Kreditning zarurligi, funksiyalari, turlari va shakllari Reja: Kredit va uning mazmuni Kreditning zarurligi


Download 55.28 Kb.
bet6/13
Sana05.01.2022
Hajmi55.28 Kb.
#207204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kreditning zarurligi

7.Kreditning funksiyalari

Kreditning mohiyati uning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Kreditning funksiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha va miqdorda keltiriladi.

Ayrim adabiyotlarda iqtisodchi–olimlar kreditning funksiyalarini beshta ekanligigini ta’kidlashsa, ayrimlarida uning funksiyalari ikkitadan iboratligiga da’vogarlik qiladi.

Iqtisodchi – olimlarning kredit funksiyalari haqidagi fikrlariga, shuningdek, kreditning tovar–pul munosabatlari va ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlardagi ishtirokiga tayangan holda, uning qayta taqsimlash (1), muomala jarayonini tezlashtirish (2), pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish (3) hamda pul kapitalini jamg‘arish va markazlashuvini jadallashtirish (4) funksiyalarini bajarishini ta’kidlash mumkin.

Kreditning funksiyalari ichida qayta taqsimlash funksiyasi asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Kredit ushbu funksiyasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarining taqsimlangan daromadlarining vaqtinchalik foydalanilmagan qismini tegishli fondlarga jalb qiladi. Jalb qilingan mablag‘lar iqtisodiyotning qo‘shimcha resurslarga ehtiyoji mavjud tarmoqlariga qayta taqsimlanadi.

Kredit ushbu funksiyasi orqali vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larining sohiblariga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini yaratsa, kreditorga qo‘shimcha mablag‘larga ehtiyoji mavjud shaxslarga tegishli foizlar berish asosida daromad olishga, kredit oluvchilarga esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta’minlash natijasida qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatini yaratadi.

Demak, kreditning qayta taqsimlash funksiyasi orqali ssuda kapitali iqtisodiyotning tarmoqlari o‘rtasida, qaytarishlik asosida joylashtiriladi, bu kredit munosabatlarida bevosita ishtirok etayotgan tomonlarning iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlash bilan birga, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini kreditor ixtiyoriga yo‘naltirgan shaxslarga tegishli daromad olishiga xizmat qiladi.

Kreditning qayta taqsimlash funksiyasini amal qilishida pulning jamg‘arma funksiyasining bevosita va bilvosita ta’siri mavjud. Ushbu masalaga klassik va neoklassik maktab vakillari alohida e’tibor qaratishgan. Xususan, A.Marshall «odamlar sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaramasdan, ular uni (pulni) ishlatmasliklari mumkin», deydi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu e’tirof Sey qonunini to‘lig‘icha inkor etmaydi. Aksincha, neoklassik – iqtisodchilar shunday to‘xtamga kelishdiki, Sey qonuni bir shart bilan bajariladi, bu vaqtda faqat jamg‘arma (S) investitsiya (I) ko‘rinishini oladi. Ularning ta’kidlashicha, bu vaqtda kapital bozoridagi talab va taklifning muvozanati foiz stavkasining barqarorligi hisobiga yuz beradi. Agar jamg‘arma (kapitalning taklifi) hajmi mo‘ljallangan investitsiya qilish hajmidan kam bo‘lsa, natijada foiz stavkasi oshadi, buning oqibatida investitsiyaga bo‘lgan talab kamayadi, jamg‘armaga nisbatan taklif esa ortadi. Ushbu holat o‘rtasidagi o‘zaro muvozanat jamg‘arma va kreditning foiz stavkasi asosida tartibga solinadi.

Agar klassik maktab vakillari investitsiya va jamg‘armaning hajmiga foiz stavkasining ta’sirini asosiy omil qilib ko‘rsatsalar, keynschilar esa uning hajmiga uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan olayotgan daromadlar miqdori ta’sir qiladi, deb ta’kidlaydilar. Albatta, bu jarayon kreditning qayta taqsimlash funksiyasiga bilvosita ta’siri mavjud.

Kreditning muomala jarayonini tezlashtirish funksiyasi mamlakat pul muomalasi, pul massasi, pulning aylanish tezligiga bevosita ta’sir qiladi. Bu jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli fondlarga jalb etish orqali ularni pul aylanmasiga kiritadi.

Ma’lumki, mamlakat pul massasining tovar massasiga nisbatning ta’minlanishi milliy valyutaning barqarorligi va sotib olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayonda kredit mamlakat pul massasining umumiy hajmini oshirmagan holda iqtisodiyot tarmoqlarining qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlaydi.

Odatda berilayotgan kreditlar asosan moliya muassasalari orqali bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqlarga o‘tkaziladi. Bu o‘z navbatida muomaladagi pullarning aylanish tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kredit paydo bo‘lishi bilan birga, kredit pullarining oddiy shakli bo‘lgan veksellarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Albatta, veksellar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning vaqtinchalik pul mablag‘lari bilan bog‘liq muammolarni hal etishda, kredit munosabatlari yordamida muhim moliyaviy qurol sifatida maydonga chiqadi.

Kreditning pullarni muomalaga chiqarish va ularni naqdlashtirish funksiyasi asosan Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali amalga oshiriladi. Ma’lumki, Markaziy bank muomaladagi pul massasini tartibga solish maqsadida qayta moliyalash stavkalari asosida tijorat banklariga kreditlar beradi, berilgan kreditlar iqtisodiyotdagi pul massasini oshirish bilan birga, Markaziy bank tomonidan kreditlar ko‘rinishida muomalaga chiqarilgan naqdsiz pullarni u yoki bu yo‘l bilan naqdlashtiradi.

Kredit pul kapitalini jamg‘arish va markazlashuvini jadallashtirish funksiyasi yordamida yirik ssuda kapitalini tegishli fondlarda jamg‘aradi. Jamg‘armalar yordamida mamlakatlar, hududlar, mintaqalar, qit’alar yoki ayrim kompaniyalarda mablag‘larning markazlashuvi ro‘y beradi. Kredit mablag‘larining markazlashuvi hududning iqtisodiyoti va moliya – kredit tizimi rivojlangan joylarda yuz beradi.


Download 55.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling