2- mavzu. Bikr yo’l to’shamalari va asoslarini loyihalash bikir yo’l тo’shamalari va asoslarini hisoblash


Download 219.23 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi219.23 Kb.
#1488162
  1   2   3
Bog'liq
2 - mavzu. Bikr yo’l to’shamalari va asoslarini loyihalash


2- Mavzu.
BIKR YO’L TO’SHAMALARI VA ASOSLARINI LOYIHALASH
BIKIR YO’L ТO’SHAMALARI VA ASOSLARINI HISOBLASH


17.1. Bikir yo’l to’shamalarining ishlash xususiyatlari

Bikir yo’l to’shamalariga sementbeton (bundan buyon beton qoplama deb yuritamiz) va temirbeton qoplamalar va asoslar kiradi, ular avtomobildan tushgan yuklama ta’sirida egilganida hosil bo’lgan cho’zuvchi kuchlanishlarga yaxshi qarshilik ko’rsatadi. Beton qoplamalar avtomobil bosimini katta yuzaga taqsimlab, to’shama gruntga nisbatan kam bosim uzatadi. Shunga qaramasdan, beton qoplamalarning mustahkamligi grunt qarshiligining plitaning butun ostki yuzasiga bir hil taqsimlanishiga bog’liq. Qum qatlamini yoki yo’l poyi gruntini notekis shibbalanganda grunt notekis cho’kib, plitaning bir qismi gruntga tayanmasdan osilib oladi, buning natijasida undagi kuchlanishlar hisobiy kuchlanishlarga nisbatan ortib ketadi.


Beton qoplamalarning qalinligini hisoblashda qoplamalarning o’zining ishlashi bilan bog’liq bo’lgan bir qancha omillarni, shuningdek, qurilish materiali bo’lgan betonning xossalarini hisobga olishga to’g’ri keladi. Beton plitalarda o’tayotgan avtomobillardan tushadigan kuchlanishlardan tashqari, harorat kuchlanishlari yuzaga keladi. Bunday kuchlanishlar pastki va yuqorigi sirtlardagi haroratlar farqi tufayli tob tashlashga plitalarning o’z og’irligi va o’zaro ponalanishining qarshilik ko’rsatishi natijasida paydo bo’ladi.
Shuning uchun beton qoplamalarning qalinligi harorat o’zgarishlaridan va tashqi yuklamalar ta’sirida yuzaga keladigan jami kuchlanishlar bo’yicha hisoblanadi. Bunda berilgan harakat intensivligida va hisobiy yuklamalarda qoplamaning xizmat muddatida unda faqat ayrim darzlar paydo bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Bundan tashqari, betonda ruxsat etiladigan kuchlanishlarni belgilashda shuni nazarda tutish kerakki, ularning qiymati katta bo’lganda takroriy yuklanishlar ta’sirida betonning toliqishi intensiv rivojlanib, plitalarda darzlar paydo bo’ladi.
Beton qoplamalar va asoslar uchun mustahkamligi 17.1-jadvalda /GOSТ 26683-85/ berilgan yo’lbop betonlar tavsiya etiladi.
Beton qoplamalar va asoslar uchun hisobiy yuklamalar nobikir yo’l qoplamalarini hisoblashdagidek qabul qilinadi. qoplamalar uchun dinamik koeffitsiyent 1,25 kiritiladi.
17.1-jadval

Konstruktiv qatlamlar

Mustahkamligi bo’yicha betonning loyiha klasslari

Elastiklik moduli Eo103, MPa



Egilishdagi cho’zilish

Siqilish

Bir qatlamli qoplamalar, yuqorigi qatlam ikki qatlamli

Pi 50/Ri45

B30/B27,5

33/31

Pastki qatlam ikki qatlamli

Pi 40/Ri35



B22,5/B20



29/26,5


Eslatma: Mahrajda betonning mustahkamligi I va II toifa yo’llar uchun, mahrajda III toifa yo’llar uchun berilgan.





Download 219.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling