Vaqt-oliy ne’mat
Maqsad va sabab ergash gapli qo’shma gaplar
Download 72.62 Kb.
|
Vaqt-oliy ne’mat-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- -r-(ar)+ekan.
Maqsad va sabab ergash gapli qo’shma gaplar
Bosh gapdagi harakat yoki voqeaning qanday maqsad bilan yuzaga kelishini anglatadigan ergash gaplar maqsad ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Maqsad ergash gap orqali ifodalangan harakat hali boshlanma-gan, yuzaga kelishi endi mo’ljallangan bo’ladi. Masalan, Xalqimiz shoyi kiysin deb, tut ko’chati ekamiz gapida birinchi komponent (ergash gap) ikkinchi komponent (bosh gap)dagi harakatning qanday maqsadda yuzaga kelishini, bajarilishini anglatadi.Maqsad ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi: 1. deb (deya, deyishib). Bunda ergash gapning kesimi buyruq maylidagi fe'lning birlik va ko’pligidagi birinchi, ikkinchi va uchinchi shaxs shaklida bo’ladi: Nevaramni ko’ray deb, bobosi kelibdi (S.Zun.). Ishonchimni doim oqla deb, Xazonlardan meni saqla deb, Ulug’ jangda meni yoqla deb, Kurol berding qo’llarga 6ahor (U.). Bola ekan, tish chiqardim, yovlarni tishlasin deb, tog’day og’ir bilak berdim, yovlarni mushtlasin deb (H.O.). Bunday qo’shma gaplarda ergash gapning fe'l kesimlari buyruq mayli shaklida bo’lsa ham, ergash gapdagi mazmun buyruqni emas, istakni anglatadi.2. -r-(ar)+ekan. Bunda maqsad ergash gapdagi harakatning bajarili-shi taxmin-tavakkal, mo’ljal qilinadi: O’g’limga tegmasa, o’rtoqlariga tegar deb, xalta-xalta mayiz, turshak yubordim (O.). So’zim qanday ta'sir etar ekan deb, diqqat bilan unga tikildi (A.Q.).3. –mi+ekan: Baxtim bormi ekan deb, Menga yormi ekan deb, kelaberdilar bari, Kattakon chinor sari (H.O.).-mi+ekan shakli -mikin ko’rinishida ham qo’llaniladi: Qishlog’i-mizga Yo’ldosh Oxunboboyev kelarmikin deb, ko’z tutgan edik (A.Q.).4. uchun: Uchun bilan birikkan maqsad ergash gapning kesimi, ko’pincha, fe'lning uchinchi shaxs buyruq mayli shaklida bo’ladi: Qalan-darov so’zni aylantarib, rayosat tarkibida qolish uchun xohish bildirib qo’ymasin uchun, Saida yana uning so’zini og’zidan oldi (A.Q.). E'zoz-xon uyg’onmasin uchun, Botirali sirg’anib ko’rpadan chiqdi (H.G’.).5. toki. Bu element bilan birikkan ergash gaplarning kesimi ham fe'lning uchinchi shaxs buyruq mayli shaklida bo’ladi: ergash gap bosh gapdan keyin kelib, toki bog’lovchisi bilan boshlanadi: Isfahonga yolg’iz o’zim ketib boraman, toki o’g’lim ko’rib, ko’nglim tinchisin (F.) Ertaga artelda ham, klubda ham butun xotinlarni yig’ib voqeani aytib beramiz, toki bu qabihlikni hamma bilsin (Asq.M.).Maqsad ergash gapning kesimi (ko’proq jonli tilda) degan maqsadda, degan niyatda, degan umid bilan kabi shakllar orqali ham shakllanadi va bosh gapga birikadi: Qizlar orasida sevgilim bormikan degan niyat bilan, Harib saroyga ko’z tashladi (F.).Maqsad ergash gaplar deb, uchun, degan umidda, degan niyatda, degan maqsadda, degan umid bilan, degan niyat bilan shakllari orqali bosh gapga biriksa, birinchi o’rinda, bosh gap ikkinchi o’rinda keladi, biriktiruvchi shakllar ergash gap, tokishakli orqali bosh gapga biriksa, ikkinchi o’rinda keladi va toki bog’lovchisi ergash gap tarkibida bo’ladi. Maqsad ergash gap bosh gapning biror bo’lagini izohlasa, bosh gapning o’rtasida qo’llanadi: U esini o’nglab, tomoshabinlar to’planmasin uchun, dadasiga jerkibroq: "yuring" dedi (A.Q.). Guro’g’libek, yov qochib ulgurmasin deb, otining boshini quydi (F.). Tahlil namunasi: Yozildi bu she'r bahor tongida, Aziz farzandlarga sovg’a bo’lsin deb. Toki bu muysafid otaning so’zi, Endigi qalblarga diljo bo’lsin deb (G’.G’.). 1) uchta sodda gapdan tuzilgan,2) birinchi gap bosh gap, ikkinchi va uchinchisi – maqsad ergash gaplar, 3) ergash gaplar deb, toki yordamchilari orqali bosh gapga birikkan, biriktiruvchi vositalar ergash gaplar tarkibida,4) chizmasi: deb, toki deb. Download 72.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling