2- mavzu. Bikr yo’l to’shamalari va asoslarini loyihalash bikir yo’l тo’shamalari va asoslarini hisoblash
Plitalarni tashqi yuklamalar ta’siriga
Download 219.23 Kb.
|
2 - mavzu. Bikr yo’l to’shamalari va asoslarini loyihalash
17.2. Plitalarni tashqi yuklamalar ta’siriga
hisoblash Bikir yo’l qoplamalarini tashqi yuklamalar ta’siriga hisoblash uchun elastik asosda yotgan to’sinlar va plitalar nazariyasidan foydalaniladi. Bu nazariyaning yaratilishiga akad. A.M.Krilov, professorlardan M.I.Gorbunov-Posadov, B.N.Jemoch-kin, A.Kiselev, B.G.Korenev, I.A.Mednikov, A.P.Sinitsin, O.Ya.Shexter va boshqa tadqiqotchilar ancha katta hissa qo’shdilar. Beton plitalarning qalinligini hisoblash borasida taklif etilgan ko’pgina usullar plitaning yuklama ostida egilishini asos sirtining cho’kishi bilan bog’lovchi umumiy diferensial tenglamadan kelib chiqadi. Тurli mualliflarning yechimlari bir-biridan shu bilan farq qiladiki, ularda grunt qarshiligini tavsiflovchi funksiyalarning xar hili qabul qilingan. Fuss-Vinklerning to’shak to’shama koeffitsiyenti gipotezasidan eng ko’p foydalaniladi, bu gipotezaga ko’ra asosning plitaga reaktiv bosimi qaralayotgan nuqtada uning cho’kishiga mutanosib, ya’ni r=ku. Shuningdek, elastiklik moduli bilan tavsiflanadigan chiziqli deformatsiyalanadigan yarim bo’shliq gipotezasi keng taralgan. Hali u yoki bu usulga afzallik berish qiyin, shunga qaramasdan, gruntning mustahkamlik tavsiflari to’g’ri belgilanganida turli usullar bilan hisoblash natijalari bir-biriga juda yaqin bo’ladi va hisoblash formulasini tanlash undan foydalanish qulayligi bilan belgilanadi. Shu boisdan turli mualliflar taklif etgan beton plitalarni hisoblash usullarida foydalaniladigan bikirlik ifodalari xam turlicha. Beton qoplamalarning qalinligini hisoblashda g’ildirakdan to’g’ri to’rtburchak shaklli plitaga tushadigan yuklamaning uchta hisobiy sxemasi bo’lishi mumkin: plita markaziga, plita burchagiga va chetiga. Beton qoplamalar plitasi chetiga yuklama ta’sir etganida unda eng katta kuchlanishlar hosil bo’ladi. Biroq, bir qancha hollarda qalinlikni hisoblashda yuklama plitaning markaziy qismiga qo’yiladi, yuklamalar plita burchagiga yoki chetiga qo’yilganda hosil bo’lgan momentlar esa tajribaga asoslanib yoki nazariy topilgan tuzatish koeffitsiyentlarini kiritish yo’li bilan aniqlanadi. Elastik asosda yotgan plitalar, professor M.I.Gorbunov-Posadov bo’yicha, quyidagi s ko’rsatkichning qiymatiga qarab, bikirligi bo’yicha uchta toifaga bo’linishi mumkin: , (17.1) bu yerda Yegr, gr - grunt asosning elastiklik moduli va Puasson koeffitsiyenti; Yeb, b - xuddi shuning o’zi beton plita uchun; N - plitaning qalinligi; ro - doiraviy plitaning radiusi yoki to’g’ri to’rtburchak plitaning eng kichik tomonining yarmi. Agar plita ostidagi asos xossalari bo’yicha bir-biridan farqq iladigan bir nechta qatamlardan iborat bo’lsa, u xolda Yegr o’rniga asosning ekvivalent elastiklik moduli qabul qilinadi. s0,5 bo’lganida plita mutlaq bikir ya’ni uning xamma nuqtalari yuklama ta’sirida bir hil chuqurlikka cho’kadi va asosning reaksiyasi bikir shtamp ostidagidek taqsimlanadi, deb hisoblaydilar. 0,5≤s≤10 bo’lganida plitani oxirgi bikirlikka ega toifaga kiritiladi, bu xol yig’ma qoplmalarga xosdir, bo’lganida planda cheksiz bo’lganlarga kiritiladi, ya’ni ularda perimetr bo’yicha ta’sir qiluvchi yuklama va chetlarining mahkamlanish usullari eguvchi momentlarga, asos reaksiyalariga va o’rta qismdagi egilishlarga ta’sir etmaydi (17.1-rasm). Download 219.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling