Kreditlar (bahk stavkalari)


Download 29.28 Kb.
bet1/2
Sana06.11.2023
Hajmi29.28 Kb.
#1751998
  1   2
Bog'liq
7.2-mavzu biz


Mavzu:”Kreditlar (bahk stavkalari)”qiyosiy jadvalini to’ldirish.Imtiyozlar,Afzalliklar.
Reja:
A) Mijozning kredit olish layoqatini baholash.
B) Kredit ta’minoti.Imtiyozlar.afzalliklar.


Kreditga layoqatlilik – bu mijozning moliyaviy faoliyatiga har tomonlama berilgan baho bo‘lib, u qarz oluvchining so‘ralayotgan kreditni (asosiy qarz summasi va u bo‘yicha foizlarni) o‘z vaqtida qaytarish va boshqa qarz majburiyatlarini to‘lay olish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Siz kredit olish maqsadida tegishli hujjatlarni bankka taqdim etganingizdan so‘ng bank 
kredit olish layoqatingizni baholab ko‘radi.Chunki mijozga kredit berish mumkinligi va uning miqdorini to‘g‘ri aniqlash bank kreditining qaytarilishiga imkon yaratadi.Mijozning kredit olish layoqatini baholash har bir bank tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan mezonlar
va usullar asosida amalga oshiriladi.Eng avvalo, bank sizning muayyan davrda barcha to‘lovlarni amalga oshirgandan keyingi qoladigan pulingizni quyidagi formula orqali aniq-
laydi:

SD = OD – DS
bu yerda:
SDsof daromad;
OD– olingan daromad;
DS– doimiy sarflar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik subyektlarining, banklar faoliyatining tijoratlashuvi yuzaga keladi. Keyingi yillarda turli xil mulkchilik shakliga asoslangan korxonalar tashkil topdi. Bu korxonalar qaysi mulkchilik shakliga asos langan bo‘lishiga qaramasdan, iqtisodiy jihatdan to‘liq mustaqil bo‘lib, o‘z xarajatlarini o‘z daromadlaridan qoplaydilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtis odiy jihatdan mustaq il bo‘lgan korx onalarda qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj yuzaga keladi va bu ehtiyoj zarur bo‘lganda bank kreditlari hisobidan qoplanishi mumkin. Shu sababli, bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit va uning muhim elementlaridan biri kre ditga layoqatlilikni baholashning o‘rni va roli muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki banklar ham bozor munosabatlarin ing mustaqil subyektlaridan bo‘lib, iqtisodiy jihatdan fao liyat natijalari uchun o‘zlari javobgar hisoblanadilar. Biz oldingi paragraflarda ta’kidlaganimizdek, banklar ning maqsadi ham korxonalarnikiga o‘xshash bo‘lib, ular o‘z xarajatlarini o‘z daromadlari hisobidan qoplab, yuqori foyda olishga intiladilar. Banklarning foyda bilan ishlashi ularning yanada keng tarmoqli faoliyat olib borishiga, mijozlarga ko‘rsatadigan xizmat turlari va sifatini kengaytirishga, ustav kapitalini oshirishga, bank xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga, ko‘proq mablag‘ ajratishga, o‘z aksiyadorlariga ko‘proq dividendlar to‘lashning va bularning barchasi bankka bo‘lgan ishonchning yanada oshishiga imkoniyat yaratadi. Tijorat banklari faoliyatida qo‘yilgan maqsadga erishish va bergan kreditlarining samara bilan bankka qaytib kelishini ta’minlash uchun mijozning moliyaviy holatini, uning kreditni o‘z vaqtida qaytara olish imkoniyatlarini tekshirib ko‘rish lozim.Kreditlash jarayoni turli xildagi tavakkalchilik omillari bilan bog‘liq bo‘lib, kreditga layoqatlilik kreditni o‘z vaqtida to‘lashni o‘zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun bank ssuda berayotganda kreditga layoqatlilikni o‘rganishi, ya’ni qarz oluvchining moliyaviy holatini hamda, uning kreditni o‘z vaqtida to‘liq qaytarib berish qobiliyatini baholashni o‘ziga shart deb biladi. Kreditga la yoqatlilikni tahlil qilishning maqsadi qarz oluvchining majburiyatini o‘z vaqtida va to‘liq qaytarib berish qobiliyatini aniqlashdan iborat. Shu bois bank o‘ziga olishga tayyor bo‘lgan tavakkalchilik darajasi u taqdim etayotgan kredit hajmi va kredit berish shartlarining qay darajada bajarilishiga bog‘liq.Bank nafaqat mijozning ma’lum kunlardagi to‘lov qobiliyatini baholashi, shu bilan birga uning kelajakdagi moliyaviy barqarorligini ham belgilashi zarur. Moliyaviy barqarorlikni va kredit operatsiyalaridagi tavakkalchilik hisobini obyektiv baholash, bankka kredit resurslarini samarali boshqarish hamda foyda olish imkonini beradi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi korxonalarning to‘lov qobiliyati va barqarorligini aniqlashda chet el tajribasiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritish zaruratini tug‘dirdi, bunda buxgalteriya balansining yangi tahlilini yuritish asosiy o‘rinni egallaydi. Balansdagi aktiv va passivlarni qabul qilingan moddalar bo‘yicha guruhlashtirilishi, to‘lov qobiliyati va kreditga layoqatlilikni yetarli darajada chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi.Bank risklarini kamaytirish va uning daromadini oshirishda kredit jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, mijozning kreditga layoqatliligini aniqlash muhim o‘rin tutadi. Bu jarayon bank tavakkalchiligini oldini olishning ilk bosqichi hisoblanadi.Qarz oluvchining kreditga layoqatliligini o‘rganish va kredit berilgandan keyin kredit monitoringini muntazam olib borish bank tavakkalchiligini kamaytirish va uning daromadini oshirishning navbatdagi bosqichlaridan biri hisoblanadi.

Download 29.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling