Kreditning zarurligi, funksiyalari, shakllari va turlari. Kreditning zarurligi va mohiyati


Download 75.37 Kb.
bet5/7
Sana09.01.2023
Hajmi75.37 Kb.
#1085598
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10. КРЕДИТ

Ist’emol (ipoteka) krediti asosan aholiga yashashi uchun zarur bolgan buyumlami (uy, mashina, televizor, muzlatgich, mebel va boshqalar) olishga beriladi. Iste’mol krediti pul va tovar ko‘rinishida bolishi mumkin. Pul korinishidagi iste’mol krediti bank muassasalari tomonidan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida savdo tashkilotlarining hisobiga otkazib beriladi.
O‘zbekistonda keyingi yillarda iste’mol krediti hisoblangan ipoteka krediti juda tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ipoteka krediti iqtisodiyotning markazlashgan tuzumi sharoitida mavjud bolmagan. Bu holat o‘sha davrda nashrdan chiqqan lug‘atlarda ham e’tirof etilgan. Xususan, 1988 yilda mamlakatimizda nashrdan chiqqan O‘zbekiston sovet ensiklopediyasida ipotekaga “Ipoteka (yun), uzoq muddatli kredit olish uchun ko'chmas mulk (yer, imoratlarjni garovga qo^yish. Sotsialistik mamlakatlarda yo‘q.”17, deb ta’rif berilgan. Agar ushbu ta’rifning “sotsialistik mamlakatlarda yo‘q” degan jumlasiga e’tibor qaratadgan bolsak, haqiqatda ham markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida ushbu kredit turining amal qilmaganligining guvohi bolishimiz mumkin.
Shuningdek, 1984 yilda Moskva shahrida nashrdan chiqqan moliya - kredit lug‘atida ipotekaga berilgan ta’rif ham buni tasdiqlaydi, unda “Ipoteka - (yunoncha hypotheke so‘zidan olingan bolib - garov, zaklad) ssuda olish maqsadida turli shakldagi ko‘chmas mulklarning (asosan yer va qurilish binosi) garovidir. Qarzdoming to*lovga layoqatsizligi sharoitida kreditlaming talabi garovga qo^ilgan mulkni sotish evaziga qondiriladi. SSSR va boshqa mamlakatlarda qollanilmaydi.”18, deb talddlanadi.
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotlarida ipoteka atamasi ko‘chmas mulklami garovga qo^ish natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabat bo lib, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri garovga qo^dlgan ko‘chmas mulk kredit (qarz) oluvchining tasarrufida qolishi malum boladi. Ipoteka atamasi va ipoteka krediti haqida so‘z yuritganda, ulaming iqtisodiy mohiyatini toliq aniqlash maqsadida, quyidagi ikkita holatga e’tiborimizni qaratamiz.
Birinchi holat, ipoteka - bu garov. Garov mavjud ekan - ipoteka mavjud boladi, garov mavjud bolmasa ipoteka ham bolmaydi, bu kredit ipoteka krediti hisoblanmaydi. Ushbu holatni yanayam aniqroq qilib aytadigan bolsak, bank qarzdorga uy joyni yer, kvartira yoki uchastkani garovga qo^sh orqali kredit berdi. Ushbu kredit qarz oluvchi tomonidan qanday maqsadga ishlatilsa ham bu kredit ipoteka krediti hisoblanadi.
Ikkinchi holat, bank qarz oluvchiga uy joy olish uchun ta’minlanmagan kredit berdi, ya’ni garov sifatida kredit oluvchi tomonidan hech qanday narsa qoyilmadi. Bu ishonchli ipoteka krediti boladi.
Ipoteka so‘zi (atamasi)ni kelib chiqishining tub ildiziga e’tibor qaratganimizda, uning vujudga kelishi va shakllanishining asosida qadimgi yunonlaming qarz berish munosabatlari yotganligi malum boladi.
Demak, manbalarga koYa, ipoteka atamasi birinchi marta eramizdan oldingi VI asrda Yunonistonda vujudga kelgan. Qadimgi greklar qarz oluvchini kreditor oldidagi majburiyati evaziga yemi tikishgan. Qarz oluvchining yer maydonining chetiga maxsus yog‘och o'matilgan bolib, unda ushbu yer garov vazifasini oYayotganligi haqidagi yozuv qayd etilgan. Bu yog‘och ustun “ipoteka” deb atalgan, yunon tilida “tirgovich”, “poya”, “taglik” ma’nolarini anglatgan19.
Bizning nazarimizda, ipoteka atamasining vujudga kelishi va uning ma’nosi yuqoridagi matnda, atroflicha, toliq va aniq berilgan. Shu bilan birga, mazkur ta’rif uning dastlabki vujudga kelishi jarayonidagi mohiyatini anglatish bilan birga, hozirgi kundagi ipotekaga xos bolgan xususiyatlami toliq ochib berishga xizmat qilmaydi, albatta bu tabiiy holat, chunki iqtisodiy rivojlanish jarayonlari va munosabatlaming takomillashuvi ipoteka atamasining ham rivojlanishi va takomillashuviga sabab bolmoqda. Quyida ipoteka atamasiga berilgan ta’rifda fikrimizning tasdiglni kuzatishimiz mumkin.
Demak, ipoteka (yunon. hypotheke - zaklad, garov) - ko'chmas mulk ko‘rinishidagi garov (asosan yer va binolar) bolib, asosiy maqsad ssudani olishga qaratilgan. Ipoteka shunday garov turi-ki u kreditoming qoliga berilmaydi, balki qarzdoming ixtiyorida qoladi20.
Masalan, yuqorida qayd etilgan moliya - kredit lug‘atida unga quyidagi tavsiflar berilgan. “Ipoteka krediti - uzoq muddatli ssuda bolib, kapitalistik mamlakatlarda yer va ishlab chiqarish hamda yashash uchun qurilgan binolami garovga qo'yish asosida beriladi. Quldorchilik tuzumi davrida vujudga kelgan bolib, feodalizm davrida kengaydi, biroq kapitalizm sharoitida rivojlandi. XIX asming o‘rta- laridan boshlab ipoteka krediti sifatida ixtisoslashgan - ipoteka banklari tomonidan, qator mamlakatlarda qishloq xojaligi va boshqa tijorat banklari tomonidan berila boshladi. Revolyutsiyaga qadar Rossiyada dvoryan va yerli (zemelnie) banklar tomonidan berilgan”. Taniqli iqtisodchi olim, professor O.I.Lavrushin “ipotekali kredit - ko‘chmas mulk, yer maydoni garovi ostida berilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida faol ishlatiladigan kreditning bir shakli hisoblanadi. Yer mulkiga ega tashkilotlar va ixtiyorida xususiylashtirilgan xonadoni (kvartira), yer maydonlari bolgan aholiga bozor iqtisodiyotiga xos bolgan kredit munosabatlariga kirishish imkonini beradi21, deya takidlaydi. Olim ipoteka kreditiga bergan ta’rifida uning bozor iqtisodiyoti sharoitida yuz berishi, shuningdek, aholining xonadoni va yerini xususiylashtirish lozimligiga alohida e’tibor qaratgan.
“Ipotekali kredit - deya takidlaydi, yana bir rossiyalik olim A.S.Neshitoy, uy - joy olish, qurish yoki yemi sotib olish uchun beriladigan kredit. Odatda, ushbu kreditni banklar va ixtisoslashtirilgan bank bolmagan moliya-kredit institutlari taqdim etadi”22. Bu erda ipoteka kreditini olish uchun qo^yiladigan garov obyektining ahamiyati xususida fikr bildirilmagan. Chunki, yuqorida takidlaganimizdek, agar kreditning garovi sifatida mulk qo"yilmas ekan u ipoteka krediti hisoblanmaydi23.

Download 75.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling