Buxoro davlat universitetuti


Download 56.57 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi56.57 Kb.
#1111634
Bog'liq
o\'zbek tilining sohada qo\'llanishi


Buxoro davlat universitetuti

San’atshunoslik fakulteti


Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yo’nalishi
12-1mad21 guruh talabasi Nurilloyeva Guljahonning
O’zbek tilining sohada qo’llanishi fanidan bajargan


Mustaqil ishi
Mavzu: “Buva” , “dada” , “ togʻa” , “amak” , “amaki” , “aka” , “amma” , “xola” , “opa” , “singil” soʻzlari bilan murojaat qilish holatlariga badiiy asardan misol yigʻish.

1. — Akajon, degin! — Akajon! Jo-on aka!.. — Nima berasan? — Umrimning yarmini beraman!.. Turobjon tugunchani berdi. Xotini shu yerning o‘zida, eshik oldida o‘tirib tugunchani ochdi-da, birdan bo‘shashib ketdi va sekin boshini ko‘tarib eriga qaradi. O’z qilmishiga gerdayib turgan Turobjon uning ko‘zini jiqqa yosh ko‘rib: — Nima ekanini bildingmi?—dedi.— Asalarining uyasi! Turgan-bitgani asal! Mana, mana, siqsang asal oqadi. Bunisi oq mum, harom emas — shimsa ham bo‘ladi, chaynasa ham bo‘ladi.


Abdulla Qahhor “Anor “ hikoyasi Toshket2018


2. — E, e, yigitcha! Qani, bu yoqqa keling-chi! Ho‘, barakalla, mulla Suyar! Otasini suyarmi, onasini suyarmi, a? Yo ikkalalarini ham suyarmi?
Qutbiddinovning otalik mehri jo‘sh urib ketdi. Suyarning boshidan, yuzidan o‘pdi, quchoqladi.


Abdulla Qahhor “ O’jar” hikoyasi Toshkent2022


3. — Oh-oh-oh! Otangizga rahmat! Kamol toping, do‘stim! Men ham xuddi mana shuni aytaman, deb turgan edim. Shundoq, do‘stim, bola deganingizning miyasi... Ie, siz nega oqichmadingiz?
Fikrlar bir joydan chiqib, ikki tanqidchi ko‘p mamnun bo‘lishdi. Suhbat yana ham jonlanib ketdi. 


Abdulla Qahhor “ O’jar” hikoyasi Toshkent2022


4. — Albatta, otasini suyar-da, a, o‘glim? Bizning o‘g‘il ko‘p yaxshi-da: birov bilan urishmaydi, papiros chekmaydi, onasidan otasini yaxshi ko‘radi, shaxmat o‘ynamaydi...
Abdulla Qahhor “ O’jar” hikoyasi Toshkent2022
5. — Bugun instruktorimizni qoldirdim, dada!
— E, ana endi! Ko‘p bema’ni ish qilibsiz-da, o‘g‘lim! Shaxmat o‘ynamagin, demabmidim? Qara, burningdan suv oqyapti, miyang suyulibdi!
Suyar bo‘shashib ketdi.
— Shaxmat o‘ynagandan emas,— dedi burnini artib, — kecha o‘zingiz ariqdan ko‘zoynag‘ingizni izlatdingiz...


Abdulla Qahhor “ O’jar” hikoyasi Toshkent2022

6. — Ie, Hoji aka, sizga dori berish esimdan chiqibdi-ku, yuring! - dedi va Hojini yetaklab chiqib ketdi. Hoji koridorga chiqib yiqilarmikan, deb o‘ylagan edim, yo‘q, xayriyat, gumburlagan tovush eshitilmadi...


Abdulla Qahhor “ Ming bir jon “ hikoyasi Toshkent2022 5- bet


7. — Eri-chi, eri? — dedi, — bu yigitning ham raftoridan, yigitlik umri ming bittayu, shundan bittaginasini Masturaga qurbon qilyapti. Ertasiga Mastura haqida yana bir ko‘ngilsiz gap eshitdik: bechoraning tomog‘idan hech narsa o‘tmasligi ustiga qorniga tez-tez suv to‘planar ekan... Kunlar o‘tib

Abdulla Qahhor “ Ming bir jon “ hikoyasi Toshkent 2022 10- bet


8. — Amaki, meni tanimadingizmi?— dedi va xurjundan ikkita olma olib, birini menga berdi. — Qaerdadir ko‘rganday bo‘laman, lekin... Juvon qo‘lidagi olmani ustma-ust bir necha martaba tishladi va chala chaynab yutdi. — Endi ham tanimadingizmi?— dedi. Tanidim! Faqat ko‘zidan tanidim! Kulimsirab, olamga tabassum sochib turgan bu juvon o‘sha Mastura edi. Men nima deyishimni bilmay: — Bu yoqda nima qilib yuribsiz? — dedim. Mastura kuldi.


Abdulla Qahhor “ Ming bir jon “ hikoyasi Toshkent 2022 14- bet


9. – Amma, farosat degan narsa bormi, dadamning oldida muncha yig‘laysiz!
Anvar hech qachon bunaqa muomala qilmagani, bu tahlitda gapirmagani uchun Marg‘uba birpas hang-mang bo‘lib qoldi-yu, esini o‘nglab olganidan keyin yana yig‘ladi.
© Abdulla Qahhor “MUHABBAT” qissasi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2012-y. 5- bet
10. – Ich, jigarim, ich! – dedi xotin va stakanni uning qo‘liga berib peshonasini siladi. Xotinning tepasida turgan, qop-qora, sochi va mo‘ylovi oppoq, barvasta kishi engashib Anvarning yelkasiga qoqdi. – Mard bo‘l, o‘g‘lim, mard bo‘l!
© Abdulla Qahhor“MUHABBAT” qissasi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2012-y. 6 – bet

11 .– Mard bo‘l, o‘g‘lim, mard bo‘l! Anvar suvni olib ikki-uch ho‘pladi. Kimdir uning yelkasi osha shishadan suv quyib stakanni to‘ldirdi. Anvar orqasiga qarab bir qo‘lida galstuk, bir qo‘lida shisha tutib turgan nozikkina qizni ko‘rdi. Uning qovoqlari yig‘idan shishgan, qizargan edi.


© Abdulla Qahhor“MUHABBAT” qissasi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2012-y. 6 – bet

12. – Xudoyo bo‘yning uzilmasin, bolam! Bo‘yning uzilmasin! Garang bo‘lib qolgan Muhayyo uning qo‘llarini tutdi, suyab supaga o‘tqazdi


© Abdulla Qahhor“Onaizor” qissasi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2012-y.
21 – bet

13. – Ayajon, o‘zingizni bosing! Nima gap o‘zi? Nima bo‘ldi? Nima gunoh qildim?..


© Abdulla Qahhor“Onaizor” qissasi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2012-y.


22 – bet
14. – Opajon, Muhayyoxon bizning institutda o‘qiydi, singlimizday narsa... Bizga malol keladi! Sizning to‘g‘ringizda birov shunaqa desa siz nima derdingiz?
© Abdulla Qahhor“Qora quti” qissasi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2012-y.
38 – bet
15. – Dadam durustlar, ayam eskicharoq... Muhayyo qorong‘i tushib, teraklar orasidan zo‘riqqanday ko‘kimtir qizil oy ko‘tarilganda ketgani qo‘zg‘aldi. Anvar uni xilvat, oydinda olachalpoq yo‘laklardan uyiga eltib qo‘ydi. Ular ko‘chaning bu yuzidagi kattakon qayrag‘och tagida to‘xtashdi. Muhayyo xayrlashgani qo‘l berdi. Anvar uning qo‘lini qattiq qisib o‘ziga tortdi, Muhayyo yaqinroq kelib ikkinchi qo‘lini uning ko‘kragiga qo‘ydi. Anvar o‘tgan safar yuzidan o‘pgani intilganida Muhayyo xafa bo‘laman degani uchun yana qo‘lidan o‘pdi, qayta-qayta o‘pib yuziga surkadi. Muhayyo bu safar qo‘lini tortib olmadi, lekin xavotir olib ko‘chaning u yuziga qaradi. Eshik oldida onasi qop-qora haykalday bo‘lib turar edi. Muhayyo «voy o‘lay!» deganicha yo‘lkani qiyalab, onasining ro‘parasidan ko‘chaning u yuziga o‘tdi.

© Abdulla Qahhor“Har boshda bir savdo ” qissasi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2012-y.


44 – bet
Abdulla Qahhor. Anor. Qissa va hikoyalar. Abdulla Qahhor.: – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2012. – 200 b.

Download 56.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling