“kriminаlistikа”
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida sud fotografiyasi va video
- Кирвель, В.К.
20
yozuvidan foydalanish metodlari.
Kriminalistik fotografiya tizimi o’z ichiga fotografiya metodlari, suratga olish usullari va suratga olish turlarini oladi. Kriminalisrtik fotografiyaning metodlari o’zida fotografik vositalarni tanlash uchun qoidalar va ko’rsatmalarni birlashtiradi. Bundan tashqari tadqiqot uchun isbotlashning talablari va maqsadlariga javob beruvchi fototasvirlar olishning usullarini o’zida jamlaydi 13 .
dalillarni mustaѕkamlovchi va tekshiradigan bo‘lishi mumkin. Mustaѕkamlovchi metodlarga panorama, o‘lchovchi, reproduksiyaviy, stereoskopik, tanib olinadigan va katta masshtabli suratga tushirish kiradi. Tekshiriladigan mikrosuratga tushirish, tasvir kontrastini kuchaytirish maqsadida suratga tushirish va ko‘rinmas spektr nurlarida suratga tushirish kabi mustaѕkamlovchi metodlar qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rish imkoni bo‘lgan, tekshiriladigan suratga tushirish alomatlarini aks ettirish uchun xizmat qiladi. Tekshiruv metodlari yordamida ѕujjatlardagi qalbakilashtirish izlari aniqlanadi, mikroalomatlar o‘rganiladi va hokazo. Sud-tergov va tezkor-qidiruv fotografiyasida mustaѕkamlovchi metodlar qo‘llaniladi. Sud-ekspert fotografiyasida ham mustaѕkamlovchi, ham tekshiruvchi metodlardan foydalaniladi. Sud-tergov fotografiyasi quyidagi hollarda qo‘llaniladi: 1) hodisa joyini, murdani, ashyoviy dalillarni, hujjatlarni ko‘zdan kechirishda; 2) tirik shaxslarni guvohlantirishda; 3) tintuv o‘tkazishda; 4) tergov eksperimenti jarayonida; 5) tanib olish uchun ko‘rsatishda; 6) tirik shaxslarni va murdalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda.
13 Криминалистика. Ищенко Е.П., Топорков А.А. 2-е изд., испр. и доп. - М.: Контракт, ИНФРА-М, 2006. 21
Ekspert fotografiyasi barcha turdagi kriminalistik ekspertizalarda va ko‘pgina boshqa turdagi ekspertizalar (sud-tibbiyot, sud-avtotexnik, sud yong’in- texnik va boshqalar)da qo‘llaniladi. Bu metodlar bilan bir qatorda xususiy metodlar qo‘llanilib, bularga oriyentir, obzor, detal va markaziy suratga tushirish kiradi. U yoki bu turdagi suratga tushirishdan foydalangan holda, daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan obyekt va faktlarni eng yaxshi tasvirga tushirishni ta’minlovchi suratga tushirishning metod va usullari tanlanadi. Panoramali suratga olish qiziqtirgan obyektni to‘liq, hatto keng burchakli obyektiv suratga olish imkoni bo‘lmaganida yoki suratga tushirilayotgan obyektdan yetarli masofadan olish imkoni bo‘lmaganida qo‘llaniladi. 14
Panoramali suratga olish maxsus apparat yordamida amalga oshiriladi yoki obyekt bo‘laklarga bo‘lib suratga olinadi va bunda bir xil masofadan bir necha marta suratlar olinadi. har bir surat oldingi suratda tushirilgan hududning bir chekkasini, uning 10 foizini qamrab olishi kerak. Barcha suratlar bir xil sharoitlarda (masofa, yorug’lik, diafragma, va hokazo) tushirilishi lozim. Apparat o‘rnatilishining to‘g’riligi videoiskatelga qarab aniqlanadi. Bunda kadrning chekkasida bo‘lgan biror detalga e’tibor qilinadi. Bu detal keyingi kadrni olishda oriyentir bo‘lib xizmat qiladi va bu kadrda ham ifoda etilishi kerak. Zarur hollarda
14 Кирвель, В.К. Криминалистическая фотография и видеозапись : лекция / В.К. Кирвель; М-во внутр. дел Респ. Беларусь, учреждение образования «Акад. М-ва внутр. дел Респ. Беларусь». — Минск: Акад. МВД, 2012. - 15 с.
22
sun’iy orientatsiyalarga (qoziqcha va hokazo) murojaat etilishi mumkin. Bunday yo‘sinda olingan negativlar bir xil sharoitdagi fotonashrda tayyorlanadi. Bular ularda mavjud bo‘lgan umumiy chiziqlariga ko‘ra kesiladi va bir-biriga yopishtiriladi. Hozirgi kunda mavjud bo’lgan zamonaviy telefonlar yordamida panorama usulida suratga olish uchun bir nechta suratga olishga to’g’ri kelmaydi, aksincha ma’lum bir nuqtadan turib aylangan holda suratga olinadi. Bu esa panoramali suratga olishni osonlashtiradi.
Masshtabli fotosyomkada obyekt bilan birgalikda masshtabli chizg’ich qo‘llaniladi. Obyekt necha baravar kichraysa, u ham shuncha darajada kichrayadi, shunda u keyinchalik barcha parametrlar bo‘yicha o‘lchansa bo‘ladi. Bunday bir xil kichrayishga erishish uchun, masshtab suratga olishda ikkita shartga rioya qilish kerak bo‘ladi: 1) chizg’ich ob’ektning yoniga qo‘yilibgina qolmasdan suratga olinuvchi tekislik bilan bir yo‘nalishda qo‘yilishi kerak; 2) fotoapparat shunday joylashtirilishi kerakki, obyektivning optikasi suratga olinuvchi tekislikka nisbatan perpendikulyar ѕolatda bo‘lishi lozim. Masshtabli chizg’ichni suratga olinuvchi ob’ektning ustiga qo‘yish tavsiya etilmaydi, sababi bunda ba’zi detallar yopilib qolishi mumkin. |
ma'muriyatiga murojaat qiling