Vaqt-oliy ne’mat
Download 72.62 Kb.
|
Vaqt-oliy ne’mat-fayllar.org
Badiiy asar tahlili.
Adabiy ta’lim oldida turgan vazifalardan biri badiiy asarni guruh bilan tahlil qilishni talab etadi. Maktab o’quvchilarida kitobga muhabbat o’qilgan kitobning sir asrorini bilgandan keyingina shakllanadi. O’quvchi badiiy asardan lazzat tuysa, o’zining zavqini keltirgan tasviriy unsurlarni payqay bilsa, chinakam badiiyat namunasini soxta asarlardan ajrata olish malakasini egallagan bo`lsagina kitobxong a aylanadi. Chunki biror asarni o’qish jarayonida, uni tahlil qilish mobaynida tuyilgan lazzat o`quvchini boshqa asarlarni o’qishga, ulardan zavqlanishga undaydi.Amaliyotda badiiy tahlil qanday maqsadga yo’naltirilganligiga qarab ikki turga: filologik va didaktik tahlilga bo’linadi.Filologik (ilmiy) tahlil badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajaga muvofiq kelishini talab qiladi. Tahlil jarayonidagi har bir fikr mantiqiy tushunchalar, estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo’ladi.Filologik tahlil adabiy asarning badiiy mantiqi va estetik o‘ziga xosligini anglashga yo‘naltirilgan ilmiy talqin bo‘lib, kuchli hissiy intellektual faoliyatdir.Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, ham estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo‘lishi lozimdir. Shuningdek, ilmiy tahlilda o‘rganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi o‘rni va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri darajasi ko‘rsatilishi ko‘zda tutilishi kerak. Filologik tahlil ommaboplikdan yuqoriroq turishi va har qanday adabiy hodisa mutaxassis nazari bilan tahlil etilishini taqozo qiladi. Lekin filologik tahlildagi asosiy narsa badiiy asarning badiiyligini, ta’sirchanligini ta’minlagan jihatlari qaysilar, badiiy joziba, so‘z sehri, san’atning sirli tomoni nimada ekanligini ko‘rsata bilishdir. Nutq ikki ko’rinishga ega –og’zaki, va yozma nutq. Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’lsa ham, har birining o’ziga xos xususiyati bor. Og’zaki nutqda tovuchlar, so’zlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a’zolari orqali qabul qilinadi. Shuning uchun o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo’llarini izlab topishimiz kerak. Chiroyli so’zlashni, savodli, to’g’ri yozishni, o’z fikrini ravon va aniq bayon etishni bilmagan yoko etolmagan o’quvchi bilimlarni muvafaqqiyat bilan o’zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo’lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo’ladi. Nutq orqasli odamzot o’zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda-to’la rivojlangan yoki shakillangan bo’lavermaydi. Ba’zi bolalar tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilibgina qolmay, ularni bir-biridan farqlay hamolmaydilar. Nutqdagi bunday kamchiliklar darslarni o’zlashtirishda bolalar uchun sezilarli qiyinchiliklarni tug’diradi. Bunday hollarda logoped mashg’ulotlar yordamiga muxtoj bo’ladilar. Ma’lumki, boshlang’ich sinf oquvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish o’quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchiliklarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko’rish, nutq buzulish sabablarini o’rganish lozim. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish varaqasi to’ldirilib, qaysi tovushlar to’g’ri yoki noto’g’ri talaffuz qilayotgani belgilab boriladi. Nutq ostirish-ongli o’qishni, so’zlash va yozishga o’rgatishni, til haqida o’quvchilarning yoshi va tushunchasiga mos bo’lgan bilim berishni, ularning lug’at boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga e’tibor va qiziqishni o’stirish, kitob o’qishga muhabbat uyg’otishni ko’zda tutadi. Og’zaki nutiqqa o’rgatishning ilk davrida daktiologiya (qo’l alifbosi) dan foydalaniladi. Bu narsa bolalarning tovushlarni talaffuz qilib, o’zlashtirib borganlari sari faqat yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Download 72.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling