“kriminаlistikа”


III Xulosa…………………………………………………………………60


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/36
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#254448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari

  

 III Xulosa…………………………………………………………………60 

  IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………..63 

 

 

 

 

 

 



 


 

Kirish 

 

Ishning dolzarbligi: Kundan kunga rivojlanib borayotgan bugungi texnika va 

texnologiya  davri  o  ‘zining  ta’sirini  har  bir  sohaga  singdirib  birmoqda.  Hatto,  

jinoyat  olami  ham  bundan  mustasno  emas.  Bugungi  kunda  sodir  etilayotgan 

jinoyatlarning  son  va  sifat  jihatidan  kundan  kunga  rivojlanib  borayotganligi    ham 

o‘z navbatida bunga yaqqol misoldir. 

Hammamizga  ma’lumki,  jinoyat  ishlarini  tergov  qilishda  hodisa  joyini 

ko‘zdan  kechirish  jarayonida  olingan  ma’lumotlar  birlamchi  ahamiyatga  ega. 

Boshqacha  qilib  aytganda,  aynan  hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirish  jarayonida 

topilgan ashyoviy dalillar jinoyatni tergov qilish va ochish masalasini uzil kesil hal 

qiladi.  Ushbu  ashyoviy  dalillar  esa  hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirish 

bayonnomasidan tashqari, fotosuratda yoki videoyozuvda  muhrlanadi.  

Biroq,  jinoyat  ishiga  aloqador  ashyoviy  dalillarni  fotosuratga  yoki  video 

yozuvga muhrlashda bir qator kamchiliklar yuzaga kelayotganini ham aytib o ‘tish 

lozim.  Jumladan,  hodisa  joyida  suratga  olingan  fotosuratlar  yoki  videoyozuvlarni 

rasmiylashtirish bilan bog’liq kamchiliklar va boshqalar. Aytish mumkinki, jinoyat 

sodir  etish  mexanizmining  chigallashuvi  o‘z  navbatida  hodisa  joyini  ko  ‘zdan 

kechirish  jarayonida  qolgan  izlarni  suratga  olish,  tekshirish  va  qayd  qilishni 

zamonaviy turlarini amaliyotga tadbiq qilisni taqozo etadi. 

 

Mavzuning dolzarbligi quyidagi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. 



 

1.  Jinoyat  ishini  tergov  qilishning  tez  va  sifatli  amalga  oshirilishini 

ta’minlashga  xizmat  qiladigan  sud  fotografiyasi  va  video  yozuvidan 

foydalanishning  yangi  uslublari  va  mexanizmini  huquqni  muhofaza  qiluvchi 

organlar faoliyatiga tadbiq etish zaruriyati. 

 

2. Axborot texnologiyalarini kashf etilishi va rivojlanib borishi o‘z navbatida 



jinoyat  ishlarining  tezroq  ochilishini  ta’mizlashga  xizmat  qiladigan  fotosuratga 

yoki  video  yozuvga  olishning  va  qayd  qilishning  yangi  texnika  vositalarini 

amaliyotga tadbiq qilish zaruriyati.  

 

3.  Sud  fotografiyasi  va  videoyozuvidan  foydalanishda  qo‘llaniladigan 



kriminalistik  texnik  vositalar  yuzasidan  bir  necha  o‘ndan  ortiq  ilmiy  izlanishlar 


 

olib  borilgan.  Biroq,  mazkur  ilmiy  izlanishlarda  mavzu  zamonaviy  kriminalistik 



texnikalardan  foydalanish  va  ularni  huquqiy  jihatdan  mustahkamlash  masalalari 

ochiqligicha  qolgan.  Fikrimizcha,  tadqiq  etilgan  ilmiy  izlanishlar  hamda  xorijiy 

mamlakatlar  tajribasini  o‘rganish,  ularning  yutuqlaridan  foydalangan  holda 

O‘zbekiston sharoitida sud fotografiyasi va videoyozuvidan foydalanish jarayonida 

qo‘llaniladigan  kriminalistik-texnik  vositalarni  va  ularni  qo‘llash  metodikasini 

yanada  takomillashtirish  va  nazariy  jihatdan  boyitish  mavzuning  dolzarbligini 

tasdiqlovchi omillardan biridir. 


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling