Kreditga layoqatlilik tahlili musurmonova charos


Download 292.35 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi292.35 Kb.
#1248801
Bog'liq
Kreditga layoqatlilik tahlili


Kreditga layoqatlilik tahlili
MUSURMONOVA CHAROS
Korxonalar iqtisodiy faoliyatida albatta, qarz kapitaliga zaruriyat sezadilar. Negaki, biznesni dastlabki qadamiga tadbirkorlarda doimo ham mablag‘ yetarlicha bo‘lmaydi. Iqtisodi rivojlangan davlatlarning biznes hayotini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, faoliyatni, biznesni 90 foizi qarz kapitali hisobiga yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, korxonalar doimo aniq biznes loyihalari, rejalari asosida qarz kapitali jalb qiladilar va uni ishlatishdan naf ko‘radilar. Korxonalarni kreditga layoqatliligini baholashni tasdiqlangan me’yoriy dalolatnomalari va nizomlariga tayangan holda har bitta biznes subyektini kreditni, qarzni qaytarib berish layoqati o‘rganilmog‘i lozim.
Bu mezonlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, Iqtisodiyot 379 Vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash Qo‘mitasi va tegishli Vazirliklar tomonidan tuzib chiqiladi. Uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlarning tarkiblanishi qarz munosabatlarini rasmiy jihatlariga ta’sir etmaydi. Ya’ni har ikkala holatda ham moliyaviy holat tahlili bo‘yicha bir xildagi zaruriy amallar, analitik tadbirlar amalga oshiriladi.
Odatda muddatliligi bo‘yicha kreditlar va qarzlar uzoq, o‘rta va qisqa muddatga tarkiblanishi belgilangan. Lekin hisob amaliyotida ularni uzoq va qisqa muddatli guruhga tarkiblash amaliyoti joriy etilgan
Uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlarning tarkiblanishi qarz munosabatlarini rasmiy jihatlariga ta’sir etmaydi. Ya’ni har ikkala holatda ham moliyaviy holat tahlili bo‘yicha bir xildagi zaruriy amallar, analitik tadbirlar amalga oshiriladi. Odatda muddatliligi bo‘yicha kreditlar va qarzlar uzoq, o‘rta va qisqa muddatga tarkiblanishi belgilangan. Lekin hisob amaliyotida ularni uzoq va qisqa muddatli guruhga tarkiblash amaliyoti joriy etilgan.
Uzoq muddatli kreditlar – uzoq muddatli aktivlarni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo‘yilmalar, o‘rnatiladigan asbobuskunalar yuzasidan, ularni sotib olish, qurish, ta’mirlash, ilmiy yangiliklar kiritish kabi yo‘nalishlarda) moliyalashtirish yuzasidan bir yildan ortiq muddatga beriladi.
Qisqa muddatli kreditlar – joriy, aylanma aktivlarni to‘ldirishga, savdo hajmini oshirishga va boshqa maqsadlarga bir yilgacha muddatga beriladi. Korxonalarda uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb etishda, aniq va puxta ishlangan biznes rejaga va investitsion loyihalarga e’tiborni qaratishi lozim. Lekin ungacha albatta, ushbu korxonaning, moliyaviy ahvoli o‘rganilmog‘i lozim. Kredit resurslarini jalb etishda risklarni baholash masalasiga ham alohida ahamiyat qaratish zarur. Afsuski, bu borada amaliyotda tahliliy yechimlarning aniq metodologik jihatlari belgilanmagan. Kredit arizasi bergan korxonaning moliyaviy tahlilida muhim obyekt sifatida birinchi navbatda uning to‘lov layoqati, qoplov koeffitsiyenti baholanadi.
Kreditga layoqatlilik tahlilining maqsadi – korxonalarning kredit, qarz mablag‘larini jalb etishi yuzasidan ularning moliyaviy holati va natijalarini tahlil etish orqali pul mablag‘larini ko‘paytirish imkoniyatlarini retrospektiv tahlilini amalga oshirishdan iborat.
Korxonalarning kreditga layoqatligini baholashda tahlil oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
 korxonalarning kreditga layoqatliligini davriy oraliqlar bo‘yicha o‘rganish;
 korxonalarning moliyaviy barqarorligi, aktivlar va kapital foydaliligini baholash;
 mablag‘larni joylashinuvidagi holat, ularning aylanuvchanligini baholash;
 muddati o‘tgan majburiyatlarning holati, korxonalarning moliyaviy mustaqillik darajasidagi o‘zgarishlar, sotish hajmidagi o‘sish, likvid mablag‘larning holati kabi qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga baho berish. Kreditga layoqatlilikni tahlil etishning darajasi va sifati axborot manbalarining to‘liqligiga va ularning atroflicha o‘rganilishiga bog‘liq. Shu sababli tahlil etishda o‘rganiladigan axborotlarni tarkiblash va ularni tizimlashtirish muhim masala hisoblanadi. Quyida, korxonalar kreditga layoqatliligini baholash, tahlil etishning axborot manbalari va ularga qo‘yilgan talablarni keltirib o‘tamiz
Ma’lumki, iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarining, banklar faoliyatining tijoratlashuvi yuzaga keladi. Bu esa tomonlarning qaysi mulk shakliga asoslangan bo‘lishiga qaramasdan iqtisodiy jihatdan to‘liq mustaqil bo‘lib, o‘z xarajatlarini daromadlari bilan qoplashnishini talab etadi. Faoliyatning moliyaviy mablag‘larga tayanishi oqibatida korxonalar faoliyatini rivojlantirishning ichki imkoniyatlari doimo ham yetarli bo‘lmaydi. Shu sababli subyektlar ko‘pincha qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj sezadilar va bu ehtiyojlar bank kreditlari hisobidan qoplanishi mumkin.
Bank kreditlari nafaqat korxona va tashkilotlarni moliyaviy ta’minlash manbasi balki ularni maqsadli, muddatli, ta’minlangan holda joylashtirish orqali o‘zining faoliyat davomiyligini ham ta’minlab berishning zaruriy sharti hisoblanadi. Tijorat banklari faoliyatida qo‘yilgan maqsadga erishish va bergan kreditlarining samara bilan bankka qaytib kelishini ta’minlashi uchun mijozning moliyaviy holatini uning kreditni o‘z vaqtida qaytara olishi imkoniyatlarini tekshirib ko‘rishi lozim
Kreditga layoqatlilikning tavsifi
Bank va korxonalar faoliyatida kreditga layoqatlilikni baholash uslubiyotini shakllantirishda mezonlarga tayaniladi. Ushbu mezonlar korxonalarning kreditga layoqatliligini to‘liq baholash imkoniyatini ochib berish zarur. Jahonda va mamlakatimiz amaliyotida kreditga layoqatlilikni baholashda quyidagi mezonlarga tayaniladi. mijozning xarakteri (fe’l-atvori);
mijozning qarz olish qobiliyati;
olingan qarzni uzish yuzasidan mablag‘lar ishlab topishga qobilligi;
mijozning kapitali;
kreditning ta’minlanganligi;
kredit operatsiyalarini amalga oshirish chog‘idagi shart
sharoitlar;
mijoz faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi.
Korxonalarning kreditga layoqatliligi tahlilining uslubiy asoslari korxona va bank nuqtayi nazaridan alohida belgilanishi, yo‘lga qo‘yilishi va yuritilishi lozim.
Kreditga layoqatlilikni baholash va tahlil qilishning asosiy usullari
Korxonalarning kreditga layoqatliligini o‘rganishda har bir tijorat banki tomonidan ishlab chiqiladigan kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi (kredit siyosati) uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi (kredit siyosati)da korxonalarning kreditga layoqatliligini o‘rganishda uslubiy asos sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarining kreditni to‘lash qobiliyatini hisoblash uslubiyoti va tavakkalchilikni baholash tizimi ko‘rsatib berilgan.
Har bitta bankning kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra xo‘jalik subyektlarining kreditni to‘lash qobiliyatini hisoblash uslubiyoti va tavakkalchilikni baholash tizimi (Skoring tahlil tizimi) bir-biridan farq qiladi.
Xo‘jalik subyektlarining kreditni to‘lash qobiliyatini hisoblash uslubiyoti va tavakkalchilikni baholash tizimida kreditga layoqatlilik – bu xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holatini, ularning krediti o‘z vaqtida va to‘la qaytirish qobiliyatini baholash deb ta’rif berilgan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!


Download 292.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling