Kreditlash tamoyillari va ularning kreditlash jarayonidagi o’rni Reja: Kirish


Download 182.5 Kb.
bet5/13
Sana21.04.2023
Hajmi182.5 Kb.
#1370176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kreditlash kurs ishi (2)

kreditlash ob’ektlarining iqtisodiy mohiyatiga qarab:

*tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar;
*ishlab chiqarish xarajatlari (mahsulotning yangi turini o‘zlashtirish).

Kreditga bo‘lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomondan qondirilishiga va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha tur va shakllarga bo‘linadi.


Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo‘llanilib kelinmoqda.

  1. Qisqa muddatli kreditlash;

  2. Uzoq muddatli kreditlash.

Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi. Bizga malumki, aylanma fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ishlab chiqarish sohalarida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar aylanishining tabiiy o‘lchovi sifatida xizmat tiladi. SHuning uchun ham bir yil qisqa va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo‘lib xizmat qiladi. Qisqa muddatli kreditlar o‘z tabiatiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. kreditlash ob’ektlarining iqtisodiy mohiyatiga qarab:

*tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar;
*ishlab chiqarish xarajatlari (mahsulotning yangi turini o‘zlashtirish, mavsumiy xarajatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni) uchun beriladigan kreditlar;
*hisob kitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkreditiv ochilganda, tayyor mahsulotni jo‘natganda va boshqa hollarda).

  1. To‘lash muddatiga qarab:

*muddatli, muddati kechiktirilgan va muddati o‘tib ketgan kreditlar.

  1. Kreditni to‘lash manbalariga qarab:

*qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan;
*garant mablag‘lar hisobidan;
*yangi kreditlar jalb qilish hisobidan.

  1. Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab:

*to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minlanganlikka ega bo‘lgan kreditlar;
*egri (biror korxona va tashkilot vositasida) ta’minlanganlikka ega bo‘lgan kreditlar;
*ta’minlanmagan kreditlar.

  1. To‘lanadigan foiz darajasiga qarab:

*o‘rtacha (normal) foiz stavkali;
*yuqori foizli;
*past foiz stavkali;
*foizsiz kreditlarga bo‘linadi.
Uzoq muddatli kreditlashda, kreditlar bir yildan ortiq muddatga beriladi. Uzoq muddatli kreditlar asosan asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va ular bilan bog‘liq sohalarni ta’minlashga ishlatiladi. Hozirgi davrda uzoq muddatli kreditlar banklar tomonidan juda kam miqdorda berilsada, ular kapital qo‘yilmalarini, loyihalarni moliyalashtirishning asosiy manbai sifatida davlatimiz iqtisodini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Uzoq muddatli kreditlar xo‘jalik tashkilotlari tomonidan quyidagi ob’ektlar uchun jalb qilinishi mumkin:

  • qayta tiklashga kapital xarajatlarni amalga oshirish uchun;

  • harakatdagi asosiy fondlarni kengaytirish va moderinizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun;

  • yangi qurilish va qo‘shimcha yuqori samarali tadbirlar bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish uchun;

  • yangi fan, ilmiy texnika sohasida tadqiqodlar olib borish va yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish uchun va boshqalar.

Kredit munosabatlarining sub’ektlari va ob’ektiga, foiz stavkasiga va kreditning harakat doirasiga qarab, kreditning quyidagi mustaqil shakllari amaliyotda qo‘llanilishi mumkin. Bular bank krediti, tijorat krediti, ist’emol krediti, davlat krediti, xalqaro kredit. Amaliyotda kreditning har bir shakli ham bir necha bo‘laklarga bo‘linishi mumkin.

Download 182.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling