Kreditga layoqatlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari
Risklar tahlili. Kreditga layoqatlikni baholashda nazoratning
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
7-MAVZU-конвертирован
Risklar tahlili. Kreditga layoqatlikni baholashda nazoratning
davomiyligi.
Kredit risklari bilan bog‘liq muammolar, shuningdek risklarini boshqarish zaruriyati bozor iqtisodiyotining chuqurlashuvi va xalqaro iqtisodiyotning globallashuv sharoitida muhim masalalardan biriga hisoblanadi.
Kredit risklari xususida gap ketganda, asosiy e’tiborni ushbu risklarning tabiatiga, mohiyatiga, kelib chiqish sabablari va ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlariga qaratish lozim.
Xalqaro bank amaliyotida risklar bilan bog‘liq munosabatlar asosan aktiv operatsiyalar jarayonida ro‘y beradi. Tijorat banklarining riskga bog‘liq bo‘lgan asosiy aktiv operatsiyalari sifatida kredit va investitsiya operatsiyalarini keltirish mumkin.
Bank risklari vujudga kelishi, namoyon bo‘lishi jihatidan turli-tuman bo‘lib, ularning barchasi pul egasining kredit sifatida yo‘naltirgan qiymatining va unga to‘lanadigan foiz to‘lovlarining to‘lig‘icha qaytib kelmasligi bilan izohlanadi.
Kredit xatari yoki qarzni qaytarmaslik xavfi kreditorning kredit kelishuviga asosan kreditni o‘z vaqtida qaytarilishiga va kredit shartlarini bajara olishiga ishonchsizligidan kelib chiqadi. Kredit riski bank faoliyatida uchraydigan risklarning eng yirigidir. SHuning uchun tijorat banklari kredit siyosatida bu jarayonga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Olingan kreditni o‘z vaqtida qaytarilishi va kredit shartlarini bajara olishiga ishonchsizligining ko‘rinishlari sifatida kreditlarni to‘liq qaytarmaslik, qisman qartarmaslik (bu holat ko‘pincha olingan kreditlarning foizlari va komission to‘lovlarida tegishli bo‘ladi) yoki muddatning kechiktirishlari nazarda tutiladi.
Kredit riski qarz oluvchining kredit shartnomosi shartlariga muvofiq to‘lashi lozim bo‘lgan majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lay olmasligi xav xatarlarini xarakterlaydi.
Banklarning risklarini yo‘qotishning eng maqbul echimiga qarzdorlarning kredit qobiliyati, moliyaviy barqarorligini doimiy monitoring qilish orqaligini erishiladi.Bunda likvidlilik va mustaqillik (avtonomiya) risklariga alohida e’tibor qaratiladi.
Kredit riski kredit oluvchining qarzdorlikni so‘ndirishi yuzasidan imkoniyatsizligi, pul oqimini to‘g‘ri shakllantira olmasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, rahbar va korxona egalarining ishchanlik reputatsiyasining pastligi yoki kriminal xissiyotlarining ustunligi bilan yuzaga keladi.
SHu bilan birga davlat organlari va ayrim shaxslarninng bosimi tufayli ham ushbu risklarga boriladi.
Kredit rislarining yuqoriligiga xodimlar malakasining pastligi, jamoadagi ijtimoiy keskinlik, poraxo‘rlik holatlari ham kuchli tasir etadi.
Kredit risklarini baholash birinchi navbatda potensial qarz oluvchilar bilan tanishuvdan boshlanadi. Bunda mijozning reputatsiyasi, tadbirkorlik, ishlab chiqarish, marketing va moliyaviy boshqaruvdagi kobilyatiga baho beriladi. Kredit taklifining qanchalik yaxshi tayyorganligi, uning iktisodiy, ijtimoiy, ekologik
287 jixatdan qanchalik maqsadga muvofiq ekanligi, kreditning maqsadligi va uning bank, qarz oluvchi, alohida ijtimoiy qatlamlar, tarmoq, xudud uchun ahamiyatli ekanligiga muhim e’tibor qaratish zarur. Ijobiy baholash kredit mahsulotlari yuzasidan muhim qarorlar qabul qilishning o‘tish imkonini beradi. Bu jarayon bevosita mijozning kreditga layoqatligini, moliyaviy ahvolini va pul mablag‘lari xarakatini baholashga imkon beradi. YAkuniy jarayon albatta kredit shartnomasini rasmiylashtirish jarayoni hisoblanadi.
Risklarni boshqarishning muhim yo‘nalishi sifatida to‘ovlar grafigni shakllkantirish va uning doimiy monitoringini tashkil etish hisoblanadi. Bu jarayon tezkor kredit monitoringini olib borishni nazarda tutadi. Uning asosiy maqsadi muammoli kreditlarni aniqlash va ularni undirish choralarini ko‘rishga qaratilgan.
Olingan kreditlarni muddatida to‘lamaslik, kechiktirish juda ko‘p kuzatiladigan xolatlar hisoblanadi. Uning muhim sabablari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: debitorlik majburiyatlarining tushib ketishi; likvidlik koeffitsentining pastligi; sotish xajmining tushib ketishi; operatsion faoliyat zarari; zaxiralarning ortiqcha jamg‘arilishi va ushlab turilishi; muhim mijozlarni yo‘qotishi, qarz oluvchining biznes sheriklari extiyotkorligi, rahbarlarning bank bilan aloqa qilishdan qochishi, ularning talab qilingan axbaortlarni berishdan bosh tortishi yoki kechiktirishlari vah.k.
Risklarni zararsizlantirishning ichki omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: mijozning kreditga layoqatligini baholash (profilaktika amallari, risklarni oldini olish; qarzning xajmiga va potensial tavakkalchilik darajasiga qarab qarz qarorini olish vakolatini chegaralash;loyixani birgalikda moliyalashtirish, qisman
qarzdorning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalash; korxona boshqaruvi va menejmentida muammoli kreditlar bilan ishlashning mavjudligi; shartnomada
kelishilgan majburiyatlarning ximoyalanganligi (axborot taminoti, taminot, jarimalar, foizlar to‘lovi); ichki bo‘g‘inlar ish faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi (iqtisodiy tahlil bo‘limi, xavfsizlik bo‘limi va h.k.); xuquqiy javobgarlikni qo‘llash xolatlari va h.k.
Kredit riskining (minimal oqibatlari, zararlar) kamaytirishga qaratilgan xarakatlarga: kredit portfelini diversifikatsiyalash; alternativ pul oqimlarini shakllantirish; bitta mijozga beriladigan kreditlarning aniq miqdorini cheklash; diskontlangan ssudalarni berish; qarz majburiyatlarin uchinchi shaxsga chegirmalar bilan sotishni kiritish mumkin.
Korxonalarning kreditga layoqatligini o‘stirishning amaliy chora tadbirlari, ularning moliyaviy holatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va natijalardan kelib chiqib belgilanadi. YA’ni, to‘lovga qobil korxonalarda belgilanadigan chora tadbirlar, to‘lovga noqobil, moliyaviy nobarqaror korxonalarda belgilanadigan
chora tadbirlar keskin farq qiladi. Ulardan biri moliyaviy barqarorlikni saqlab qolishga harakat qilsa, ikkinchisi muammoni hal etish va yashab qolish harakatiga tushadi.
To‘lovga noqobiillik yoki kreditga layoqatlikni o‘stirishni muhim tadbirlariga quyidagilar kiradi.
288 Korxonalar aktivlari va passivlarini joylashtirishni qayta ko‘rib chiqish. Uning mazmunini qanday tushunish mumkin?
Korxonalarda likvid mablag‘larining aylanuvchanligini tezlashtirish maqsadida ortiqcha aylanma aktivlarni hisobdan chiqarish, asosiy va nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish zaruriyatidan ortig‘ini aylanma mablag‘lar qatoriga olish (ularni sotish, bo‘zish, hisobdan chiqarish va boshqa yo‘llar bilan), debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini so‘ndirish (yo‘l qo‘yilgan tartiblarda), qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni maqsadli joylashtirish.
To‘lov mablag‘lari va to‘lov majburiyatlari orasidagi nisbatdagi manfiy o‘zgaruvchanlik sababini moliyaviy holatdagi tanglikdan emas, balki, ishlab chiqarish va boshqaruvning quyi bo‘g‘inlaridan izlash lozim. YA’ni, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishni yaxshi yo‘lga qo‘yilmasligi, ishlab chiqarish harajatlarini oshib ketishi, narx belgilash siyosatining to‘g‘ri yuritilmasligi va boshqalar.
To‘lovga noqobillik sharoitida mablag‘lar etishmovchiligini hal etish yuzasidan avvalo, ichki imkoniyatlarni aniqlab olish va ularni ishga solish lozim. Noqobillik sharoitida boshqa bir sub’ektdan qarz so‘rash va uning ishonchini oqlashni iqtisodiy imkoniyati bo‘lmaydi.
Korxonalar noishlab chiqarish bo‘g‘inlari, uning balansida turuvchi faoliyatning boshqa ob’ektlarini harajatlarini kamaytirish, to‘xtatish yoki o‘z o‘zini mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tkazish lozim.
Korxonalarni pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining aylanishida qat’iy rejalarni belgilash va unga doimiy amal etish lozim. SHuningdek, pul mablag‘larini qarz majburiyatlariga ishlatishini aniq rejasini to‘zib olish zarur.
Mablag‘lar aylanuvchanligini tezlashtirishning imkoniyatlarini oshirish yuzasidan hisob-kitoblarning bekor qilingan, to‘xtatilgan, shuningdek zamonaviy shakllariga keng yo‘ ochish lozim.
Korxonalarning kreditga layoqatligini ta’minlash va uni o‘stirishda albatta ularning investitsion aktivligiga ham ahamiyat berish lozim. Investitsion aktivlik bu qarz olish va uni qaytarishdan keskin farq etadi.
Korxonalarda kreditga layoqatlikni baholashni asosiy jihatlaridan biri o‘z oborot mablag‘lari naqdligiga qaratilganligi bois ularni manblashni uz mablag‘lari manbasi bilan bog‘liq bo‘lgan qatorlarini oborot aktivlari normativlaridan kelib
chiqqan holda baholash lozim. Bunda oborot aktivlarning ortiqchaligi manbalashdagi holatni bo‘zib ko‘rsatishga olib keladi. Kam xollarda hollarda esa suniy ravishda oshib ketishiga olib keladi. Korxonalar kreditga layoqatligini ustirishning muhim chora tadbirlaridan biri bu bevosita hisob kitoblardagi majburiyatlarni ichki va tashqi majburiyatlarga tarkiblash orqali baholash amaliyotiga o‘tishdir. Korxona majburiyatlari qatoridan ichki majburiyatlarni chegirish ushbu harajatlarni yo‘q qilmaydi. Lekin to‘lovga qobillikni oshirishda sezilarli siljishga imkon beradi.
289 |
ma'muriyatiga murojaat qiling