Kreditning ta’minoti va uning nazariy, huquqiy asoslari


Download 257.67 Kb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi257.67 Kb.
#1581762
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KREDITNING TA’MINOTI VA UNING NAZARIY, HUQUQIY ASOSLARI.KURS ISHI


MUNDARIJA:

KIRISH………………………………………………………………………..

3

I BOB

KREDITNING TA’MINOTI VA UNING NAZARIY, HUQUQIY ASOSLARI




1.1.

Kredit ta’minotining va uning iqtisodiy mohiyati................................

5

1.2.

Kredit faoliyati va uning ta’minlanishining huquqiy asoslari………..

11

II BOB

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARINING AMALDAGI HOLATI




2.1.

Tijorat banklarida kredit ta’minotining amaldagi holati tahlili............

13

2.2.

Tijorat banklarida kredit ta’minoti uchun qabul qilinadigan garov ta’minotini baholash tartibi…………………………………………..

19

2.3.

Tijorat banklari kreditlarining garov ta'minotini takomillashtirish…………………………………………………..

30

XULOSA……………………………………………………………………..

32

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………...

34

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlarining muhim bog’inlaridan biri bo’lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo’lmasdan sog’lom taraqqiy qilishi mumkin emas.
2014-yili bank tizimini yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish va investitsiyaviy faolligini kengaytirish ta’minlandi. Bank tizimining jami kapitali 2014-yilga nisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7 trillion 800 milliard so‘mga yetdi. So‘nggi 5-yilda mazkur ko‘rsatkich 2,4 barobar o‘sdi. Bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3-marta, bank likvidligi esa eng yuqori ko‘rsatkichlardan 2-marta ko’pdir. 1.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, banklar faoliyatidagi eng asosiy muammolardan biri, berilgan ssudalarning qaytarilmasligidir. Ushbu muammoni qisman hal etish, ya'ni mijoz tomonidan kreditni qaytara olmaslik riskini kamaytirish yo'llaridan biri mijoz mulkining ma'lum qismini berilgan kredit uchun garov sifatida talab qilishdir. Bugungi kunda Respublikamizda iqtisodiyotni rivojlantirishga yo'naltirilayotgan bank kreditlari hajmining oshishi, bank kreditlaridan foydalanayotgan turli mulkchilik va xo'jalik yuritish shaklidagi mijozlar miqdori ko'payishi va banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni oqilona joylashtirish va ular samaradorligini oshirish, berilgan kreditlar hamda ular bo'yicha hisoblangan foizlarni o'z vaqtida undirib olishni ta'minlash banklar kredit portfeli ustidan doimiy kuzatib borish asosiy ishi deb talab qilinmoqda. Kredit oluvchilarning to'lovga layoqatsizligi, hisob-kitob qilishga qurbi yetmayotgani moliya-bank tizimida jiddiy muammolar paydo bo'lishiga olib kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvarda qabul qilingan «2011-2015 yillarda O'zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko'lamini kengaytirish va chuqurlashtirish, mamlakatda ishchanlik muhitini shakllantirishning mezonlari va baholash tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir choralar-tadbirlar Dasturi to'g’risida»gi PQ-1464-sonli qaroriga asosan, tijorat banklarida kichik biznes sub'ektlariga kreditlarni ajratishda garovga qo'yilgan mulkni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni kreditning umumiy summasida aks ettirish amaliyoti joriy qilindi.

Download 257.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling