Kreditlash jarayonlari va ularning bosqichlari


Garov predmetini sotishdan tushgan summa qaytarilmagan kredit hajmidan ortiq bo‘lsa, bank o‘rtadagi bu tafovutni bir oy ichida qarz oluvchiga to‘lashi shart


Download 452.44 Kb.
bet5/10
Sana07.03.2023
Hajmi452.44 Kb.
#1247427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kreditlash jarayonlari va ularning bosqichlari-fayllar.org

Garov predmetini sotishdan tushgan summa qaytarilmagan kredit hajmidan ortiq bo‘lsa, bank o‘rtadagi bu tafovutni bir oy ichida qarz oluvchiga to‘lashi shart.

Kredit monitoringi va uni amalga oshirilishi



Nazoratdan farqli kredit monitoringi kreditlar holatini doimiy kuzatib borishini ko‘zda tutadi.

Kredit monitoringi kredit siyosatining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib mijozlarga berilgan kreditlarning qaytarilishini, qolaversa, banklarning asosiy daromad manbalaridan biri hamda eng riskli operatsiyasi bo‘lgan kreditlash bankning raqobatbardoshliligini, rentabelligini qisqacha ifodalaganda, bankning kelajagini ta’minlaydi.

Kredit monitoringi berilgan kreditlarni qaytarilishi va uni ta’minlash borasida qabul qilinadigan ishlovlar va chora-tadbirlar tizimidir.

Tijorat banklari tomonidan kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga oshirilishiga har tomonlama ko‘maklashishiga qaratilgan bo‘lishi lozim.

Bank qarz oluvchining kreditga layoqatliligi bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshiradi va uning ko‘rsatkichlarini qarzdorning kredit paketiga tikib boradi.

Bulardan tashqari bankka taqdim etilgan garovning holati va kreditdan samarali hamda maqsadli foydalanishi kredit shartnomasida kelishilgan shartlarga muvofiq garov ob’ekti faoliyat joyining o‘zida o‘rganiladi.

Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan muddatdan oldin undirib olish huquqiga ega.

Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq mustaqil ravishda sudga murojaat etmasdan, garov predmetini tasarruf qilish huquqiga ega.

Download 452.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling