Kreditlash jarayonlari va ularning bosqichlari


-jismoniy shaxslarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan shaxslar beriladigan qisqa muddatli ssudalar


Download 452.44 Kb.
bet4/10
Sana07.03.2023
Hajmi452.44 Kb.
#1247427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kreditlash jarayonlari va ularning bosqichlari-fayllar.org

12500-jismoniy shaxslarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan shaxslar beriladigan qisqa muddatli ssudalar

12100-davlat korxonalariga berilggan qisqa muddatli ssudalar.

12900-qo‘shma korxonalarga berilgan qisqa muddatli ssudalar.

13100-xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa muddatli ssudalar.

Bu asosiy hisobvaraqlarning debet tomonida tegishli bank korxona, tashkilot, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, kredit tomonida ularning qaytarilishi aks etadi.

  • Agar xarid qilingan tovarning haqini darxol to‘lash lozim bo‘lsayu, lekin buning uchun firmaning o‘z mablag‘i etmasa, bunday hollarda firmada bir martalik qarz mablag‘lariga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu ehtiyojni qondirish uchun “kredit liniyasi ochilmagan” ssuda hisob varag‘idan foydalaniladi. Bunday hisob varaqdan kredit berish bir marta ssuda berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday ssudaning har biri bo‘yicha bank alohida qaror qabul qiladi.

Ssuda berayotganda quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi.



Debet
13101 Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa muddatli ssudalar.


Kredit
10301 Bankning vakillik hisob varag‘i yoki mahsulot sotuvchi korxona hisobvarag‘i.


Kredit shartnomasi bajarilishi ustidan nazorat va ko‘riladigan choralar. Kreditlash jarayonini tashkil qilish va unda kredit risklarini boshqarish.

Bank har chorakda mijozning kredit qobiliyatini hisoblab chiqib qarz oluvchi bo‘yicha tutilgan maxsus yig‘ma - jildda bu ma’lumotlarni to‘plab boradi.

Garov to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha, bank garovga qo‘yilgan mulkni mustaqil ravishda sotishi mumkin. Garov predmeti auksion orqali sotiladi. Ayni paytda qarz oluvchi bankka garovga qo‘yilgan mulk oldindan ma’lum past narxlarda sotilishi uchun javobgarlik to‘g‘risida talab qo‘yishga haqli. Agar auksion bo‘lib o‘tmagani e’lon qilinsa, bank garovga qo‘yilgan mulkni dastlabki narxda o‘z ixtiyorida qoldirishga haqli.

Garov predmetini sotishdan oldin summa kreditini qoplash uchun etarli bulmagan hollarda, bank, agar shartnomada boshqa shart ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, etishmayotgan summani qarzdorning boshqa mulki hisobidan qonunda ko‘zda tutilgan navbatdagi tartibda olish huquqiga ega.


Download 452.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling