 

va  servis  sohalari,  bevosita  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozorini  qo‗llab-quvvatlash 

bo‗yicha respublikamiz hukumatining olib borayotgan izchil iqtisodiy siyosati tufayli 

lizing  xizmatlari  va  servisi  bozori  kengayib  bormoqda.  Shuningdek,  respublikamiz 

                                                 

1

O‘zbеkiston  Rеspublikasi  Prеzidеnti  Sh.M.Mirziyoyеvning  mamlakatimizni  2016  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 



rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 

bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kеngaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. // Xalq so‘zi gazеtasi. 2017 yil 15 yanvar. 

2

  Karimov  I.A.  ―Inson  manfaatlari  ustuvorligini  ta'minlash  –  barcha  islohot  va  o‘zgarishlarimizning  bosh maqsadidir‖ 



mavzusidagi I.A.Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy 

islohotlarni  chuqurlashtirishning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkamasi  majlisidagi 

ma'ruzasi. // Xalq so‘zi. 2008 yil 9 fеvral. - 3 b. 


 

mintaqalarida  lizing  asosida  investitsiya  kiritish,  lizing  xizmatlari  va  servisini 



zamonaviy  talablar  asosida  rivojlantirish  borasida  o‗z  yechimini  kutayotgan 

muammolar mavjud. 

Shu  boisdan  ham,  hukumatimiz  tomonidan  iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilish 

sharoitida  mintaqalarda  xizmat  ko‗rsatish  va  servis,  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  sohalarini  rivojlantirish  siyosati  amalga  oshirilayotgan  bugungi  kunda 

respublikamizda  lizing  xizmatlari  sektorining  tizim  sifatida  shakllanishi  va  rivojlanishi 

muammolarini  aniqlash  hamda  ularni  bartaraf  etish,  ushbu  yo‗nalishda  servis 

xizmatlarini kengaytirish,  mintaqalarda  lizing  xizmatlari  va  servisini rivojlantirishning 

tashkiliy-iqtisodiy  omillari,  xususan,  tizimni  boshqarish,  uning  me‘yoriy-huquqiy 

asosini,  infratuzilmasi  va  soliqqa  tortish  masalalarini  chuqur  tahlil  qilish  orqali  sohani 

yanada jadal rivojlantirish lozim. 

Buning uchun, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, 

hududlarda  kichik  biznes,  xizmat  ko‗rsatish  va  servis  sohalarini  rivojlantirish 

jarayonlari  kechayotgan  bir  sharoitda  respublikamizda  har  bir  mintaqaning  yoki 

iqtisodiyot tarmog‗ining o‗ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda bevosita lizing 

xizmatlari  va  servisini  rivojlantirish  yo‗nalishlarini  aniqlash  hamda  ulardan  samarali 

foydalanish  masalalarini  tadqiq  qilish  lozim.  Shunga  ko‗ra,  lizing  xizmatlari  va 

servisini  rivojlantirishning  istiqbolli  yo‗nalishlarini  o‗rganish  va  tahlil  qilish  orqali 

sohani  yanada  jadal  rivojlantirishga  imkon  beradigan  yondashuvni  ishlab  chiqish 

respublikamiz  iqtisodiyot  sohasidagi  muhim  muammo  hisoblanadi  hamda  bu  esa 

tanlangan tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi. 

Mavzuning  o„rganilganlik  darajasi.  Xorijiy  mamlakatlarda  lizing  xizmatlari 

va  servisini  rivojlantirish  yuzasidan  R.Breyli,  S.Mayers,  R.Piter,  Dj.K.Van  Xorn, 

I.Bernar,  N.A.Adamov,  A.A.Tilov,  I.A.Blank,  O.M.  Markov,  L.S.Saxarovalar 

shug‗ullanishgan.  Biroq,  iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilish  sharoitida  lizing 

xizmatlari  va  servis  bozorini  rivojlantirishning  nazariy-uslubiy  muammolari  xorijiy 

va MDH mamlakatlari taniqli olimlari, jumladan P.Rouz, Ch.Kempirbaeva, D.Trinin, 

V.Goremikin,  V.Gazman,  L.Prilutskiy,  V.Makeev  va  boshqalar  tomonidan  tadqiq 

etilgan.  



 

Shu  bilan  birga,  O‗zbekiston  iqtisodiyotini  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 



texnologik  yangilashda  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozorining  rolini  oshirishning 

tashkiliy-huquqiy  masalalari  respublikamiz  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimovning  bir 

qator  fundamental  asarlari  va  nutqlarida  bayon  etilgan.  Xususan,  O‗zbekistonda 

lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirish  yuzasidan  respublika  olimlaridan 

A.O‗lmasov,  M.Sharifxo‗jayev,  A.Vaxabov,  D.G‗ozibekov,  T.Malikov,  O.Sobirov, 

A.Mo‗minov,  O.Quljonov,  G‗.Qudratov,  M.Pardayev,  D.Zaynalov,  E.Nabiyev, 

M.Marpatov, 

M.Abdurahmonov, 

R.Hamidova, 

Sh.Haydarov, 

X.Ortiqov, 

X.Tuxsanov,  S.Salayev  va  A.Axmedova  va  F.Abdullayevlar  izlanishlar  olib 

borganlar.  

Tadqiqot  ishining  obyekti  va  predmeti.  Tadqiqot  obyekti  sifatida  Xorazm 

viloyatida  lizing  xizmatlari  va  servisi  bilan  shug‗ullanuvchi  subyektlar,  predmeti 

sifatida  Xorazm  viloyatida  lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirishning  istiqbolli 

yo‗nalishlarini ochib berish bilan bog‗liq iqtisodiy munosabatlar olingan.  



Tadqiqot  ishining  maqsad  va  vazifalari.  Tadqiqotning  maqsadi  Xorazm 

viloyatida  lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirishning  istiqbolli  yunalishlarini 

ochib berishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 

Ana  shundan  kelib  chiqib,  tadqiqotni  amalga  oshirishda  quyidagi  vazifalar 

amalga oshirildi: 

- lizing tushunchasi va uning iqtisodiyotda tutgan o‗rnini yoritib berish; 

-  lizing  munosabatlarini  amalga  oshirishda  lizing  xizmatlari  va  servisining 

ishtiroki haqida ma‘lumot berish; 

-  lizing xizmatlari va  servisini  rivjlantirishning xorijiy  mamlakatlar tajribalarini 

o‗rganish va tahlil qilish

-  O‗zbekistonda  lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirishning  hozirgi  holatini 

yoritib berish; 

-  O‗zbekistonda  lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirishning  qonuniy  va 

huquqiy asoslarini ochib berish; 

-  lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirishda  ―O‗zqishxo‗jmashlizing‖ 

kompaniyasining roli va vazifalarini ko‗rsatib berish; 



 

-  Xorazm  viloyatida  lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirish  holatiga  baho 



berish; 

- Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini bitimlar asosida rivojlantirish 

yo‗nalishlarini ochib berish; 

- mintaqalarda lizing xizmatlari va servisi faoliyatini kelajakda takomillashtirish 

imkoniyatlari va istiqbollarini ochib berish. 

Tadqiqot  natijalarining  nazariy  va  amaliy  ahamiyati.  Tadqiqotning  ilmiy 

ahamiyati  Xorazm  viloyati  mintaqasi  iqtisodiyotida  lizing  xizmatlari  va  servisining 

istiqbolli  yo‗nalishlarini  tadqiq  qilish  asosida  sohani  yanada  rivojlantirishga 

qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda qo‗llash mumkinligi bilan belgilanadi. 

Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa mintaqaviy va mahalliy boshqaruv organlari, 

oliy o‗quv yurtlari o‗quv jarayonida, korxonalar faoliyatida qo‗llanilgan va kelgusida 

ham foydalanilishi mumkinligi bilan belgilanadi.  

Tadqiqotning ilmiy yangiligi bo‗lib, respublikamiz mehmonxonalarida turistik 

servis  xizmatini  takomillashtirish  bo‗yicha  quyidagi  ishlab  chiqilgan  yo‗nalishlar 

sanaladi: 

- ―lizing‖, ―lizing xizmatlari‖, ―servis‖ hamda ―lizing servisi‖ tushunchalarining 

takomillashgan ta‘riflari ishlab chiqilgan;  

-  lizing  xizmatlari  turlari  va  shakllari  bo‗yicha  tasniflangan,  O‗zbekistonda 

ularni qo‗llash bo‗yicha ilmiy tavsiyalar berilgan;  

- xorijiy mamlakatlarning lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish tajribalarini 

respublikamizda qo‗llash bo‗yicha amaliy tavsiyalar berilgan;  

- lizing kompaniyalari faoliyatida servis xizmatlarini rivojlantirishning obyektiv 

zarurligi va yo‗nalishlari asoslangan. 

Tadqiqot ishi tuzilmasining tavsifi. Tadqiqot ishining ishi kirish, uchta  bob, 9 

ta  paragraf,  xulosa  va  takliflar,  foydalanilgan  adabiyotlar  ro‗yhati  va  ilovalar 

qismidan iborat.  

Ishning  I-bobi  ―Iqtisodiyotda  lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirishning 

nazariy-uslubiy  asoslari‖  deb  nomlanadi.  Bunda  lizing  tushunchasi  va  uning 

iqtisodiyotda tutgan o‗rni, lizing munosabatlarini amalga oshirishda lizing xizmatlari 



 

va servisining ishtiroki hamda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning xorijiy 



mamlakatlar tajribalari tajribalari o‗rganilgan. 

Ishning  II-bobi  ―O‗zbekistonda  lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirish 

xususiyatlari  va  yo‗nalishlari‖  deb  nomlanadi.  Bu  bobda  O‗zbekistonda  lizing 

xizmatlari  va  servisini  rivojlantirishning  hozirgi  holati,  O‗zbekistonda  lizing 

xizmatlari  va  servisini  rivojlantirishning  qonuniy  va  huquqiy  asoslari  hamda  lizing 

xizmatlari va servisini rivojlantirishda ―O‗zqishxo‗jmashlizing‖ kompaniyasining roli 

va vazifalari ochib berilgan.  

Ishning  III-bobi  ―Xorazm  viloyatida  lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirish 

yo‗nalishlari  va  istiqbollari‖  deb  nomlanadi.  Bu  bobda  Xorazm  viloyatida  lizing 

xizmatlari  va  servisini  rivojlantirish  holati,    Xorazm  viloyatida  lizing  xizmatlari  va 

servisini  bitimlar  asosida  rivojlantirish  yo‗nalishlari  hamda  mintaqalarda  lizing 

xizmatlari  va  servisi  faoliyatini  kelajakda  takomillashtirish  imkoniyatlari  va 

istiqbollari ochib berilgan. 

Tadqiqot  approbatsiyasi.  Tadqiqot  natijalari  2  ta  respublika  ilmiy-amaliy 

konferensiyalarida ma‘ruza va tezislar ko‗rinishida bayon qilingan va ma‘qullangan.  



Tadqiqotning sinovdan o„tishi. Dissertatsiya ishi Urganch Davlat universiteti, 

Turizm  va  iqtisodiyot  fakulteti  ―Turizm‖  kafedrasi  qoshidagi  ilmiy  seminarlarda 

muhokama qilingan va himoyaga tavsiya etilgan. 


 



I-BOB. IQTISODIYOTDA LIZING XIZMATLARI VA SERVISINI 



RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI 

1.1. Lizing tushunchasi va uning iqtisodiyotda tutgan o„rni 

Ma‘lumki,  xizmatlar  bozorida  lizing  iqtisodiy  tushuncha  sifatida  faoliyat 

turlaridan  biri  sifatida  e‘tirof  etilib,  u  bozor  iqtisodiyotining  mahsuli  va 

turkumlaridan  biri  hisoblanadi.  Lizing  xizmati  ijara,  kredit  va  faktoring 

operatsyalarining  tadrijiy  rivojlanishi  va  integratsiyasi  asosida  bo‗lganligi 

barchamizga ma‘lum.  

Dastlab  biznesni  yuritish  imkoni  yuqori  bo‗lgan  rivojlangan  mamlakatlarda 

shakllangan  va  lizing  asta-sekin  rivojlanayotgan  mamlakatlar  va  o‗zgarishlari 

kuzatilayotgan  mamlakatlarda  ham  qo‗llanila  boshlandi.  Lizingning  o‗ziga  xos 

xususiyati  shundan  iboratki,  moliyaviy  resurslari  cheklangan  davrda  lizingni 

tejash  asosida  mashina  va  uskunalar  parkini  qisqa  muddatda  yangilash  imkonini 

beradi.  

Bugungi  kunda  respublikamizga  sanoatida  lizing  xizmatidan  foydalanishni 

takomillashtirishning obyektiv zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: 

-  faoliyat  ko‗rsatayotgan  fermer  va  dehqon  xo‗jaliklarining  kredit  olishi  uchun 

aylanma mablag‗larining taqchilligi; 

- tashqi moliyalashtirish manbalarini jalb etish uchun garovga qo‗yadigan mol-

mulkining etishmasligi; 

-  qishloq  xo‗jalik  mahsulotlarini  yetishtiruvchi  fermer  va  dehqon  xo‗jaliklari 

faoliyatida risk darajasining yuqoriligi; 

-  garov  majburiyatlarining  kuchsiz  ekanligi  sababli  tijorat  banklari  tomonidan 

ularni kreditlash salmog‗ining pastligi; 

- fermer xo‗jaliklarining yer uchastkasiga bo‗lgan ijara xuquqiy bo‗lg‗usi hosilni 

garovga qo‗ygan holda kredit olish mexanizminish amalda to‗liq ishlamayotganligi; 

- xalqaro kredit liniyalarini jalb etish bo‗yicha qo‗yilgan talablarga ko‗ra fermer 

va  dehqon  xo‗jaliklarida  loyiha  hajmining  25  foiziga  teng  xususiy  kapitalning 

yetishmasligi; 

-  fermer  va  dehqon  xo‗jaliklarida  loyiha  hajmining  ma‘lum  foiziga  teng 



 

miqdordagi garov mulkining mavjud bo‗lmasligi. 



Ko‗rinib  turibdiki,  agrosanoat  korxonalarini  yangi  texnika  va  texnologiyalar 

bilan  ta‘minlashda  lizingdan  keng  foydalanish  ushbu  korxonalar  faoliyatini 

moliyalashtirish  bilan  bog‗liq  mavjul  muammolarni  hal  etishda  muhim  ahamiyat 

kasb etadi. 

O‗zbekiston  iqtisodiyotidagi  tuzilmaviy  o‗zgarishlar,  iqtisodiy  islohotlarning 

chuqurlashuvi  va  tadbirkorlikning  rivojlanishi  asosiy  kapitalni  yangilash  uchun 

qo‗shimcha  moliyaviy  resurslar  qidirish,  izlab  topishni  talab  qiladi.  Milliy 

iqtisodiyotning  yangi  shakllanayotgan  tadbirkorlik  tuzilmalarida  ichki  moliyaviy 

resurslarining  cheklanganligi  investitsiyalarni  moliyalashtirishning  noan‘anaviy 

manba va usullarini izlash zaruratini keltirib chiqaradi.  

Shunday  manba  va  usullardan  biri  sifatida  xorijiy  kredit  liniyalari,  davlatlararo 

qarzlarni  jalb  qilish  asosida  lizing  munosabatlarining  yo‗lga  qo‗yilishini  va 

rivojlanishini  misol  keltirish  mumkin.  Chunonchi,  lizing  asosida  yangi  texnika  va 

texnologiyalarni foydalanish uchun olib turish amaliyoti buning dalilidir. 

Lizing  fan-texnika taraqqiyoti  hamda  xususiy, guruhiy  va  ijtimoiy  manfaatlarni 

uyg‗un  ravishda  birga  qo‗shish  talablariga  to‗la-to‗kis  javob  bera  oladigan  iqtisodiy 

faoliyat turidir. Moliyaviy  qiyinchiliklar sharoitida lizing tadbirkorlarning eng yangi 

texnologiya va zamonaviy asbob-uskunalardan bahramand bo‗lishiga imkon beradi. 

Bozor  munosabatlari  rivojlangan  mamlakatlarda  lizing  biznesning  alohida  bir 

turi  sifatida  qaraladi.  Bu  faoliyat  turi  lizing  mahsulotlarining  ishlab  chiqaruvchilari, 

iste‘molchilari  uchun,  shuningdek,  shu  turdagi  biznes  bilan  shug‗ullanayotgan 

moliyaviy vositachilar uchun ham muhim bo‗lgan bir qancha vazifalarni hal etadi.  

Ichki  va  tashqi  bozorlardagi  kuchli  raqobat  sharoitida  asbob-uskunalarning 

texnik 


xususiyatlarinigina 

emas, 


ayni 

vaqtda 


mazkur 

asbob-uskunalar 

iste‘molchilariga  qo‗yiladigan  moliyaviy  shartlar,  shuningdek,  qo‗shimcha  servis 

ham  tobora  ahamiyatli  bo‗lib  boradi.  Tadbirkorlik  faoliyatini  moliyalashtirishning 

shu  yangi  iqtisodiy  usulini  yaqin  kelajaqda  keng  joriy  qilish,  shuningdek  chet  el 

tajribasidan  to‗g‗ri  foydalanish  uchun,  bizning  nazarimizda,  lizingning  iqtisodiy 

tabiati va mohiyatini chuqurroq anglab olish muhim masaladir. 


 

10 


Lizingning  mohiyatini  to‗g‗ri  tushunish,  uning  tabiatini,  mazmunini  va 

zamonaviy  bozor  munosabatlarida bajaradigan vazifalarini  har tomonlama  o‗rganish 

esa  milliy  iqtisodiyotda  uni  keng  ommalashtirish  va  rivojlantirish  uchun  huquqiy, 

iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratish imkonini beradi. 

Bizga ma‘lumki, ―lizing‖ iborasi inglizcha "1ease" fe‘lidan kelib chiqqan bo‗lib, 

mulkni  ijaraga  berish  yoki  ijaraga  olishni  bildiradi.  Ba‘zi  manbalarda  lizing 

deyilganda mashina, uskuna, transport vositalari va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega 

bo‗lgan boshqa ko‗char mulkni uzoq muddatli ijaraga olishni tushunmoq kerak, deb 

ta‘kidlanadi.

3

 



Ta‘kidlash  joizki,  oxirgi  10  yil  davomida  chop  etilgan  iqtisodiy  adabiyotlarda 

"lizing  –  shunchaki  ijara  to‗g‗risidagi  kengaytirilgan  shartnoma"  yoki  "lizing  – 

ijaraning  kreditga  yaqinlashgan  o‗ziga  xos  ko‗rinishi"  yoxud  "butun  ijara  muddati 

davomida  ijarachining  mulkchilik  huquqi  saqlanib  qoladigan  ijara  shartnomasi" 

degan fikrlar uchraydi.  

Bunday  fikrlarda  eng  avvalo  lizingning  maqsadi,  birinchidan,  ijaraga 

beruvchining  mulkchilik  huquqi  saqlanib  qolishi,  ikkinchidan,  lizing  mol-mulkini 

qo‗lga  kirituvchi  tomon,  uchinchidan  esa,  ijara  va  kreditning  o‗zaro  uyg‗unlashgan 

munosabatlari  qayd  etilgan.  Shu  bilan  birga,  bu  ta‘riflarda  tadbirkorlik  faoliyatini 

moliyalashtirishning  alohida  usuli  bo‗lgan  lizingning  iqtisodiy  tabiati  va  mazmuni 

aks etmaydi.  

Xorijiy adabiyotlarda lizingning boshqa ta‘riflari ham uchraydi. Jumladan, ayrim 

iqtisodchilar ―lizing ko‗char va ko‗chmas texnikalarni ijarachiga sotish imkoniyatini 

beradigan  hamda  uni  ijaraga  olish  shartnomasini  ko‗zda  tutadigan  professional 

kreditlashning bir turidir‖, deb talqin etishadi.

4

 



                                                 

3

 Бланк И.А. Инвестиционньй менеджмент. - Киев: МП "ИТЕМ" ЛТД, "Юнайтед Лондон Трейд Лимитед", 1995. 



- 408 с. 

4

  Бернар  И.,  Колли  Ж.К.  Толковый  экономический  и  финансовый  словарь.  Французская,  русская,  английская, 



немецкая, испанская терминология: в 2-х тт. - Т.1: Пер. с фр. - М.: Международные отношения, 1994. - 784 с.  

 

11 


Ilmiy  adabiyotlarda  ayrim  mualliflar  lizingni  uzoq  muddatli  ijara  deb  bilib, 

ijarachining ijaraga olingan mol-mulkini opsion bo‗yicha sotib olish mumkinligi kabi 

huquqiy munosabatlar mavjudligini ta‘kidlaydilar.

5

 



Uyg‗onish  davri  O‗rta  Osiyo  allomalaridan  Forobiy,  Ibn  Sino,  Beruniy,  Yusuf 

Xos Hojib, Amir Temur, Ulug‗bek va Navoiylarning ko‗pgina asarlarida ham islom 

iqtisodiy  g‗oyalari,  bevosita  mulk  va  mulkiy  munosabatlar,  ijara  va  juda  sodda 

bo‗lsada, shu zamonga xos bo‗lgan lizing munosabatlari yoritib o‗tilgan. 

Ba‘zi nashrlarda lizing va ijara tushunchalari o‗rtasiga tenglik belgisi  qo‗yiladi 

va  lizing  yer  uchastkasi,  bino,  inshoot,  asbob-uskunalardan  odatda  renta  shaklidagi 

to‗lov evaziga foydalanish yoki ularni qarzga olish huquqini berish tarzidagi ―shakl‖ 

deb ta‘riflanadi.  

Fikrimizcha, ushbu  tarzdagi ta‘rif lizingning  iqtisodiy  tabiatini  ochib bermaydi, 

unda  faqat  foydalanish  huquqi  va  haq  to‗lash  majburiyati  aks  etadi  va  iqtisodiy 

munosabatlar  nuqtai  nazaridan  lizingning  mohiyati  va  uning  negizida  lizing 

munosabatlari to‗liq yoritilmaydi.  

Lizingning 

mohiyatini 

yoritish 

uchun 


chet 

el 


amaliyotida 

lizing 


munosabatlarining  shakllanish  asoslariga,  unga  ta‘sir  etib  kelgan  asosiy  omillarga 

e‘tiborni  qaratish  lozim.  Rivojlangan  mamlakatlarda  lizing  munosabatlarining 

namoyon  bo‗lishini  asoslash  va  uni  iqtisodiyotga  joriy  etilishining  noan‘anaviy 

usullari bilan moliyaviy manbalarini izlash alohida ahamiyat kasb etib kelmoqda.  

Ayrim  manbalarda  ―lizing  -  muayyan  tovarga  bo‗lgan  mulkchilik  huquqini 

uchinchi  shaxs  uchun  sotib  olib,  uni  qisqa,  o‗rta  yoki  uzoq  muddatli  davrga  ijaraga 

beradigan  ixtisoslashgan  lizing  kompaniyasi  vositachiligida  asosiy  fondlarga  kapital 

qo‗yilishini  moliyalashtirishning  o‗ziga  xos  shaklidir‖

6

  deb  ta‘rif  berilgan.  Ammo, 



lizingning  ushbu  ta‘rifida  birinchidan,  lizing  moliyalashtirishning  o‗ziga  xos  shakli 

deb  ta‘kidlangan  bo‗lsa,  ikkinchidan,  vositachi  uchinchi  shaxs  uchun  mulkchilik 

huquqini  qo‗lga  kiritadi  deb,  uchinchidan,  ijara  munosabatlari  mavjud,  deb  e‘tirof 

etilgan.  

                                                 

5

 Прилуцкий Л.Н.  Лизинг. Правовые основы лизинговой деятельности в Российской Федерации.  —М.: Изд-во 



«Ось», 1996. – 128 с. 

6

 Чжен В.А. Язык бизнеса: термины. - Т: ИПК «Шарк», 1995. – 241 с. 



 

12 


Afsuski,  yuqorida  keltirilgan  barcha  ta‘riflarda  lizing  munosabatlarining  u  yoki 

bu  jihatigina  ta‘kidlangan  bo‗lib,  ularda  lizingning  iqtisodiy  mohiyatini  yoritishdagi 

yondashuvlar  sayyozligicha  qolgan.  Bu  esa  lizing  munosabatlarining  tizimli  amal 

qilishiga  salbiy  ta‘sir  etib  kelmoqda.  Bizning  fikrimizcha,  lizingning  mohiyatini 

to‗g‗ri  ta‘riflash  uchun  lizing  munosabatlarining  moliyaviy-iqtisodiy  muhitini 

hisobga  olish,  shuningdek,  xorijiy  mamlakatlarda  lizingning  vujudga  kelish   va 

shakllanish jarayonidagi makroiqtisodiy vaziyatni e‘tiborga olish lozim.  

Lizing  tadbirkorlik  faoliyatining  rivojlanishi  va  raqobatning  kuchayishi 

natijasida paydo bo‗lgan. Tadbirkorlik faoliyati uchun investitsiya resurslarini qidirib 

topish  yoki  mulkni  qo‗lga  kiritish,  unga  egalik  qilish  hamda  undan  foydalanish 

huquqini  olishning  boshqa  usullariga  nisbatan  lizingning  u  yoki  bu  afzalliklari  turli 

huquqiy  va  iqtisodiy  makonlarda  turlicha  namoyon  bo‗ladi.  Ya‘ni,  lizing  mol-

mulkidan  tadbirkorlik  maqsadlarida  foydalanish  imkoniyatini  olish  vositasi  sifatida 

lizingdan ko‗riladigan manfaatlar yoki zararlar, uning afzalliklari yoki kamchiliklari 

iqtisodiy,  shu  jumladan,  huquqiy,  moliyaviy  munosabatlarning  darajasi  bilan 

belgilanadi.

7

  

Ba‘zi  tarjima  nashrlarida  lizing  –  ijarani  moliyalashtirish  deb  hisoblanadi  va 



lizing  usulida  moliyalashtirish  bankning  texnika  yoki  mashinalarni  sotib  olib, ularni 

o‗z mijozlariga ijaraga berishini nazarda tutadi deb, ta‘kidlanadi.

8

 Haqiqatda esa bank 



mulkchilik huquqini sotib olmaydi, balki kredit beradi, to‗g‗rirog‗i, ijarachining ijara 

munosabatlari  vositasida  va  lizing  shartnomalarida  ko‗rsatilgan  muddatlarda  mol-

mulkni  qo‗lga  kiritish  niyatida  bo‗lg‗usi  huquqini  kreditlaydi.  Shuni  ham  ta‘kidlash 

kerakki,  lizing  texnologiyalar  va  texnikalar  sotib  olish  va  samarali  qo‗llash  uchun 

lizing  beruvchi  va  lizing  oluvchilar  o‗zaro  maqbul  kredit  munosabatlariga 

kirishishining shaklidir. 

O‗zbekiston  Respublikasining  «Lizing  to‗g‗risida»gi  qonunida  lizing  ijara 

munosabatlarining  alohida  turi  bo‗lib,  unda  bir  taraf  (lizing  beruvchi)  ikkinchi 

tarafning  (lizing  oluvchining)  topshirig‗iga  binoan  uchinchi  tarafdan  (sotuvchidan) 

                                                 

7

 Газибеков Д.Г., Собиров О.Ш. Лизинг и его развитие в Узбекистане, - Т.: Молия, 2001. - 132 с. 



8

 Роуз Питер С. Банковский менеджмент. — Пер. с анг., 2-го изд.- М.: Дело Лтд., 1995. - 173 с. 



 

13 


haq  evaziga  egalik  qilish  va  foydalanish  uchun  lizing  shartnomasida  belgilangan 

shartlarda  unga  berib  qo‗yish  maqsadida  mol-mulkni  (lizing  obyektini)  oladi,  deb 

belgilangan.

9

  Bu  ta‘rif,  bizning  nazarimizda  lizingning  mohiyatini  huquqiy  jihatdan 



yoritib, uning iqtisodiy tabiati, mohiyati va funksiyalarini ochib bermaydi.  

Lizingning  iqtisodiy  tabiati  va  mazmuni  yuzasidan  o‗tkazilgan  tadqiqotlardan 

ma‘lum  bo‗lishicha,  lizing  vositasida  milliy  hamda  millatlararo  iqtisodiyotlarda 

taqsimot  munosabatlari  va  moliyaviy  vositachilik;  tadbirkorlik  samaradorligini 

oshirishga  qaratilgan  oqilona  kredit  munosabatlari;  lizing  krediti  vositasida  fan  va 

texnika  taraqqiyoti  yutuqlarini  jadal  joriy  etishga  qaratilgan  alohida  ijara 

munosabatlari;  mol-mulkni  shakllantirish  va  ayni  vaqtda  undan  foydalanishni 

yaxshilashga  qaratilgan  mulkiy  munosabatlar;  xo‗jalik  yurituvchi  subyektlarping 

asosiy  kapitalga  investitsiya  solish  usullari;  «nou-xau»dan  zamonaviy 

texnologiyalardan  foydalanish  bo‗yicha  baynalminal  kapital  munosabatlari  va  shu 

kabilar amalga oshiriladi. 

Lizingning mohiyati uning afzalliklari va kamchiliklarini o‗rganish orqali yaqqol 

namoyon bo‗ladi. Lizing moliyalashtirishning boshqa shakllariga nisbatan bir qator 

afzalliklarga ega. Shu bilan birga, ayrim kamchiliklardan ham mustasno emas.  

Shunday qilib, olimlar va mutaxassislar lizingning mohiyatini ta‘riflash xususida 

hozircha  aniq  bir  fikrga  kelganlari  yo‗q.  Shuning  natijasida  nazariya  hamda 

amaliyotda lizingning mazmuni va roli turlicha talqin etilmoqda.  

Lizing  ta‘rifida  uning  umumiy,  asosiy  va  xususiy  belgilari  namoyon  bo‗lishi 

kerak. Lizingda ijara va kredit munosabatlari markaziy o‗rinni egallasada, lizingning 

mohiyati uning iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda tutgan o‗rni bilan belgilanadi.  

Iqtisodiy  adabiyotlarda  e‘tirof  etilishicha,  rivojlangan  mamlakatlarda 

iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilish,  uni  inqiroz  sharoitidan  chiqarish  va  barqaror 

rivojlanishini ta‘minlashda lizing muhim o‗rin egallagan.

10

  



                                                 

9

 Haydarov Sh.U., Ortiqov X.A., Tuxsanov X.A. Lizing: tan olish, baholash va uning hisobi. - T.:Norma, 2006. – 152 b.  



10

 G‘ozibеkov D.G‘., Sabirov O.Sh., Mo‘minov A.G., Quljonov O.M. Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti.  – 

T: Fan va texnologiya, 2004. – 6-30 b. 


 

14 


Bizning  nazarimizda,  lizingning  ta‘rifida  uning  aynan  ushbu  jihatlarini  aks 

ettirish  mamlakatimizda  lizing  faoliyati  va  u  bilan  bog‗liq  xizmatlar  bozorini 

rivojlantirishda muhim rol o‗ynaydi.    

Shunga  ko‗ra,  bizning  fikrimizcha,  lizing  deganda,  asbob-uskuna  va 

texnologiyalar  qiymatini  asta-sekin  to‗lab  borish  sharti  bilan  amaldagi  qonunlar 

doirasida  tadbirkorlik  maqsadida  uzoq  muddatga  foydalanish  uchun  berilishi  hamda 

shartnoma  muddati  tugagach  lizing  oluvchining  mulkka  egalik  huquqini  qo‗lga 

kiritishini  nazarda  tutuvchi  iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilishning  samarali  usuli 

tushuniladi.  Biroq, lizing sohasining yarim asrdan ortiq davr mobaynida rivojlanishi 

uning yangidan-yangi turlari va shakllarining paydo bo‗lishiga va shu orqali mustaqil 

lizing xizmatlari bozorining taraqqiy etishiga zamin yaratdi.

 


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling