“kriminаlistikа”
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Sud fotografiyasi va video yozuvining kriminalistika fani uchun
7 Кобцова Т.С., Кормушкина Н.В., Петров М.И., Янович Е.Ю. Криминиластика. Курс лекций. - М.: Экзамен, 2005. 14
ahamiyati.
Sud fotografiyasi va video yozuvining jinoyat ishlari bo’yicha surishtiruv, tergov va sud ishlarini olib borishdagi ahamiyati g’oyat muhimdir. Ushbu jarayonda olingan fotosuratlar va video yozuvlar tergov va sud ishlarida ashyoviy dalil sifatida baholanadi. Ushbu fotosuratlar yoki video yozuvlar tergov harakatlari bayonnomalariga yoki ekspert xulosalariga ilova qilinadi. Ular rasmiy ravishda tushirilgan obyektlarni aks ettirib: predmet alomatlarini; tergov harakatlari olib borilgan sharoitni; tergov harakatlari to’g’ri yoki noto’g’ri olib borilganlgini; tergov harakatlari qatnashchilarining holatini; ekspert tekshiruvi natijalarini idrok etishga imkon beradi. Bunday tasvir bayonnomaning tasvirlov qismini to’ldiribgina qolmay, balki og’zaki tasvirlash orqali idrok etilishi qiyin bo’lgan alomatlar va sharoitlarni tushunish imkonini beradi.
Suratga tushirish mustahkamlashning obyektiv shakli sifatida aks ettirishning og’zaki usuliga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Bular quyidagilar:
- olingan suratlarning rasmiylashtirilganligi; - bu suratlarning yaqqolligi;
- ma’lumot uzatishda yuqori darajada aniqligi; - aks ettirish jarayonining nisbatan tezligi va hokazo.
Tergov va ekspertiza amaliyotida sud fotografiyasi va video yozuvining o‘rni katta. Qonun chiqaruvchi olingan suratlar yoki video yozuvlarni tergov harakati bayonnomasiga yoki ekspert xulosasiga ilova qilishni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘ygan. Ular predmet izlarini, surishtiruv yoki tergov harakatlari amalga oshirilgan jarayonni, ekspert tekshiruvi natijalarini o’zida oshkora hujjatli aks ettiradi. Bunday oshkoralik nafaqat bayonomanining to’g’riligini isbotlaydi, balki o’sha joyda mavjud bo’lgan belgilar va sharoitni idrok qilishga ko’maklashadi. Suratga olish og’zaki amalga oshirish usulidan ko’ra ko’proq kuchga ega: olingan suratlarning hujjatliligi, ularning oshkoraligi, juda katta aniqligi va ma’lumot uzatishning obyektivligi. Bularning hammasi zamonaviy
15
fotoapparatura ishlatilishi bilan birlashib, kriminalistik fotografiyani eng muhim isbotlangan faktlarni olish jarayoni usullarining biriga aylantiradi 8 . Kriminalistik fotografiya ishonchli mustahkamlash va ilmiy izlanishlar usullari majmui sifatida zamonaviy amaliyotda keng foydalaniladi.
Tergovchilarga sud videoyozuvidan foydalanishning ahamiyatini quyidagilarda ko’rishimiz mumkin:
- tergov harakati davomida olingan ma’lumotlarni xolisona olish va saqlashda;
- tergov harakatini amalga oshirish ketma-ketligi va natijalarinining oshkoraligini ta’minlash.
Videoyozuvdan foydalanishning kriminalistik ahamiyati shundaki, u quyidagilarga ruxsat beradi:
- insonning hissiyotlarini imo-ishoralari bilan, tergovchining savollariga javob berayotganda yuz tuzilishida yuz beradigan o’zgarishlari bilan tergovchiga, prokurorga, sudga ish bo’yicha qaror qabul qilishga yordam beradi;
- tergov harakatini amalga oshirish va bayonnoma tuzish jarayonida qayd etilmagan, ammo keyinchalik isbotlashda foydalanish mumkin bo’lgan ma’lumotlarni xolisona qayd etadi;
- so’roq qilinuvchi aytgan so’zlar asosida tuzilgan ayblov xulosasini imzolashdan bosh tortganda;
- sudga tergov jarayonida olingan dalillarning qonun hujjatlariga muvofiq olinganligini isbotlash va tergovchining odilligini tasdiqlash uchun . 9 Videoyozuv tergov harakati bayonnomasida yozilgan ayrim holatlarni to‘liq va aniq tasvirlab berish, shuningdek, unda ayrim sabablarga ko‘ra yozilmagan predmet va hodisalarni aks ettirish uchun foydalaniladi, tergovchi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni to‘ldiradi, bayonnomada yozilgan detallarni ko‘rish va ularni
8 Криминалистика: учебник для вузов / Т.В. Аверьянова, Р.С. Белкин, Ю.Г. Корухов, Е.Р. Россинская, 3-е издание, переработанное и дополненное, издательство Норма, Москва, 2007 9 Криминалистика: Учебник/Под ред. А.Г. Филиппова. - М.: Приор, 2000. 16
tasavvur qilish imkonini beradi. Shuningdek, ishni to‘g’ri hal qilishda ahamiyatli holatlar haqida obyektiv ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadi. U qulay va vaqtni iqtisod qilishi bilan ham afzaldir. Shu sababli videoyozuv texnikasini avvalambor tergovni qiziqtiruvchi hodisalar, manbalar va dinamik harakatdagi obyektlarni qayta tiklash va qayd etish uchun qo‘llash maqsadga muvofiq. Videoyozuv jinoiy-protsessual ma’noda quyidagilarga bo’linadi: - tergov jarayonlari mobaynida olingan videofilm; - tergov bilan birga tezkor-qidiruv jarayonida olingan va keyinchalik jinoiy ishga ilova qilingan videofilm; - kriminalistik va boshqa ekspertizalar vaqtida tayyorlangan film; - tergovchiga ayrim fuqaro va idoralar tomonidan tayyorlangan film; - hodisa sodir bo’lgan yoki tintuv natijasida topilgan va olingan videokasseta (tasmalar). 10
murakkab va tez o‘zgaradigan bo‘lsa, masalan, yong’in, suv toshqini, portlash, transport halokati yoki voqea natijalari bilan bog’liq, qayta tiklash ishlarini qayd etish hollarida samara beradi. Videokamera voqeaning umumiy tasviri, masalan, yong’in belgilarini batafsil o‘rganib chiqishda yordam beradi. Ayrim hollarda hatto uning yuz berish sabablarini aniqlash, olov tarqalish yo‘nalishini belgilashda qo‘l keladi. Agar yong’in joyi o‘rmon hududi bo‘lsa, maydon taraflari bo‘yicha yuqoridan ko‘rinishi vertolyotdan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. Sud fotografiyasi va videoyozuvining kriminalistika uchun ahamiyati, asosan, hodisa joyini ko’zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Sud fotografiyasi va videoyozuvidan asosan hodisa joyini ko’zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirish jarayonida foydalaniladi. Ushbu tergov harakatinining to’g’ri amalga oshirilishi va huquqiy jihatdan to’g’ri rasmiylashtirish uchun kriminalistik fotografiya va video yozuvdan foydalanish juda ham muhimdir.
10 Kriminalistika: Darslik/T.B.Mamatkulov, I.Astanov va boshq. T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 2015, 79-bet |
ma'muriyatiga murojaat qiling