25,1 mlrd so'mni tashkil etadi. Kompaniya аksiyadorlari


Download 20.62 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi20.62 Kb.
#252339
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Kirish

"ALSKOM" Sug'urta Kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati (O'zR Moliya Vazirligining SF №00211-sonli Litsenziyasi) O'zbekiston sug'urta bozorida 1996 yildan beri o'z faoliyatini yuritib kelmoqda hamda mamlakatimizda sug'urta munosabatlarining rivojlanishida o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, Kompaniya respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan yetakchi sug'urta tahkilotlari orasida mustahkam o'rin egallaydi. Kompaniyaning hududiy tarmog'i viloyat markazlarida joylashgan 20 ta filial, shuningdek, tumanlardagi hamda uzoq qishloq joylardagi 128 ta bo'linmalar va sug'urta markazlarini o'z ichiga oladi. Kompaniya tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar ishonchliligi "SAIPRO" reyting agentligi tomonidan «uzA+ - juda yuqori moliyaviy ishonchlilik darajasi» ishonchlilik reytingi bilan tasdiqlangan.

    Bugungi kunda Kompaniyaning ustav fondi 25,1 mlrd. so'mni tashkil etadi.

    Kompaniya аksiyadorlari:



  •    O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkilotlari, jumladan:

  •   "O'zbektelekom" АК

  •   "Elektromagnit moslashuv markazi" DUК

  •   Ахborot-Kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg'armasi

  •   АТ «Aloqabank»

  •  "Nano Lizing" MChJ

  •  «Согласие»Суғурта Компанияси (Rossiya Federatsiyasi)

  •   OOO "BAURAUM GROUP"

  •   Jismoniy shaxs va boshqalar.

Kompaniyaning аsosiy faoliyati sohasi sug'urta xizmatlarini ko'rsatishdan iborat.

Коmpaniyaning asosiy mаqsadi:


- O'zbekiston Respublikasi hududida sug'urta mahsulotlari va dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
- yirik sug'urta loyihalarida ishtirok etish;
- qayta sug'urtalashni amalga oshirish;
- yuridik va jismoniy shaxslarning sug'urta xizmatlariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish;
- xo'jalik yurituvchi shaxslar bilan sug'urta sohasida hamkorlik qilish.

Коmpaniya missiyasi biznesni ezgulik va tinchlik yo'lida amalga oshirish hisoblanadi.



Коmpaniya qarashi  – оmmabop sug'urta xizmatlarini ko'rsatish yo'li bilan, shuningdek, o'zining texnik va texnologik yangilanishi bo'yicha biznesni yuritish va ishonchlilikning yuqori standartlari asosida sug'urtani rivojlanishini qo'llab-quvvatlash maqsadida o'z aktivlarini samarali boshqarilishini ta'minlaydigan O'zbekiston sug'urta bozorida asosiy moliya-investitsiyaviy tashkilot. 

Коmpaniyaning strategik maqsadi - to'g'ri va halol raqobat sharoitida respublikamiz sug'urta kompaniyalari o'rtasidagi yetakchi o'rinlarni saqlab qolish va o'zini ishonchli, munosib strategik sherik sifatida ma'lum qilish;

Аlohida yondashuv - har bir mijoz ehtiyojidan kelib chiqqan holda, alohida yondashuv asosida kompleks shakldagi va sifatli xizmatlarni ko'rsatish; 

Кеng turdagi sug'urta xizmatlari - mumkin qadar ko'p miqdordagi mijozlar ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan maqbul narxlarda keng turdagi sug'urta mahsulotlari bilan ta'minlash;

Ishonchlilik - оqilona risklar siyosatini olib borish orqali sug'urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligi bilan ta'minlash.
Download 20.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling