“kriminаlistikа”
Hodisa joyida fototasvirga
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xasanov Sh. X.
Hodisa joyida fototasvirga
tushirish qoidalari. Hodisa joyida fototasvirga tushirish sodir etilgan hodisaning mohiyatini aniqlash, bajarilgan harakatlarning oqibatlari va ularning xususiyatlarini namoyon etish, ushbu harakatlar natijasida qolgan izlar, buyumlar va ashyoviy dalillarni ko‘rsatish maqsadlarida amalga oshiriladi.
hodisa joyidagi ahvol, ya’ni hodisa sodir bo‘layotganida tashqi sharoitlarning ta’siri majmui;
sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida axborot beruvchi predmetlarning holati va ularning joylashuvi;
jinoyatchi harakat qilishi mumkin bo‘lgan hudud yoki binoning atrofi;
sodir bo‘lgan hodisa oqibatida vujudga kelgan yoki o‘zgargan obyektlar, ularning o‘zaro joylashuvi va xususiyatlari;
hamla (tajovuz) qilish obyekti, uning joylashuvi, holati va qo‘llanilgan harakat usulini belgilovchi alomatlar;
sodir bo‘lgan hodisaga aniqlik kiritish uchun ahamiyatli bo‘lgan ashyoviy dalillar, izlar va predmetlar. 11
Yuqorida sanab o‘tilganlarni fototasvirlarda aks ettirish uchun sud fotografiyasida metod va usullar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: 1) mo‘ljalli fototasvirga olish; 2) umumiy ko‘rinishni tasvirga olish; 3) qismli tasvirga olish; 4) detalli tasvirga olish; 5) signaletik tasvirga olish metodlari.
11 Xasanov Sh. X. Tergov harakatlari va tezkor qidiruv tadbirlarining texnik- kriminalistik ta’minoti. Ikki jildli. 2-jild. Tergov harakatlarining texnik-kriminalistik ta’minoti: Ma’ruzalar kursi / Sh. X. Xasanov, U. M. Nosirov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014. 39-bet
18
Agar tasvirga tushirilayotgan obyektning o‘lchamlari katta bo‘lsa, hodisa joyini tasvirga olishda chiziqli va aylana bo‘ylab panorama usullaridan foydalaniladi. Ushbu usullardan tashqari, hodisa joyini fototasvirga tushirishda xochsimon va qarama-qarshi tomonlardan tasvirga olish usullari ham keng qo‘llaniladi. Mo‘ljalli tasvirga olish. Mo‘ljalli fototasvirga tushirish deganda, ko‘zdan kechirilayotgan hududni atrofdagi vaziyatga nisbatan bog‘lab tasvirga tushirish tushuniladi.
Hodisa joyida olingan fotosuratlar bo‘yicha fotojadval tuziladi va hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasiga ilova qilinadi. Fotojadval quyidagicha rasmiylashtiriladi:
oq standart qog‘ozga qanday hodisa, qachon, qayerda sodir etilganligi va ushbu hodisa yuzasidan ko‘zdan kechirish bayonnomasiga fotojadval ilova qilinayotganligi to‘g‘risida ma’lumot yoziladi;
ushbu fotojadvalning birinchi varag‘ida bir dona fotosurat joylashtirilishi va har bir fotosuratning o‘lchami kamida 9x12 smni tashkil etishi kerak;
fotojadvalning har bir rasmining ostida ushbu rasmning izohi bo‘lishi shart;
fotojadvaldagi rasmlar sifat ko‘rsatkichlari (aniqlik, tiniqlik, ravshanlik va boshqalar) talabiga javob berishi kerak;
fotojadvalning har bir rasm joylashtirilgan varag‘ida ushbu fotojadvalni tuzgan xodim (tergovchi, kriminalist mutaxassis)ning familiyasi va ism-sharifi hamda imzosi bo‘lishi shart;
fotojadvalning har bir rasmi EKBning shtampi bilan tasdiqlanishi kerak. 12
12 Xasanov Sh. X. Tergov harakatlari va tezkor qidiruv tadbirlarining texnik- kriminalistik ta’minoti. Ikki jildli. 2-jild. Tergov harakatlarining texnik-kriminalistik ta’minoti: Ma’ruzalar kursi / Sh. X. Xasanov, U. M. Nosirov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014. 40-bet 19
Ushbu fotojadval kriminalist mutaxassis tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, tergovchi uni olishda ekspert-kriminalistik xizmatining “Hodisa joyini ko‘zdan kechirish” jurnaliga fotojadvalni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yib oladi. Fotojadvallar tayyorlanishi uchun me’yoriy hujjatlarga asosan, tergov shoshilinch vaziyatlarni talab etmagan holatlarda, 5 kun muddat beriladi.
Yuqorida ko’rib o’tkanimizdek, sud fotografiyasi va video yozuvidan imkoni boricha har bir tergov har bir tergov harakatini amalga oshirish jarayonida foydalanish, ushbu harakatlar xolisona, oshkora, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shuningdek ushbu tergov harakatlarini amalga oshirishda fuqarolarning huquq va erkinliklariga dahl qilinmaganlgini, buzilmaganligini tasdiqlash uchun juda ham muhimdir.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling