Kreditning qayta taqsimlash chegarasi iqtisodiyotda mavjud kredit resurslarining hajmi bilan belgilanadi


Download 8.99 Kb.
Sana16.10.2023
Hajmi8.99 Kb.
#1704714
Bog'liq
Новый документ в формате RTF


Kredit munosabatlarining subyektlarga yoki kreditlarning turlariga nisbatan aniq ko`rsatkichlar shaklida belgilab qo`yiladigan kreditdan foydalanishning qat`iy chegarasi kreditlash chegarasi deyiladi. Masalan, kreditning hajmi va yalpi ijtimoiy mahsulot hajmi o`rtasidagi nisbatdan foydalanib kredit chegarasini belgilash mumkin. Bu ko`rsatkichning optimal darajasi korxonani kreditga layoqatligini hisobga olgan holda kreditlashdir. Bunga har xil normativlarni qo`llash, bir mijozga beriladigan kredit miqdorini cheklash kabi tadbirlarni kiritish mumkin. Kreditning quyidagi chegaralari mavjud:

Kreditning ichki chegarasi - kreditning turli shakllarga ega ekanligidan kelib chiqadi (banklar, tijorat va boshqalar). Kreditning ichki chegarasi miqdor jihatdan kreditning har bir shakliga bo`lgan talabga, korxona va xalq xo`jaligining ehtiyojiga va kredit resurslarining mavjudligiga bog`liq

Kreditning qayta taqsimlash chegarasi iqtisodiyotda mavjud kredit resurslarining hajmi bilan belgilanadi.

Kreditning antitsipatsiyaviy chegarasi. Kredit yordamida pul jamg`armalarini hosil qilish imkoniyatlarini so`ngi chegarasi antitsipatsiya deb yuritiladi va bu imkoniyat uning barcha shakllarida namoyon bo`ladi.


Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to`lash. Bu xaq qarz summasining yig`indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Foiz miqdori kreditning turi, uni to`lash muddati, olingan qarzni o`z vaqtida uzilishiga bog`liq. Masalan, tijorat kreditining foiz stavkasi odatda, bank kreditining foiz stavkasidan past bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo`jalik subyektlarini qisqa muddatli kreditlashni tashkil etish tartibi to`g`risidagi Nizomga binoan (Toshkent, 2001 y) foiz stavkasi bank bo`yicha hisobot oyi boshiga bo`lgan o`rtacha foiz stavkasiga Markaziy bank tomonidan tartibga solinadigan foyda normasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Mamalakatimizda milliy valyutada ajratilgan kreditlar bo`yicha o`rtacha yillik foiz stavkasi 2001 yilda 27,9%, 2002 yilda 32,9 %, 2003 yilda 28,1%, 2004 yilda 23,3%, 2005 yilda 18,8% va 2006 yilda 15,7% ni tashkil etgan.
Adabiyotlarda kreditning nominal va real foiz stavkalari tushunchalari mavjud. Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasi- da ko`zda tutilgan foiz stavkalari tushuniladi.
Real foiz stavkasi ═ nominal foiz stavkasi - inflyatsiya darajasi.
Bundan tashqari kreditning qat`iy belgilangan va suzib yuruvchi foiz stavkalari tushunchalari ham mavjud.
Qat`iy belgilangan foiz stavkalari kredit shartnomasi bajarilgunga qadar o`zgarmasdan qoladi. Bunda bank o`zining aktivlarini ma`lum qismini yo`qotishi mumkin. Suzib yuruvchi stavkada foiz stavkalariga tegishli o`zgarishlarni hisobga olgan holda o`zgartirishlar kiritib boriladi.
Xalqaro kreditlar bo`yicha foiz stavkalari jaxon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu York, Frankfurt-na-Mayne, Parij, Bryussel shaharlarida joylashgan.
Umuman kreditlar bo`yicha foiz stavkalari turli omillar ta`sirida o`zgarib turadi. Shunday omillarning asosiylari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:

Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi.

Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa u kamayadi.

Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi. Ko`proq naf keltirsa, foiz yuqori va aksincha.

Qarzni to`lash muddati va sharti. Qarz uzoq muddatga berilib uni asta-sekin kichik qismlar bilan qaytarilsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo`ladi va aksincha.

Qarzni qanday pul bilan berilishi. Qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa foiz yuqori va aksincha.

Inflyatsiya darajasi. Bunda foiz darajasi inflyatsiya darajasiga nisbatan to`g`ri mutanosiblikda o`zgaradi.

Pulni qarz berishdan ko`ra boshqa yo`sinda ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal ko`rish prinsipi amal qiladi. Masalan, agar aksiya bo`yicha dividend yuqori bo`lsa foiz pasayadi va aksincha.



Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa foiz past, agar uni qaytishi shubxali bo`lsa foiz yuqori bo`ladi va boshqa omillar.
Download 8.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling