Kreditning ta’minoti va uning nazariy, huquqiy asoslari


II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARINING AMALDAGI HOLATI


Download 257.67 Kb.
bet6/13
Sana18.06.2023
Hajmi257.67 Kb.
#1581762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KREDITNING TA’MINOTI VA UNING NAZARIY, HUQUQIY ASOSLARI.KURS ISHI

II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARINING AMALDAGI HOLATI


2.1. Tijorat banklarida ta’minotning amaldagi holati va tahlili.
Bugungi kunda tijorat banklarining oldiga qo’yilgan eng asosiy vazifa respublikamiz taraqqiyotini belgilovchi real sektorni yetarlicha moliyaviy resurslar va xizmatlar bilan ta’minlashdir. Shu sababli, bank tizimida kreditlash mexanizmini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tahlil jarayonida shular ma’lum bo’ldiki, banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu kreditlar asosan ustuvor loyihalarni moliyalashtirishga hamda kichik va o’rta biznesni qo’llab quvvatlashga yo’naltirilmoqda.
Shu jumladan, tijorat banklari kredit qo’yilmalarining umumiy hajmi 2015-yilda 27,3 foizga oshib, 2016-yilning 1-yanvar holatiga ko’ra 42,7 trln. so’mni tashkil etdi.



3-rasm Tijorat banklarining kredit qo'yilmalari dinamikasi5
Iqtisodiyotning real sektoriga ajratilgan kreditlarning 86,7 foizi ichki manbalar hissasiga to’g’ri keladi.
2015 yilda qtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab quvvatlash uchun yo’naltirilgan uzoq muddatli kreditlar hajmi 2014 yildagiga nisbatan 27,7 foizga oshib, ularning tijorat banklari jami kredit portfelidagi salmog’i 79.8 foizni tashkil etdi.
Xususan, ATB “O’zsanoatqurilishbank” da 2012-2015 yilda kredit portfeli hajmio’zgarishi quyidagicha:



4-rasm 2012-2015 yillarda kredit portfeli hajmi o’zgarishi6
Bundan ko’rishimiz mumkinki, bankning kredit portfeli 2013 yil 1-yanvar holatiga ko’ra 2312 mlrd. so’mni tashkil etgan. Xuddi shunga o’xshab 2014 yil 1-yanvar holatiga ko’ra 3517mlrd. so’mni, 2015 yil 1-yanvar holatiga ko’ra 4944 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, mazkur ko’rsatkich 2016 yil 1-yanvar holatiga ko’ra 6151 mlrd. somni tashkil etdi. Bunga sabab sifatida tijorat bankining berayotgan kreditlari miqdori oshganligini aytishimiz mumkin.
Hisobot davri yakuni bo’yicha bank kredit portfelining hajmi tubdan o’zgarganligini alohida qayd etish lozim. 2015 yilda bank tomonidan ajratilgan milliy valyutadagi kreditlar, factoring va lizing xizmatlari iqtisodiyotning real tarmog’ini qo’llab quvvatlashda o’zining munosib o’rniga ega bo’ldi.
Bu kreditlarning tarmoqlar bo’yicha tasniflanishini quyidagi rasmda ko’rishimiz mumkin:



Download 257.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling