Bitiruv malakaviy ishining maqsadi:
Sud-tergov va tezkor-qidiruv faoliyatida qo’lga kiritilgan ashyoviy dalillarni
sifatli qayd qilish va tadqiq etish usullarini takomillashtirishdan iborat.
Taqiqot vazifalari:
Sud
fotografiyasi
va
videoyozuvidan
foydalanish
jarayonida
qo‘llaniladigan zamonaviy kriminalistik-texnik vositalar tushunchasi, ularning
mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash; sud fotografiyasi va
videoyozuvidan foydalanishning protsessual tartibini takomillashtirish bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqish; sud fotografiyasi va video yozuvidan foydalanishning
taktik usullari, bosqichlari va prinsiplarini aniqlash; sud fotografiyasi va video
yozuvidan foydalanishda qo‘llaniladigan zamonaviy kriminalistik vositalarni
aniqlash va o‘rganish; tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonida sud
fotografiyasi va video yozuvidan foydalanish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar
tajribasini o‘rganish orqali tashkiliy, taktik va metodik jihatdan natija beradigan
taklif va tavsiyalarni shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |