“kriminаlistikа”
III Xulosa…………………………………………………………………60
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
III Xulosa…………………………………………………………………60 IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………..63
3
texnologiya davri o ‘zining ta’sirini har bir sohaga singdirib birmoqda. Hatto, jinoyat olami ham bundan mustasno emas. Bugungi kunda sodir etilayotgan jinoyatlarning son va sifat jihatidan kundan kunga rivojlanib borayotganligi ham o‘z navbatida bunga yaqqol misoldir. Hammamizga ma’lumki, jinoyat ishlarini tergov qilishda hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida olingan ma’lumotlar birlamchi ahamiyatga ega. Boshqacha qilib aytganda, aynan hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida topilgan ashyoviy dalillar jinoyatni tergov qilish va ochish masalasini uzil kesil hal qiladi. Ushbu ashyoviy dalillar esa hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasidan tashqari, fotosuratda yoki videoyozuvda muhrlanadi. Biroq, jinoyat ishiga aloqador ashyoviy dalillarni fotosuratga yoki video yozuvga muhrlashda bir qator kamchiliklar yuzaga kelayotganini ham aytib o ‘tish lozim. Jumladan, hodisa joyida suratga olingan fotosuratlar yoki videoyozuvlarni rasmiylashtirish bilan bog’liq kamchiliklar va boshqalar. Aytish mumkinki, jinoyat sodir etish mexanizmining chigallashuvi o‘z navbatida hodisa joyini ko ‘zdan kechirish jarayonida qolgan izlarni suratga olish, tekshirish va qayd qilishni zamonaviy turlarini amaliyotga tadbiq qilisni taqozo etadi.
Mavzuning dolzarbligi quyidagi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. 1. Jinoyat ishini tergov qilishning tez va sifatli amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladigan sud fotografiyasi va video yozuvidan foydalanishning yangi uslublari va mexanizmini huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatiga tadbiq etish zaruriyati.
2. Axborot texnologiyalarini kashf etilishi va rivojlanib borishi o‘z navbatida jinoyat ishlarining tezroq ochilishini ta’mizlashga xizmat qiladigan fotosuratga yoki video yozuvga olishning va qayd qilishning yangi texnika vositalarini amaliyotga tadbiq qilish zaruriyati.
3. Sud fotografiyasi va videoyozuvidan foydalanishda qo‘llaniladigan kriminalistik texnik vositalar yuzasidan bir necha o‘ndan ortiq ilmiy izlanishlar 4
olib borilgan. Biroq, mazkur ilmiy izlanishlarda mavzu zamonaviy kriminalistik texnikalardan foydalanish va ularni huquqiy jihatdan mustahkamlash masalalari ochiqligicha qolgan. Fikrimizcha, tadqiq etilgan ilmiy izlanishlar hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish, ularning yutuqlaridan foydalangan holda O‘zbekiston sharoitida sud fotografiyasi va videoyozuvidan foydalanish jarayonida qo‘llaniladigan kriminalistik-texnik vositalarni va ularni qo‘llash metodikasini yanada takomillashtirish va nazariy jihatdan boyitish mavzuning dolzarbligini tasdiqlovchi omillardan biridir.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling