Kreditning ta’minoti va uning nazariy, huquqiy asoslari


Download 257.67 Kb.
bet5/13
Sana18.06.2023
Hajmi257.67 Kb.
#1581762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KREDITNING TA’MINOTI VA UNING NAZARIY, HUQUQIY ASOSLARI.KURS ISHI

Hujjat nomi

Raqami

Qabul qilingan sanasi

1

O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi


2008 yil

2

O'zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to'g’risida» gi qonuni


1996 yil 25 aprel

3

O'zbekiston Respublikasining qonuni «Garov to'g’risida»

614-I

2006 yil 25 avgust

4

O’zbekiston Respublukasining qonuni «Ipoteka to’g’risida»


2006 yil 28 iyun

5

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Markaziy bankning nizom va yo'riqnomalari



Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan yuqorida keltirilgan hujjatlarga asoslangan holda garov munosabatlarini tartibga solish maqsadida qo’shimcha ravishda quyidagi me’yorlar ham ishlab chiqilgan:
- tijorat banklarida kreditlarning garov ta’minoti bilan ishlash tartibi;
- tijorat banklarining har yilga mo’ljallangan kredit siyosati va uning asosiy yo’nalishlari.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida kafillik va kafolat munosabatlariga quyidagicha fikrlar bildirilgan:
Kafillik shartnomasi bo’yicha kafil boshqa shaxs o’z majburiyatini to’la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o’z zimmasiga oladi.
Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni ta’minlash uchun tuzilishi mumkin.
Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Yozma shaklga rioya qilmaslik kafillik shartnomasining haqiqiy bo’lmasligiga olib keladi.
Qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar, basharti qonunda yoki kafillik shartnomasida kafilning subsidiar javobgar bo’lishi nazarda tutilgan bo’lmasa.
Basharti, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar to’laydi, qarzni undirib olish bo’yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditor ko’rgan boshqa zararlarni to’laydi.
Agar kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, birgalashib kafil bo’lgan shaxslar kreditor oldida solidar javob beradilar.
Kafil kreditorning talabiga qarshi qardor bildirishi mumkin bo’lgan hamma etirozlarni qo’yishga haqli. Hatto qarzdor o’z e’tirozlaridan voz kechgan taqdirda ham kafil ushbu e’tirozlarga bo’lgan huquqini yo’qotmaydi.
Agar kafilga nisbatan da’vo qo’zg’atilgan bo’lsa, u qarzdorni ishda ishtirok etish uchun jalb qilishi shart. Aks holda qarzdor kreditorga qarshi o’zining barcha e’tirozlarini kafilning qarshi talabiga qarama-qarshi qo’yish huquqiga ega.


Download 257.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling