Kreditning ta’minoti va uning nazariy, huquqiy asoslari


-rasm Ikkilanchi manbalarning likvidligi jihatidan turlari


Download 257.67 Kb.
bet4/13
Sana18.06.2023
Hajmi257.67 Kb.
#1581762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KREDITNING TA’MINOTI VA UNING NAZARIY, HUQUQIY ASOSLARI.KURS ISHI

2-rasm Ikkilanchi manbalarning likvidligi jihatidan turlari3
Yuqori darajada likvid hisoblanadigan qimmatli qog’ozlar ham garov predmeti bo'lishi mumkin. Bularga quyidagilar kiradi:

  • davlat qimmatli qog’ozlari;

  • aksiyalar va obligatsiyalar;

  • boshqa emitentlarning depozit sertifikatlari.

- qimmatli qog’ozlar garovga qo'yilishi garov shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Bank qarz oluvchining hamda qimmatli qog’ozlar emitentining moliyaviy ahvolini monitoring qiladi va agar zarurat bo'lsa, qarz oluvchidan kredit qaytarilishini yoki garov summasi ko'paytirilishini talab qiladi.
Garovga qabul qilinayotgan qimmatli qoqozlarning nominal summasi emitent ustav sarmoyasining 20% dan oshmasligi lozim.


1.2. Kredit faoliyati va uning ta’minlanishining huquqiy asoslari.
Kreditning qaytarilishini ta'minlash mexanizmi - bu bir tomondan iqtisodiy jarayonlar asosi, ikkinchi tomondan esa kreditor va qarz oluvchi o'rtasidagi huquqiy munosabatlar demakdir. Kredit qaytarilishining iqtisodiy asosini ishlab chiqarish jarayonlari ishtirokchilarining aylanma (oborot) fondlari hamda ularning realizatsiyasi, shuningdek, kredit amal qilishining huquqiy asoslari tashkil etadi.
Ya'ni, kredit va uning muomalada bo'lishi, kreditning ta'minoti, garov munosabatlari - bularning barchasi iqtisodiy mazmunga ega bo'lishi bilan bir qatorda ijtimoiy jarayonlar hamdir. Ular amalda bo'lishlari uchun ma'lum bir me'yoriy hujjatlar huquqiy asos bo'lib xizmat qilishi kerak.
Respublikamiz bank amaliyotida berilayotgan kreditlar uchun ta'minot talab qilish hamda garov sifatida olish, uning turlari mexanizmi, kredit qaytmagan hollarda ta'minotni realizatsiya qilish tartiblarini belgilab beruvchi maxsus va umumiy huquqiy hujjatlar mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:
1-jadval
Ta’minot bo’yicha me’yoriy-huquqiy asoslar4




Download 257.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling