Kreditlash Jarayonlari Va Ularning Bosqichlari Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism
Download 74.14 Kb.
|
KREDITLASH JARAYONLARI VA ULARNING BOSQICHLARI
III.Xulosa
O'zbekiston Respublikasida kredit siyosatining moliya bozoriga ta'sirini taxlil etish jarayonida quyidagi ilmiy xulosalar olindi: 1. Monetar siyosatning quyidagi vositalari orqali naqd pul emissiya qilish; tijorat banklarining markaziy bankda saqlanadigan majburiy zaxiralari miqdorini kamaytirish; markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasini tushirish; ochiq bozorda davlat g'azna majburiyatlari miqdorini o'zgartirish orqali pul massasi oshirilib boriladi; 2. Investitsiya siyosati orqali milliy va xorijiy investorlarga qulay shartsharoitlar yaratish hisobiga iqtisodiyotga ko'shimcha mablag'lar jalb etilib pul massasi miqdori oshiriladi, moliya bozoridagi operatsiyalar hajmi ortadi; 3. Faol tashqi iqtisodiy siyosat orqali eksportning importdan ortiq bo'lishi ta'minlangan holda, oltin-valyuta zaxiralari ortishi asosida Markaziy bankning valyuta bozoriga ta'sir etish qobiliyati kuchayib boradi. 4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida markaziy banklarning pulkredit siyosatida yuz bergan quyidagi muhim o'zgarishlar aniqlandi: – markaziy banklar tomonidan tijorat banklariga beriladigan markazlashgan kreditlarning muddati uzaytirildi va hajmi oshirildi; – markaziy banklarning qayta moliyalash stavkasi pasaytirib borildi; – markaziy banklar ochiq bozor operatsiyalarining ob'ektlari va lombard kreditlari garov ta'minotining soni oshirildi; – qator o'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida markaziy banklar tomonidan bank tizimini shakllantiruvchi etakchi tijorat banklariga subordinar kreditlar berish amaliyoti joriy qilindi. 5. Milliy valyuta devalvatsiya jarayonining davom etishi milliy valyutada emissiya qilingan qimmatli qog'ozlarga jalb etilgan xorijiy invsstitsiyalar real qiymatining pasayishiga olib keladi va qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. 6. Qimmatli qogozlar bozorining rivojlanishi mamlakatdagi pul massasining ortib borishi bilan to'g'ri mutanosiblikda bo'ladi. Iqtisodiyotdagi ortiqcha pul massasining mavjudligi uni iste'mol va jamg'arishdan ortgan kisminn moliya bozorlariga yo'naltirishni ta'minlaydi. Shu jumladan, ortiqcha pulning mavjudlign esa, portfel investitsiyalar ko'payishiga turtki bo'ladi. 7. Davlat o'zining makroiqgisodiy siyosati orqali pul massasini o'zgartirib turadi va quyidagi dastaklar yordamida qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishiga ta'sir etadi: 8. Inflyatsiya darajasi, tijorat banklarining markaziy bankda saqlanuvchi majburiy zaxira normalari, qayta moliyalashtirish stavkalarining ortishn qimmatli qog'ozlar bozorining o'sish sur'atlariga teskari mutanosiblikda bo'ladi. Inflyatsiya darajasiniig yukori bo'lishi, qayta moliyalashtirish stavkasi va unda saqlanuvchi tijorat banklarining majburiy zaxiira normalarining yuqori bo'lishi qimmatli qog'ozlar bozori aylanmasi mablag'larining o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliya bozoriga ta'siri samaradorligini oshirish va mamlakatimiz moliya bozori barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida Markaziy bankning valyuta siyosati doirasida tijorat banklariga garovli ssudalar berish va valyutaviy svop operatsiyalaridan doimiy tarzda foydalanish orqali pul-kredit siyosati ta'sirchanligini oshirish zarur, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari berish amaliyotini rivojlantirish orqali qayta moliyalash siyosati samaradorligini oshirish lozim. Yuqori kredit reytingiga (kamida VVV) ega bo'lgan korxonalarning aktsiya va obligatsiyalarini Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarining ob'ektiga aylantirish yo'li bilan uning ochiq bozor siyosati orqali muomaladagi pul massasiga ta'siri darajasini oshirish zarur. Download 74.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling