Kreditning zarurligi, funksiyalari, shakllari va turlari. Kreditning zarurligi va mohiyati


Download 75.37 Kb.
bet3/7
Sana09.01.2023
Hajmi75.37 Kb.
#1085598
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10. КРЕДИТ

Kreditning subyektlari bolib, kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi shaxslar tushuniladi, ya’ni kreditor va kredit oluvchilar.
Kreditning obyekti bolib esa kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi pul yoki tovar shaklidagi moddiy boyliklar hisoblanadi.
Kredit berishdan maqsad esa vaqtincha bo‘sh turgan pul mablaglaridan qo‘shimcha daromad olish (foiz shaklida) boladi, yoki ishlab chiqarish davrining uzluksizligini (tovar krediti olinganda) ta’minlashga bolgan talabini qondirish hamda davlat byudjetining vaqtinchalik kamomadini qoplashdan iborat bolishi mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan korinib turibdiki, iqtisodchi olimlar kreditning turlariga mavjud ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan kelib chiqib turlicha yondashganlar. Fikrimizcha, kreditning turlariga tavsif berishda ulaming amaliyotda qollanilishi va iqtisodiy samaradorligiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan, davlat krediti, bank krediti, iste’mol (ipoteka) kreditlari, tijorat krediti, xalqaro kredit mavjudligini e’tiborga olish maqsadga muvofiq.
Davlat krediti. Ushbu kreditning asosiy belgilaridan biri kreditni berish yoki olish jarayonida davlat bevosita ishtirok etadi. Ko‘pchilik hollarda esa davlat kreditor sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar beradi.
Davlat krediti munosabatlari jarayonida uning subyektlari sifatida davlat nomidan markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari maydonga chiqsa, ikkinchi tomondan yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadi. Davlat kreditining vujudga kelishida an’anaviy ravishda ko^chilik hollarda davlat byudjeti taqchilligini qoplash yoki yirik investitsion loyihalami amalga oshirish maqsadida o‘z nomidan qimmatli qog'ozlami muomalaga chiqaradi. Davlat byudjetining taqchilligini qoplashda davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qoghzlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar kreditor sifatida namoyon boladi. Davlat byudjeti taqchilligini qoplashning boshqa manbalari ham mavjud bo lib, ulaming asosiylari sifatida quyidagilami keltirish mumkin:

  • muomalaga qo‘shimcha pullami (xazina biletlarini) emissiya qilish;

      • Markaziy bankdan kredit qarzlarini olish;

      • xalqaro kredit va moliyaviy yordam so'rash;

  • davlatning qimmatli - qog‘ozlarini muomalaga chiqarish.

Davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun amaldagi soliq stavkalari miqdorini oshirish iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holatda, xojalik yurituvchi subyektlar soliq bazasini kamaytirib koYsatish, ikkilamchi buxgalteriyani yuritish hamda xufyona iqtisodiyotning rivojlanishiga moyillik tuglladi. Natijada, mamlakatda iqtisodiyotning rivojlanishi va aholining turmush farovonligini ta’minlashda salbiy holatlar yuz beradi.
Muomalaga qo'shimcha pullami chiqarish hisobiga davlat byudjeti taqchilligini qoplanishi iqtisodiyotda tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga salbiy ta’sir koYsatadi. Ya’ni, pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi, bunday holatda milliy valyutaning sotib olish qobiliyati pasayadi va inflyatsiya darajasining ortishiga sabab boladi.
Markaziy bankning krediti davlat byudjeti taqchilligini qoplashning boshqa manbalariga nisbatan bir muncha samaraliroq hisoblanadi, lekin Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar asosan 3 oy muddatga berilib, ushbu muddatdan ortib ketishi mumkin emas.
Davlat byudjeti taqchilligini qoplashda halqaro kredit va xorijiy mamlakatlaming moliyaviy yordamini olish doimo ham ijobiy natijalami bermaydi. Chunki, kreditor mamlakat qarz oluvchi mamlakatga qator shartlarni qo'yadi. Ayrim holatlarda kreditlar berish orqali kreditor mamlakat siyosiy va iqtisodiy taziyq olkazish holatlari ham amaliyotda uchrab turadi. Shuning uchun davlat byudjetining taqchilligini qoplashning eng qulay usuli

davlatning qimmatli qogbzlami yuridik va jismoniy shaxslarga sotish orqali kredit olishi hisoblanadi. Shu bilan birga, alohida talddlash lozimki, davlat krediti faqatgina byudjet taqchilligini qoplash uchun emas, balki iqtisodiyotni tikiash (asosan tabiiy ofatlar yoki urushlardan so‘ng), mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bolgan qurilish ishlarini bajarish yoki sanoat tarmoqlarining alohida sohalarini rivojlantirish uchun uzoq muddatlarga (5, 10 yil) olinishi mumkin.

Download 75.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling