Vaqt-oliy ne’mat
Download 72.62 Kb.
|
Vaqt-oliy ne’mat-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- -sa ham, -sa-da, qaramay, -gani bilan
Vaqt-oliy ne’mat Vaqt-oliy ne’mat. Insoniyat vaqt bebaho boylik ekanini qadimdan e'tirof etib, uni juda qadrlashgan. U shunchalik tez o‘tib ketadiki, o‘tganini hatto payqamay ham qolasan, kishi. E'tiborlisi, kimdir uni samarali, foydali o‘tkazish hisobiga oilasiga, do‘st-birodarlariga naf keltirsa, yana kimdir esa behuda o‘tkazadi. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida odamlar o‘rtasida vaqt tushunchasi muhim ahamiyat kasb etayotgani sezilayapti. Bizning O‘zbekistonda yashash, ishlash va dam olish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Ko‘pgina korxonalarda besh kunlik ish haftasi joriy qilingan. Bu ishlovchilarning ikki kun dam olishlariga kafolat degani. Bu paytda istagan odam bo‘sh vaqtidan unumli foydalansa, ancha-muncha ishlarni uddalashi mumkin. Vaqt haqida gap ketganda ayrimlar “...bu ayollarga unchalik ham tegishli emas”, deyishadi. Aslida esa bu qarash noto‘g‘ri. Fransuz olimlarining ma'lumotlariga qaraganda, ikki bolali ayol har kuni 10 soatgacha tinim bilmas ekan. Ingliz kinematografi uch bolali xotinining ertalabdan kechgacha bajargan ishlarini erinmasdan tasvirga olgan va film tasmasi aylanishini tezlashtirgan holda tomosha qilgan ekan. Ekranda taajjublanarli hodisa namoyon bo‘lgan: tasma tez aylanishi natijasida ayolning jismoniy mashq bajarayotganga o‘xshash harakatlari ko‘zga tashlangan. Unda ayol goh o‘tirar, turar, yurar, gohida chopar, turli narsalarni ko‘tarar, xullas, kechgacha tinim bilmagani tasvirga olingan. Demoqchi bo‘lganimiz, o‘sha ayol vaqtdan unumli foydalanish payida bo‘lgan. Olimlar uyda o‘tiradigan ayollarning kunni qanday o‘tkazishlarini o‘rganish maqsadida ularga anketa savollari bilan murojaat qilishgan. Ma'lum bo‘lishicha, ayollar tomonidan bajarilgan uy yumushlarining salmog‘i ishlab chiqarishda band bo‘lgan erkak ishchi yoki xizmatchining mehnatiga to‘g‘ri kelgan. Erkaklar uy yumushlari va o‘zlariga qarashlariga har haftada 5 soat vaqt sarflasalar, ayollarga buning uchun 20 soat kerak bo‘larkan. Ular esa vaqtlarining asosiy qismini oshxona yumushlari uchun sarflaydi. Sotsiolog va psixologlarning o‘tkazgan g‘alati tajribalariga ko‘ra vaqtning rejalashtirilgan ishlarga yetishmasligi ayollarning ruhiyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatar ekan. Ish kunini charchoq bilan yakunlagan ayol xohlaydimi yo‘qmi bog‘chadan bolasini olishga boradi. Bundan tashqari u kechki ovqat tayyorlashi ham kerak. Shu vaqtning o‘zida bolalarining dars tayyorlashlarini nazorat qilishi lozim. Natijada uning ruhiyatida toliqish seziladi, hech narsa yoqmay qoladi. Shuncha yelib-yugurishdan so‘ng u ishdan qaytgan erini horg‘in kayfiyatda kutib olishiga ajablanmasak ham bo‘ladi. Tabiiyki, uning bunday kayfiyati erini ranjitadi. Shundan keyin arzimagan narsa bahona bo‘lib ular o‘rtasida janjal chiqishi mumkin. Shuning uchun ko‘pchilik erkaklar xotinlarining uyda o‘tirishini istashadi. Ko‘rinib turibdiki, bu vaziyatda ham VAQT barcha ko‘ngilsizliklarning debochasi bo‘lmoqda. Ergash gaplarni tasnif qilishda, asosiy mezon bo’lmasa ham, ergashtiruvchi shakllarga – bog’lovchilarga, ularning ma'nosiga, qaysi o’rinda qaysi gap tarkibida qo’llanganligiga e'tibor beriladi. Masalan, sifatdoshlar ergash gapning kesimi bo’lib kelganda, ko’pincha, paytda, zamonda, vaqtda kabi so’zlari; avval, keyin, so’ng, burun kabi payt ko’makchilari qo’shilib keladi va o’zi qo’shilgan komponentning payt ergash gap ekanligini; uchun, chunki, negaki, sababki, shuning uchun, sababli, tufaylishakllari o’zi qo’llangan qo’shma gapni sabab ergash gapli qo’shma gap ekanligini ko’rsatib turadi. Yoki kesimi -sa ham, -sa-da, qaramay, -gani bilan shakllarida hosil bo’lgan ergash gaplarning to’siqsiz; agar, garchi so’zlari bilan boshlanadigan ergash gaplarning, ko’pincha, shart (ba'zan to’siqsiz) ergash gap ekanligi sezilib turadi. Download 72.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling