Kreditning zarurligi, funksiyalari, shakllari va turlari. Kreditning zarurligi va mohiyati
Download 75.37 Kb.
|
10. КРЕДИТ
Tijorat krediti - kreditning boshqa turlariga nisbatan tarixan juda qadimda paydo bolgan. Uning vujudga kelishi bevosita tovarlami ishlab chiqarish va ulaming realizatsiyasi bilan chambarchas bogliqdir. Tijorat kreditining obyekti bo lib - savdo kapitali hisoblanadi.
Tijorat krediti sotuvchi tomonidan sotib olingan tovarlaming tolovini malum muddatga kechiktirish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro bank amaliyotida ushbu kreditni vekselli kredit sifatida takidlaydi. Veksel tijorat kreditining “quroli” hisoblanib, asosan barcha tijorat kreditlari veksel yordamida amalga oshiriladi. Bunda sotib oluvchi korxona sotuvchidan olgan tovarlar yoki ko‘rsatgan xizmatlari uchun unga vekselni taqdim etadi. Veksellar odatda malum muddatlarga (3 oy, 6 oy va 12 oy) sotib oluvchi tomonidan chiqarilgan bolib, ushbu muddatdan kechiktirmasdan qo‘shimcha foiz tolovlari bilan tolanishi lozim. Oldingi bolimda takidlanganidek, veksel kredit puli bolib, ular “oddiy” va “murakkab” (olkaziladigan) turlariga bolinadi. Oddiy veksel bu veksel egasining unda aks ettirilgan mablag* summasini ko'rsatilgan muddatda vekseldor shaxsga tolab berishi to‘g‘risidagi majburiyatnomasidir. Murakkab veksellar uchinchi shaxslarga ham o^tkazish imkoniyatini beradi, ya’ni vekseldor shaxs ushbu vekselni uchinchi shaxsdan tovar sotib olish uchun o^kazishi (berishi) mumkin. Bunday veksellar vekseldor shaxsning unda ko^rsatilgan mablaglami belgilangan muddatda uchinchi bir shaxsga tolanishini aks ettiruvchi veksel egasiga buyrug‘idir. Vekseldor shaxslar istalgan ushbu veksellar evaziga tijorat banklaridan pul shaklidagi kredit olish huquqiga egadir. Veksellar tijorat banklar tomonidan malum tolov evaziga qabul qilinishi yoki veksel garovi evaziga kredit berishlari mumkin. Shu tariqa tijorat kreditlari bank kreditiga aylanadi. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda tijorat kreditini xojalik krediti sifatida ham yuritishadi. Buning sababi shundaki, tijorat kredit bilan bogliq iqtisodiy jarayonlar xojalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida amalga oshirilib, ushbu kredit turi kreditor - korxona tomonidan tovar yoki pul ko‘rimshida berilishi mumkin. Tijorat kreditida kreditning obyekti tovarlar hisoblanib, tovarlarga tolovlami kechiktirish yoli bilan veksel asosida beriladi. Uning subyektlari ish yurituvchilar hisoblanadi. Bir ish yurituvchi mahsulotlarini boshqa bir ish yurituvchiga kreditga sotayapti. Kreditning maqsadi bolib tovarlar doiraviy aylanishini tezlashtirish hisoblanadi. Download 75.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling