Kreditning zarurligi, funksiyalari, shakllari va turlari. Kreditning zarurligi va mohiyati


Download 75.37 Kb.
bet1/7
Sana09.01.2023
Hajmi75.37 Kb.
#1085598
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10. КРЕДИТ


Kreditning zarurligi, funksiyalari, shakllari va turlari.

Kreditning zarurligi va mohiyati


Jamiyatda tovar-pul munosabatlaridan keyingi vujudga kelgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan bin kredit munosabatlari hisoblanadi.
Kredit bu kreditor va kredit oluvchi oltasida tuzilgan ssuda bitimiga asosan, kreditor tomonidan kredit oluvchilarga pul yoki tovar shaklidagi moddiy ne’matlami malum bir muddatga uning qiymatini qaytarib berishi va foydalangan davri uchun qo‘shimcha tolov (foiz) tolanishini aks ettiruvchi iqtisodiy munosabatlardir. Demak, bu sharoitda kredit munosabatlarining subyektlari bolib kreditor va kredit oluvchilar hisoblansa, uning obyekti bolib tuzilgan bitimga binoan malum muddatga foydalangani uchun berilgan pul yoki tovar shaklidagi moddiy buyumliklar hisoblanadi. Kreditning maqsadi bolib foiz ko‘rinishida qo‘shimcha daromad olish hisoblanadi.
Kredit, pul kabi iqtisodiy kategoriya bolib, pul mablaglarining samarali ishlashiga, xoj’alik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarf qilmasdan qo‘shimcha pul mablaglariga bolgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda kredit munosabatlarining yuzaga kelishining asosiy sabablari sifatida quyidagilar aks ettirilgan.
Birinchidan, ishlab chiqarish jarayonida kapitalning aylanish davrining turlichaligi. Malum bir tovami ishlab chiqarish davri bir necha soatni tashkil etsa, boshqa bir tarmoqda bu davr (P-T-I/Ch-T1-?1) bir necha oylar hattoki yillarni tashkil etishi mumkin. Bu sharoitda qaysi tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish davri qisqa bolsa ular bozorda sotuvchi sifatida tayyor, lekin boshqa bir tarmoqda ishlab chiqarish davri uzoqroq davom etsa ular bozorda sotib oluvchi sifatida tayyor bolmaydi. Bu sharoitda ular tovarlami kredit hisobidan sotib olishga yoki banklardan kredit olib mahsulot sotib olishga maj- burdirlar.
IkJdnchidan, kapitalizmga kelib ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hajmining keskin oshishi. Masalan, mehnat taqsimotining dastlabki davrlarida bir etikdo‘z bir juft etik tiksa uni kreditsiz bemalol sotishi mumkin edi. Biroq kapitalizm sharoitida oyoq kiyim fabrikasida bir kunda bir necha yuz minglab etik ishlab chiqarila boshladi. Bu esa o‘z navbatida mahsulotning bir qismini kreditga sotish zaruriyatini vujudga keltirdi.
Uchinchidan, kapitalizm davrida mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar orasidagi masofaning uzayishi. Awallari etikdo‘z tikkan etigini shu kunning o‘zida sotgan bolsa, endi bir mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar boshqa davlatlarda sotilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mahsulot ishlab chiqaruvchining mahsuloti sotilgunga qadar (P-P1) malum bir davmi talab etadi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi tovarlami sotguncha o‘z faoliyatini yuritib turishi uchun kreditdan foydalanishga majbur boladi.
Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlaming barcha bo‘glnlarida bevosita yoki bilvosita alohida ijtimoiy- iqtisodiy jarayon sifatida o'rganiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “kredit” so‘zi lotincha “creditum” - ssuda, qarz so'zidan paydo bolganligi qayd etiladi. Ayrim iqtisodchi olimlar “credo”, ya’ni “ishonaman” degan ma’noni anglatishini qayd etadi2. Albatta, kredit munosabatlarida ishtirok etayotgan subyektlaming bir-biriga bolgan ishonchi asosiy omil hisoblanadi. Bu yerda kreditor, kreditni berishda asosiy masala kredit oluvchiga nisbatan “ishonchi” muhim ahamiyat kasb etadi.
Biroq, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi uchun birgina ishonchning o‘zi yetarli bolmaydi. Kredit va

kredit munosabatlarining vujudga kelishida ishonch bilan birgalikda shunday bir kategoriya mavjudki, bu kreditor va kredit oluvchi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishga unday di. Buni kreditor va qarz oluvchi nuqtai nazardan ko‘radigan bolsak, kreditomi ushbu muno- sabatlami rivojlantirishiga asosiy omil bu iqtisodiy manfaatdorlik, ya’ni kredit foizi hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta’miniash orqali tegishli iqtisodiy manfaatdorlikka erishishdir.
Bundan ko'rinib turibdiki, kredit va kredit munosabatlarini vujudga kelishi va rivojlanishida har ikkala tomonning ham iqtisodiy manfaatdorligi kuchli moliyaviy mexanizm hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:

  • kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlaming iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlanishi. Xususan, kreditor kredit hisobidan foiz tolovlari sifatida foyda olsa, qarz oluvchi ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash orqali tegishli foydani shakllantirish imkoniyatiga ega boladi;

  • iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglar ssuda kapitali sifatida jamg‘arilib, tegishli maqsadlarga yo‘naltiriladi;

  • iqtisodiyotda ishlab chiqarish siklining davriyligi. Bunda ayrim tarmoqlarda vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglari vujudga kelsa, boshqalarida qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug‘iladi, ushbu jarayon kredit orqali tartibga solinadi;

  • ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida qo'shimcha moliyaviy resurslarga bolgan ehtiyojning asosiy qismi kreditlar orqali qondiriladi.

Zamonaviy iqtisodiyotda kredit muhim moliyaviy element sifatida mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishining asosida tovar ishlab chiqarish, yanayam aniqroq qilib aytadigan bolsak - kapital muomalasi va aylanishi yotadi.
Jamiyatda kapital muomalasi va aylanishi doimo ham bir maromda amal qilmaydi, bular yuqorida talddlanganidek qator omillar bilan izohlanadi.
Kreditning mohiyatiga qator iqtisodchi olimlar tegishli ta’riflami shakllantirgan. Xususan, Shegorsov V.A. tahriri ostida tayyorlangan darslikda, “Kredit - qaytarish va tolov sharti bilan qarzdorga vaqtinchalik foydalanish maqsadida pul mablagi yoki moddiy buyum koiinishida berish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir” tarzidagi ta’rifl shakllantirilgan3.
Professor O.I.Lavrushin tahriri ostida nashr etilgan darslikda kreditning mohiyatiga aniq ta’rif berilmagan. Biroq, ulaming fikricha, kredit ijtimoiy munosabatlaming bir koiinishi bolib, iqtisodiy kategoriyadir. Shu bilan birga, kredit turlicha ijtimoiy munosabatlarda emas, balki iqtisodiy munosabatlami aks ettiruvchi qiymatning harakati jarayonida namoyon boladi. Darslikda, kreditning mohiyatini aniq aks ettirish uchun uning tarkibi, harakat qilish jarayoni va vujudga kelish asosiga e’tibor qaratish lozimligi talddlanadi4.
Boshqa rossiyalik iqtisodchi olimlar “Pulli (tovarli) kredit tolov asosida amalga oshiriladigan bir toifadagi ekvivalentning turli vaqtdagi o‘zaro harakatining yigindisir.”, degan ta’rifni berishgan 5.
0‘zbekistonlik iqtisodchilardan professor Sh.Abdullayeva tomonidan nashr ettirilgan darslikda: “Kredit - bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablaglarini pul egasi yoki boshqalar tomonidan malum muddatga, haq tolash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yigindisidir” tarzidagi ta’rif berilgan6.
Kreditning iqtisodiy mohiyatiga berilgan ta’riflardan ко limb turibdiki, bu borada iqtisodchi olimlarning fikrlari
bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shu bois, “Kredit - tegishli tamoyillar asosida (qaytarishlik, to4ovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik) qiymat va moddiy buyum ko‘rinishida, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladigan iqtisodiy kategoriyalaming bir shaklidir” tarzidagi ta’rifni shakllantirishga jazm etdik.
Kreditning mohiyatini yanada aniqroq va toliqroq ochib berishda uning subyektiv va obyektiv mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Kredit munosabatlarining vujudga kelishida, shuningdek, uning mohiyatini ochib berishda kreditning subyektiv mohiyati ham alohida o‘rin tutadi. Kreditning subyektiv mohiyati bir-biriga bogliq bolgan “kreditor” va “kredit oluvchi”mng munosabatlarida namoyon boladi.
“Kreditor” va "kredit oluvchi” o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlaming asosida tovar-pul aylanmasi yotadi. Jamiyatda vaqtinchalik bo‘sh mablaglaming mayjudligi va tovar aylanmasining mavjudligi kredit va qarz oluvchining manfaatlarini bir-biriga to‘qnashishiga xizmat qiladi. Agar, ushbu manfaatlar bir-biriga mos kelsa ular o‘rtasida kredit munosabatlari vujudga keladi.

Download 75.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling