Raximov bekbergan maxsudovich lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo
-rasm. “O„zqishloqxo„jalikmashlizing”ALK 2010-2014 yillarda lizing
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
lizing xizmatdari va servisini rivozhlantirishning istiqbolli jonalishlari xorazm viloyati misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.2-rasm. “O„zqishloqxo„jalikmashlizing”ALK kompaniya tomonidan 2010-2014 yillarda yetkazib berilgan texnikalar sonining o„zgarish dinamikasi (dona)
- 2.3.2-jadval 2014 yilda “O„zqishloqxo„jalikmashlizing”ALK kompaniyasi tomonidan lizingga yetkazib berilgan qishloq xo„jaligi texnikasi to„g„risida ma‟lumot
- 2.3.3-rasm. O„zqishloqxo„jalikmashlizing "ALK kompaniya aktivlarining 2010-2014 yillarda o„zgarishi, (mlrd. so„mda ) 59
- III-BOB. XORAZM VILOYATIDA LIZING XIZMATLARI VA SERVISINI RIVOJLANTIRISH YO„NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI
- 3.1.2-rasm. “O„zqishloqxo„jalikmashlizing” ALK Xorazm viloyati filiali tomonidan 2001-2015 yillarda qishloq xo„jalik korxonalariga lizingga berilgan
2.3.1-rasm. “O„zqishloqxo„jalikmashlizing”ALK 2010-2014 yillarda lizing operatsiyalari hajmlarining o„zgarishi (mlrd. so„mda) 56
Rasmga asosan, 2014 yilda kompaniya tomonidan asosiy e‘tibor texnika soni emas, balki sifati, yuqori unumli qishloq xo‗jalik texnikalarini lizing asosida etkazib berishga karatilgan. 2012 yilda 164,2 mlrd. so‗mlik qishloq xo‗jalik texnikalari lizing asosida yetkazib berilgan bo‗lsa, 2014 yil davomida 267,6 mlrd. so‗mlik texnika lizing asosida berildi. Kompaniya tomonidan 2010-2014 yillarda yetkazib berilgan texnikalar sonining o‗zgarish dinamikasida 2014 yilda 4415 ta texnika lizingga yetkazib berilgan, bu o‗tgan yilga nisbatan 795 taga kam. "O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing" ALK tomonidan soniga emas, sifatiga alohida etibor berilgan. 1-ilovada 2010-2015 yillarda "O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing" ALK tomonidan lizingga berilgan texnikalar haqida ma‘lumotlar berilgan.
Lizingni paydo bo‗lishi bilan moliyaviy xizmat bozori kengayadi. Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda lizing asosiy vositalarni sotib olish uchun kredit o‗rniga muqobil vosita bo‗lib xizmat qilgan holda korxonalarga bank oldidagi qarzdorligini ko‗paytirmaslik imkoniyatini yaratadi. Natijada, ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ kompaniyasi tomonidan texnikalar yetkazib berila boshlandi (2.3.2-rasm).
56 Manba: «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» ALKning 2014 yil yillik hisoboti 51
2.3.2-rasm. “O„zqishloqxo„jalikmashlizing”ALK kompaniya tomonidan 2010-2014 yillarda yetkazib berilgan texnikalar sonining o„zgarish dinamikasi (dona) 57 Viloyatlar kesimida oladigan bo‗lsak, Surxondaryo viloyati 645 ta qishloq xo‗jalik texnika, summasi 26980,2 mln. so‗m bilan yetakchi o‗rinda bo‗lgan bo‗lsa, 2013 yilda viloyatlar kesimida eng past ko‗rsatkich Navoiy viloyatiga to‗g‗ri kelgan 217 ta, summasi 13169,1 mln. so‗mga teng bo‘lgan. 2014 yilda 4415 dona summasi 267641 mln.so‗mga teng qishloq xo‗jalik texnikasi, aholi turmush darajasini yaxshilash, mehnat unimini oshirish, mehnat qiyinchiligini kamaytirish va qishloq xo‗jaligining moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida lizing asosida etkazib berilgan bo‗lsa, bu ko‗rsatkich o‗tgan yilga nisbatan texnikalar son jihatdan 795 taga kam, lizingga texnika yetkazib berilgan. Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, kompaniya tomonidan songa emas, sifatga etibor berilayotgani hamda O‗zbekiston lizing bozorida lizing xizmatlarining kengayishi natijasida bir xil vazifani emas balki, qishloq xo‗jaligida bir necha xilda vazifalarni bajaradigan texnikalarni lizinga etkazib berishi ahamiyatli. Natijada, qishloq xo‗jaligida ayrim texnikalarga bo‗lgan talab pasayib, 2014 yilda texnikalar soni jihatidan kamaygan (2.3.2-jadval).
57 Manba: «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» ALKning 2014 yillik hisobot ma'lumotlari. 52
2.3.2-jadval 2014 yilda “O„zqishloqxo„jalikmashlizing”ALK kompaniyasi tomonidan lizingga yetkazib berilgan qishloq xo„jaligi texnikasi to„g„risida ma‟lumot 58 № Hududlar Jami texnikalar 2013 yilga nisbatan o„sish sur‟ati foiz hisobida 2013 yil 2014 yil soni dona soni dona
dona summasi, mln. so„m soni dona summasi, mln. so„m 1 Qoraqalpog‗iston Respublikasi 234
11982,3 213
13043,8 91
108,9 2 Andijon 225 17714,3
239 12438,6
106 70,2
3 Buxoro
499 13423,1
347 19555,5
69,5 145,7
4 Jizzax
382 28368,7
337 23219,4
88,2 81,8
5 Qashqadaryo 452 24020.6
354 22562,3
78,3 93,9
6 Navoiy
217 13169,1
212 10327,4
97,7 78,4
7 Namangan 256 17582,5
253 16271,8
98,8 92,5
8 Samarqand 406 16743,5
466 21881,9
115 130,7
9 Surxondaryo 645 26980,2
674 24176,8
105 89,6
10 Sirdaryo 491
23678,2 330
26502,9 67,2
111,9 11 Toshkent 624 30299,6
428 30958,4
68,6 102,2
12 Farg‗ona 403
24349,8 358
24984,6 88,8
102,6 13 Xorazm 376 19046.2
204 21717,2
54,3 114
Jami 5210 267358 4415 267641 84,7 101,1 Ushbu jadvalni tahlil qilish asosida ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ ALK kompaniyaning aktivlarini ko‗rib o‗tadigan bo‗lsak, yildan-yilga o‗sish tendensiyasida ketayotganini bilamiz. Birgina misol 2010 yilda 286,7 mlrd. so‗m bo‗lsa, 2014 yilda bu ko‗rsatkich 727,4 mlrd. so‗mga teng bo‗lgan bo‗lsa, 5 yil mobaynida 440,7 mlrd.so‗m o‗sganligini ko‗rish mumkin (2.3.3-rasm).
58 Manba: «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» ALKning 2014 yillik hisobot ma'lumotlari. 53
2.3.3-rasm. O„zqishloqxo„jalikmashlizing "ALK kompaniya aktivlarining 2010-2014 yillarda o„zgarishi, (mlrd. so„mda) 59 Birgina o‗tgan yili misolida oladigan bo‗lsak, 578,2 mlrd so‗mga teng bo‗lgan, bu esa lizing kompaniyaning aktivlari 1 yil ichida 149,2 mlrd. so‗ma oshanligini ko‗rsatadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, 2010 yildan hozirgi kunga qadar "O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing" ALK kompaniyaning aktivlarini o‗sib qishloq xo‗jaligini riojpantirishda ijobiy natijalarga erishmoqda. Lizing xizmatlari ko‗rsatishdan olinadigan tushumlar 2013 yilda 27,7 mlrd. so‗mni tashkil qilgan bo‗lsa, 2014 yilda bu ko‗rsatkich 40,0 mlrd. so‗mni tashqi l qildi. Sof foyda o‗tgan 2013 yilda 4,2 mlrd.so‗mni tashkil qilgan bo‗lsa, hisobot davrida 10,4 mlrd. so‗mni tashkil qilib, o‗tgan yiliga nisbatan 6,2 mlrd.so‗m ko‗p bo‗ldi. Keltirilayotgan raqamlar kompaniya moliyaviy ko‗rsatkichlarining yuqori tezlik bilan o‗sganligidan dalolatdir (2.3.4-rasm).
59 Manba: «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» ALKning 2014 yillik hisobot ma'lumotlari 54
2.3.4-rasm. “O„zqishloqxo„jalikmashlizing”ALK lizing xizmatlari ko„rsatishdan olinadigan tushumlarining o„zgarishi, (mln. so„mda) 60 Biroq, kompaniya ancha sezilarli korporativ biznesga ega bo‗lib, nafakat qishloq xo‗jalik korxonalari balki, fermerlar, MTP, MMTP, «agrotexserservis»lar, uning doirasida turli tarmoq va mulkchilik shaklidagi xo‗jalik organlari, jumladan «O‗zdonmahsulot» kompaniyasi, «O‗zpaxtasanoat» uyushmasi, «Qishlokxo‗jalikkimyo» AJ korxonalariga lizing xizmati ko‗rsatmoqda. Kompaniya ancha sezilarli korporativ biznesga era bo‗lib, nafakat qishloq xo‗jalik korxonalari balki, fermerlar, MTP, MMTP, «agrotexserservis»lar, uning doirasida turli tarmoq va mulkchilik shaklidagi xo‗jalik organlari, jumladan «O‗zdonmahsulot» kompaniyasi, «O‗zpaxtasanoat» uyushmasi, «Qishlokxo‗jalikkimyo» AJ korxonalariga lizing xizmati ko‗rsatmoqda. Bundan tashqari, "O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing"ALK kompaniya tomonidan nafakat qishloq xo‗jaligini yangi texnikalar va texnalogiyalar bilan taminlashda o‗zining hissasini kushmokda balki, qishloq xo‗jalik texnikalarni ishlab chiquvchi korxonalar va zavodlarda ishlab chiqarilgan texnikalarni lizing asosida uskunalarini sotilishiga yordam beradi. "O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing" ALK kompaniya paydo bo‗lishi uskunalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy kompaniyalarga o‗z uskunalarini sotish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Ta‘minotchi korxonalar va zavodlar «O‗zkeysmash» K, «Lemkent CHirchik»MCHJ KK, «Mexmash» AJ, «O‗zKeysTraktor»KK, «UzClass Agro»,
60 Manba: «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» ALKning 2014 yillik hisobot ma'lumotlari. 55
«Toshkent qishloq xo‗jalik texnikalari zavodi» AJ, «Agregat zavodi», «Urgench ozukamash» AJ, «Chirchiq qishloq xo‗jalik texnikalari zavodi» AJ «Agrixim» zavodi va boshqalar bilan moliyaviy munosabatlarda hamkorlik qilib kelmoqda. Ma‘lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‗jaliklarini meliorativ texnikalar bilan ta‘minlashning eng qulay usuli lizing hisoblanadi. Ya‘ni, moliyaviy xizmatlarning ushbu turi imtiyozli shartlarda, uzoq muddatga taqdim etiladi. Kompaniya tomonidan ko‗rsatilayotgan bunday xizmatlar ko‗lamini yanada kengaytirish maqsadida xalqaro standartlarga javob beradigan ilg‗or usullar joriy qilinmoqda. 2015 yilda 257 ta va joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida 100 taga yaqin meliorativ texnika vositalari lizing buyutmalari asosida talabgorlarga yetkazib berildi. Hozirgi kunda mijozlarga zanjirli ekskavator, buldozer, avtosamosval, avtokran, avtobenzovoz, «TTZ-100 NS» va «TS-135» rusumli traktorlar, kanal yuvish mashinalari singari 20 ga yaqin texnika vositalari lizing asosida taklif etilmoqda. Bu xo‗jalik yurituvchi subyektlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, suv xo‗jaligi va melioratsiya ishlari ko‗lamini kengaytirish imkonini bermoqda. Keyingi yillarda kompaniya tomonidan iqtisodiy rivojlanish strategiyasining asosiy yo‗nalishlaridan biri hisoblangan mahalliylashtirish ko‗lamini kengaytirish doimiy e‘tibor markazida bo‗lib, yurtimiz ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanmoqda. Mamlakatimizda qishloq xo‗jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tarkibiy o‗zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, yer hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish nafaqat joriy yil, balki yaqin istiqbolga mo‗ljallangan iqtisodiy das- turlarning eng muhim yo‗nalishlaridan biri etib belgilangan. Bu esa kompaniya zimmasiga qo‗shimcha vazifalar yuklash barobarida xizmatlar ko‗lamini kengaytirishni ham taqozo etadi. 56
III-BOB. XORAZM VILOYATIDA LIZING XIZMATLARI VA SERVISINI RIVOJLANTIRISH YO„NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI 3.1. Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish holati Ma‘lumki, har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining diqqat markazida turgan asosiy masalalardan biri – bu barcha hududlarni barqaror va mutanosib rivojlantirish hisoblanadi. Huddi shunday bu masala ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, bozorlar, iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda Xorazm viloyati lizing xizmatlari bozorida bevosita lizing bilan shug‗ullanuvchi bir nechta kompaniya faoliyat ko‗rsatmoqda. Bular ichida ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ aksiyadorlik lizing kompaniyasi (ALK) Xorazm viloyat filiali markaziy o‗rinni egallaydi. Xorazm viloyati lizing xizmatlari bozorida ko‗p yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ aksiyadorlik lizing kompaniyasi (ALK) O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1990 yil 30 oktyabrdagi 486-sonli ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ aksiyadorlik lizing kompaniyasini tashkil etish to‗g‗risida‖ gi qarori asosida tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy aksiyadorlari ―Ipotekabank‖ ATIB, ―Agrobank‖ ATB, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Qishloq va suv xo‗jaligi vazirliklari, ―Toshkent traktor zavodi‖ AJ, ―O‗zdonmahsulot‖ DAK, ―O‗zpaxtasanoatsotish‖, ―O‗zagromashservis‖, ―O‗zsanoatmashservis‖ uyushmalari, ―Xalq banki‖ va boshqa 384 ta yuridik va 194 ta jismoniy shaxslar bo‗lib, jami 578 ta aksiyador hisoblanadi. ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ ALKning xizmat ko‗rsatish sohasi qishloq xo‗jaligiga lizing asosida texnikalar etkazib berishdan iborat bo‗lib, uning asosiy mijozlari fermer xo‗jaliklari va agrofirmalar, mashina-traktor parklari va muqobil mashina-traktor parklari, viloyat ―Qishloqxo‗jalikkimyo‖ AJ va ularning filiallari hisoblanadi. ALK tomonidan asosan fermer xo‗jaliklari va MTPlarni texnik hamda texnologik jihatdan modernizatsiya qilish maqsadida TTZ, MXM-140, TL-100A traktorlari, traktor tirkamalari, kultivatorlar, seyalkalar, pluglar, kimyoviy dori
57
purkagichlari, o‗t-hashak o‗rish va mineral o‗g‗itlarni sochish agregatlari hamda boshqa turdagi qishloq xo‗jalik texnikalari lizingga beriladi. ALK tomonidan imtiyozli lizing xizmatini ko‗rsatish shartlari O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrdagi 424-sonli ―Qishloq xo‗jaligini lizing asosida qishloq xo‗jaligi texnikasi bilan ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi va 2007 yil 18 iyundagi 123-sonli, 2007 yil 12 dekabrdagi 254-sonli qarorlariga asoslanadi. Fermer xo‗jaliklari hamda mashina-traktor parklari Respublika qishloq xo‗jaligi mashinasozligi zavodlari va qo‗shma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan traktorlar va o‗rim-yig‗im texnikalarini lizingga olishda quyidagi imtiyozlarga egadirlar: - avans sifatida texnika qiymatining 15 foizlik qismi to‗lanadi; - traktorlar fermer xo‗jaliklariga, Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklariga 10 yilgacha, boshqa lizing oluvchilarga 7 yilgacha bo‗lgan muddatga lizingga beriladi; - lizing marjasi foizi miqdori Markaziy bank qayta moliyalash stavka-sining 50 foizidan oshmaydi va lizing oluvchi tomonidan lizing obyekti avvaldan sug‗urtalanib, sug‗urta polisi lizing beruvchiga taqdim etiladi. ALKning umumiy asoslarda lizing xizmatini ko‗rsatish shartlari esa quyidagilardan iborat: - avans sifatida texnika qiymatining 15 foizdan 40 foizgacha bo‗lgan qismi to‗lanadi; - texnika 1,5 yildan 3 yilgacha bo‗lgan muddatga lizingga beriladi; - lizing marjasi foizi miqdori yillik 16-20 foiz darajasida belgilanishi mumkin; - lizing obyekti va uning sotuvchisi lizing oluvchi tomonidan tanlanadi. Tahlillarga ko‗ra, istalgan bir mintaqa yoki davlat lizing xizmatlari bozorida lizing xizmatlarining kredit va garov ta‘minoti eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu sababli biz 20011-2015 yillarda ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ ALK Xorazm viloyati filiali tomonidan amalga oshirilgan lizing xizmatlarining kredit ta‘minoti tarkibi va ulushini ham tahlil qilib chiqdik.
58
2011-2015 yillarda filial tomonidan amalga oshirilgan lizing xizmatlarining kredit ta‘minoti tarkibida eng ko‗p ulush engil avtomobillar (55,9 foiz), binolar (13,3 foiz), traktor va kombaynlar hamda yuk mashinalari (9,4 foizdan), kafolat xatlari (5,5 foiz)ga to‗g‗ri kelsa, ishlab chiqarish vositalari (3,7 foiz) va ishonch asosida lizingga mol-mulklar berishning ulushi (2,8 foiz) nisbatan kamdir. Agar ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ ALK Xorazm viloyati filiali tomonidan 2001-2015 yillarda qishloq xo‗jalik korxonalariga lizingga berilgan qishloq xo‗jalik texnikalari qiymati dinamikasini tahlil qiladigan bo‗lsak, bunda nobarqaror ravishda o‗sish bo‗layotganini ko‗rishimiz mumkin.
tomonidan 2001-2015 yillarda qishloq xo„jalik korxonalariga lizingga berilgan qishloq xo„jalik texnikalari qiymati, mln. so„mda 61 3.1.2-rasmdan ko‗rish mumkinki, 2015 yilda 2001 yildagiga nisbatan lizing xizmatlari ko‗lami qariyib 33,6 martaga oshgan. Ammo, 2001-2015 yillar davomida ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ ALK Xorazm viloyati filiali tomonidan lizingga berilgan texnikalar hajmi nobarqaror bo‗lgan. Xususan, 2001-2015 yilda amalga oshirilgan lizing xizmatlari muttasil oshib borgan bo‗lsa, 2009-2011 yillarda lizing
61 Manba: «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» ALKning 2014 yillik hisobot ma'lumotlari 59
operatsiyalar hajmi kamayib borgan va 2011 yilga kelib ushbu ko‗rsatkich 2008 yilga nisbatan qariyb 1,9 mlrd. so‗mga kamayganligini ko‗rish mumkin. Shuningdek, o‗sish ko‗rsatkichlari 2012-2013 yillarda ham kuzatildi. Ammo, 2014 yilga kelib kompaniyaning lizing operatsiyalari hajmi 2013 yilga nisbatan 22 foizga kamayib, 13 197 mln.so‗mni tashkil etdi. 2015 yilga kelib, vaziyat yana ijobiy tomonga o‗zgardi. Hususan, ushbu yil o‗sish ko‗rsatkichi oldingi yilga nisbatan 46 foizni tashkil etib, umumiy hajmda 19 309 mln. so‗mga etgan. Bu esa kuzatilayotgan yillarda bevosita qishloq xo‗jalik texnikalari lizingi bozorida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi tufayli pasayish bo‗lganini bildirmaydi. Zero, bu viloyat iqtisodiyotining xalqaro integratsiya jarayonlari bilan chuqur bog‗liq bo‗lmasdan, ichki bozor imkoniyatlari bilan barqaror ishlayotgani samarasidir. Bizning tahlillarga ko‗ra, buning sabablari Xorazm viloyati lizing xizmatlari bozorida qishloq xo‗jalik texnikalari lizingi segmentining oldingi yillarda jadal sur‘atlarda oshganligi munosabati bilan ushbu segmentning nisbatan to‗yinganligi hamda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining fermer xo‗jaliklarining er maydonlarini optimallashtirish bo‗yicha maxsus Qarori chiqqanligi tufayli viloyatda ko‗pgina fermer xo‗jaliklarining o‗zaro birlashib, yiriklashib ketganligi natijasida lizing oluvchi subyektlar sonining kamayganligi kabi omillar bilan ifodalanadi. Tadqiqot jarayonida Xorazm viloyati lizing xizmatlari bozorida servisni rivojlantirish zarurati quyidagilar bilan asoslandi: - lizingga berilgan mol-mulk tarkibida ilg‗or uskunalarning kamligi; - bir birlik qishloq xo‗jalik texnikasini yetkazib berish bilan bog‗liq transport sarf-xarajatlarining yuqoriligi (780-980 ming so‗m); - tadbirkorlarning texnika va uskunalarni saqlash hamda foydalanish me‘yorlarini bilmasligi va rioya etmasligi sababli, aksariyat hollarda lizingga berilgan qishloq xo‗jalik texnikalarining muddatidan oldin ta‘mir talab holatga kelishi, ular tomonidan texnikalarning o‗z bilganicha ta‘mirlanishi; - texnik ta‘mirlash markazlarining kamligi, mutaxassislarning etishmasligi hamda ehtiyot qismlarning o‗z vaqtida etkazib berilmasligi (1,5-2 oy) oqibatida texnikalarning uzoq muddat ishlatilmay turib qolishi va natijada asosiy vositalar iqtisodiy samaradorligining pasayishi.
60
Bugungi kunda viloyat lizing xizmatlari bozorida qishloq xo‗jalik texnikalari segmentining ulushi 70 foizdan ortiqni tashkil etmoqda. Aksincha, boshqa segmentlarning lizing xizmatlari bozorida ulushi ancha kam, ayniqsa xorijiy texnologiyalarning ulushi ahamiyatsiz darajada. Viloyatda xorijda ishlab chiqarilgan mini texnologiyalarni etkazib beruvchi yagona ―Xorazm Global Servis‖ MCHJ kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Suhbat jarayonida kompaniya asosan naqd mablag‗lari mavjud bo‗lgan tabdirkorlik subyektlariga xizmat ko‗rsatishni afzal ko‗rishi ma‘lum bo‗ldi. Buning sababi shundaki, kredit yoki lizing mablag‗larining xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniya hisob raqamiga kelib tushishi uzoq vaqtni talab etadi (2-4 oy). Natijada, ushbu holat kompaniya bilan lizing beruvchilar o‗rtasidagi hamkorlik aloqalariga salbiy ta‘sir etmoqda. Viloyatda asosiy qishloq xo‗jalik texnikasini etkazib beruvchi hisoblangan ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ ALK viloyat filiali ma‘lumotlariga ko‗ra, lizinga olingan texnikalarni ishlab chiqaruvchi korxonadan (masalan, Toshkent traktor zavodi) tashib keltirish xizmati bevosita lizing oluvchi zimmasiga yuklatilgan. Lizing oluvchilar bilan o‗tkazilgan suhbatlardan shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, ular ikki yoki uch kishi bo‗lib ishlab chiqaruvchi korxonaga jo‗naydilar (Toshkent shahriga). Korxona hududida ularni lizing kompaniya mutaxassislari kutib oladi va o‗zlari ekspertizadan o‗tkazgan qishloq xo‗jalik texnikasini shu erning o‗zida ularga topshiradi. Lizing oluvchilar texnikani yuk avtomobiliga joylashtirib viloyatga olib keladilar. Bizning nazarimizda, lizinga berilgan texnikalar (traktorlar) ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ ALK viloyat filiali tomonidan markazlashgan xolda tashib keltirilishi birinchidan, lizing oluvchilar vaqti va mablag‗larining tejalishiga, ikkinchidan, kompaniya daromadining oshishiga, uchinchidan texnik xavsizlikning ta‘minlanishiga olib keladi. Kuzatuvlar shuni ko‗rsatdiki, viloyatda qishloq xo‗jaligi texnikalariga texnik servis xizmatini ko‗rsatuvchi ikkita markaz mavjud bo‗lib, ulardan biri Urganch shahrida va ikkinchisi Yangibozor tumanida joylashgan.
61
Urganch shahrida joylashgan, Toshkent traktor zavodi (TTZ)ga qarashli texnik servis ko‗rsatuvchi markaz faoliyatini o‗rganish natijasida shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, ushbu markaz qoida bo‗yicha texnikalarni ta‘mirlash uskunalariga ega bo‗lishi va mijozlar talabiga binoan joylarga chiqib, qishloq xo‗jalik texnikalariga zarur texnik servis xizmatini ko‗rsatishi lozim bo‗ladi. Markaz fermer xo‗jaliklariga ularning talabiga ko‗ra, TTZdan zarur ehtiyot qismlarni yetkazib berish bilan cheklanadi. Ehtiyot qismlarni yetkazib berishga 1,5-2 oy vaqt sarflanadi. Yangibozor tumanida joylashgan texnik servis ko‗rsatish markazining ham xizmat ko‗rsatish sifati talab darajasida emas. Ushbu ―Keysservis‖ MCHJ markazida texnik xizmat ko‗rsatish uskunalari jismoniy va ma‘naviy eskirgan, mutaxassislar esa texnik xizmat ko‗rsatish bo‗yicha yetarli malakaga ega emas. Natijada, joylarda texnikalarni ta‘mirlash ishlari bevosita tegishli malakaga ega bo‗lmagan fermer xo‗jaliklari ishchilari tomonidan amalga oshirilmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ ALK Xorazm viloyat filiali
faoliyatida servis xizmatlarini rivojlantirish yo‗nalashlari quyidagilardan iborat:
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling