6-mavzu. Harakatli o`yinlarni darsni asosiy qismiga mos holda o`tkazish metodikasi.
Harakatli o`yinlarni bolalarni yoshiga mos holda tanlash va o`tkazish, ya'ni umumta'lim maktab, akadеmik litsеy va kasb-hunar maktablari o`quvchilarning yosh xususiyatlarini va jinsini hisobga olgan holda katta, o`rta va kichik mе'yordagi harakatlarga taalluqli o`yinlar mazmuni, tavsifi, tahlil qilish va o`tkazish mеtodlari. O`yinni o`tkazish joylarini tanlash, tashkil qilish va shart-sharoitlarini tayyorlash hamda o`yinga yordamchilar tayinlash bo`yicha nazariy ma'lumotlar bеrish. Kichik, o`rta va katta maktab yoshidagi o`quvchilarga o`tkaziladigan harakatli o`yinlar haqida nazariy ma'lumotlarga ega qilish.
Harakatli o`yinlarda yuklamani tartibga solish usullari, o`yinni davom etish vaqti, o`yinni tugashi, o`yin natijalarini aniqlash va yakunlash haqida nazariy ma'lumotlarga ega qilish.
7-mavzu. Milliy harakatli o`yinlarning jismoniy sifatlarni oshirishdagi tutgan o`rni.
Milliy harakatli o‘yinlardagi aqliy, ruxiy, nafosat, ma'naviyat imkoniyatlarini fahmlagan holda, o‘yin vaqtida bolaning fe’l-atvorini tezroq bilib olish, uning salbiy va ijobiy sifatlarini osonroq aniqlash, bema’ni qiliqlarini bartaraf etish mumkin degan didaktik xulosaga kelinadi. Tasavvur ta'limotida insonni komillik darajasiga yetkazish muhim o‘rinni egallagan, shaxsning ma'naviy qiyofasini belgilab beruvchi sifatlar va fazilatlar asoslab berilgan. Unda insonparvarlik, odamiylik, mehr-shavqatlilik, sahovat, sadoqat, muhabbat kabi ma'naviy-axloqiy g‘oyalar mujassamlashganligi haqida nazariy ma'lumotlarga ega qilish.
8-mavzu. Milliy harakatli o`yinlarning tavsifi va ularni o`tkazish usullari.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab dasturida barcha sinflarda jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinalrni qanday tartib o‘tkazish kerakligi haqida ma’lumot beriladi. Darsda harakatli o‘yinlarni boshqa jismoniy tarbiya vositalari – gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, kroos tayyorgarligi bilan birga qo‘shib olib borilishi to`g`risida nazariy ma’lumotga ega qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |