Kreditga layoqatlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari
Kreditga layoqatlikning tavsifi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
7-MAVZU-конвертирован
Kreditga layoqatlikning tavsifi
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarini rivojlanishida kredit munosabatlari va to‘lov qobiliyatini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Banklar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligini baholash orqali risklarni kamaytirishga, kredit resurslarini oqilona joylashtirish orqali o‘z daromadlarini oshirishga, moliyaviy barqarorligini mustaxkamlashga erishadilar.
Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini ikki tomonlama ko‘rib chiqish lozim: 1.Qarz oluvchi nuqtai nazaridan kreditga layoqatlilik darajasi - kredit shartnomasini tuzish imkoniyati, olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytara olish qobiliyati bilan baholanadi.
beriladigan kreditning hajmini to‘g‘ri aniqlay olish ma’suliyati inobatga olinadi34.
Ma’lumki, iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining, banklar faoliyatining tijoratlashuvi yuzaga keladi. Bu esa tamonlarning qaysi mulk shakliga asoslangan bo‘lishiga qaramasdan iqtisodiy jihatdan to‘liq mustaqil bo‘lib, o‘z xarajatlarini daromadlari bilan qoplashnishini talab etadi. Faoliyatning moliyaviy mablag‘larga tayanishi oqibatida korxonalar faoliyatini rivojlantirishning ichki imokniyatlari doimo ham etarli bo‘lmaydi. SHu sababli sub’ektlar ko‘pincha qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj sezadilar va bu ehtiyojlar bank kreditlari hisobidan qoplanishi mumkin. Bank kreditlari nafaqat korxona va tashkilotlarni moliyaviy taminlashi manbasi balki ularni maqsadli, muddatli, taminlangan holda joylashtirish orqali o‘zining faoliyat davomiyligini ham taminlab berishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Tijorat banklari faoliyatida qo‘ygan maqsadga erishish va bergan kreditlarining samara bilan bankka qaytib kelishini ta’minlashi uchun mijozning moliyaviy holatini uning kreditni o‘z vaqtida qaytara olishi imkoniyatlarini tekshirib ko‘rishi lozim.
Kreditga layoqatlikni baholashda banklar nafaqat mijozning o‘tgan davr ma’lumotlariga baho berishi, shu bilan birga uning kelajakdagi moliyaviy ahvolini ham bashoratlashi zarur. Moliyaviy barqarorlikni va kredit operatsiyalaridagi risk hisobini ob’ektiv baholash, bankka kredit resurslarini samarali boshqarish hamda foyda olish imkonini beradi.
34 Ш.З.Абдуллаева “Банк рисклари шароитида тижорат банкларининг кредит портфелини диверсификациялаш” Автореф. дисс. ... и.ф.д. – Тошкент. 2000. 239-240 б;
257 Iqtisodiyot tarmoqlarini liberallashtirish muhim vazifa sifatida qabul qilinishi korxonalarning to‘lov qobiliyati va barqarorligini aniqlashda chet el tajribasiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritish zaruratini tug‘dirmoqda. Bunda buxgalteriya balansining yangi tahlilini yuritish asosiy o‘rinni egallaydi. Balansdagi aktiv va passivlarni qabul qilingan moddalar bo‘yicha guruhlashtirilishi, to‘lov qobiliyati va kreditga layoqatlilikni etarli darajada chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi.
Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling