“kriminаlistikа”
Tanib olish uchun suratga olish
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obzorli suratga olish
- Кирвель, В.К.
- Markazli (uzlovoy) suratga olish.
- Detalli suratga olish.
Tanib olish uchun suratga olish tirik shaxslarni va murdalarni quyidagi
maqsadlarda suratga olish uchun qo‘llaniladi: 1) ro‘yxatga olish uchun; 2) tanib olish uchun ko‘rsatish uchun; 3) ekspert tadqiqoti uchun.
Voqea joyini suratga olish quyidagi turlarda amalga oshiriladi: A) Voqea sodir bo‘lgan joyni uning atrofidagi ko‘rinish bilan birga qo‘shib suratga olish oriyentirli suratga olish deyiladi. Bunday surat voqea sodir bo‘lgan 25
joydagi obyektlarning tashqi ko‘rinishini va shu voqeaga aloqador joylarni to‘liq ko‘rsatish bilan xarakterlanadi. 15
Agar keng joy maydonini, undagi butun vaziyatni birga qo‘shib oriyentirli suratga olish zarur bo‘lib qolsa, unda keng burchakli obyektivlar bilan yoki panorama usulida suratga olish zarur bo‘ladi. Ayrim hollarda voqea sodir bo‘lgan joyda to‘siqlar, ya’ni baland bino, daraxtlar bo‘lsa, uning atrofidagi vaziyatni yuqoridan turib suratga olish mumkin.
B) Obzorli suratga olish voqea sodir bo‘lgan joyning dastlabki holatini, u qanday ko‘rinishda bo‘lsa, shu ko‘rinishda suratga olishdan iborat. Bunda voqea sodir bo‘lgan joyni to‘la va mazmunli aks ettirish, voqea taxminan aniqlangan joydan suratga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Obzorli surat voqea sodir bo‘lgan joyni to‘liq aks ettirishdir. Bunda olingan suratlar voqea sodir bo‘lgan joyning eng muhim elementlarini, vaziyatning eng zarur joyini butun holda aks ettirishi kerak. Bunday vaqtda voqea sodir bo‘lgan joy bilan, jinoyat sodir bo‘lgan vaqtdagi
15 Кирвель, В.К. Криминалистическая фотография и видеозапись : лекция / В.К. Кирвель; М-во внутр. дел Респ. Беларусь, учреждение образования «Акад. М-ва внутр. дел Респ. Беларусь». — Минск: Акад. МВД, 2012. - 17 с.
26
vaziyatning holati, buyumlarning holati, predmet izlari bilan tanishib chiqiladi. Obzorli surat voqea sodir bo‘lgan joydagi predmetlar soniga, suratga oluvchining pozitsiyasiga, turish holatiga bog’liq. Bir tomondan olingan suratda ba’zi detallar boshqa detallarning orqasida yashirinib qolishi mumkin. Shuning uchun obzorli suratni to‘rt tomondan, ya’ni to‘rt nuqtadan olish ma’quldir. Voqea joyidagi qo‘zg’almaydigan va ko‘zga yaqqol tashlanadigan predmetlar, ochiqdagi alohida bino, qurilish, yakka turgan daraxt, ko‘cha va shunga o‘xshashlar oriyentir nuqta qilib olingani ma’qul. Obzorli suratlarni olishda ko‘proq panorama usuli qo‘llaniladi. Bunda tergovchi voqea sodir bo‘lgan joy bilan tanishishi, uning hajmi va chegarasini aniqlashi, vaziyatni ifodalovchi barcha holatlarni suratga olishi kerak.
V) Markazli (uzlovoy) suratga olish. Kriminalistik nuqtai nazardan voqea sodir bo‘lgan joyda yoki uning ayrim hududida mavjud bo‘lgan ayrim predmetlarni suratga olib qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Ko‘p hollarda bunday muhim markazli obyekt voqea sodir bo‘lgan joydagi murda va uning atrofidagi izlar, qon dog’lari, jinoyat qurollari bo‘lishi mumkin. 16
O‘g’irlik sodir bo‘lgan joydagi eshik, deraza holati, omborning ochiq qolishi, avariya sodir bo‘lganda avtomobil halokati va hokazolarni alohida tasvirlash mumkin. Masalan, murdadagi jarohatlar, buzilgan eshik, deraza, devor
16 http://vuzirossii.ru/index/obshhenauchnye_metody_kriminalistiki/0-19 27
va boshqa to‘siqlardagi buzish qurolidan qolgan izlar, o‘q otish qurolidan qolgan izlar mazkur usul bilan suratga olinadi.
G) Detalli suratga olish. Detalli suratga olishning asosiy vazifasi, mayda detallarni (daliliy ashyolarni) suratga olishdir. Masalan, moslama, kalit, temir, yog’och va boshqa materialning mayda qismlari, qo‘l izlari, otilgan o‘q va gilzalar, singan shisha parchalari va shu kabi boshqa obyektlar suratga olinadi. Detalli suratga olishning markazli usulidan farqi shundaki, ayrim detall, ashyoviy dalillarni joydan olib ketib, maxsus xona va alohida sharoitda suratga olish mumkin.
17 Shu bilan birga suratga olinayotgan obyektning natural razmerini kuzatish maqsadida uning yoniga o‘lchov asbobi (chizg’ich), santimetrli lenta qo‘yib suratga olinadi.
17 http://dic.academic.ru/dic.nsf/eng_rus/74538/детальная |
ma'muriyatiga murojaat qiling