“kriminаlistikа”
sm bo‘lgan fotosurat tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt ko‘rsatkichi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
sm bo‘lgan fotosurat tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt ko‘rsatkichi
№ Amalga oshiriladigan texnologik operatsiyalar Vaqt (minutda) 1 Tasvirni kompyuter xotirasiga kiritish 3 2 Tasvirni tahrir qilish 5 3 Saqlash 2 4 Tasvirni printerda chiqarish 2 5 JAMI: 12
23 А.А.Сафонов, С.М.Колотушкин, А.В.Кочубей. Компьютерные технологии в криминалистической фотографии: теоретические и прикладные вопросы. Учебное пособие. – Волгоград, 2005. – С.140. 24 А.А.Сафонов, С.М.Колотушкин, А.В.Кочубей. Компьютерные технологии в криминалистической фотографии: теоретические и прикладные вопросы. Учебное пособие. – Волгоград, 2005. – С.140. 41
Ushbu jadvallardan ko‘rinib turibdiki, an’anaviy fotografik usuldan ko‘ra, kompyuter texnologiyalaridan fotosuratlarni tayyorlash anchagina samarali (iqtisodiy jihatdan ham, vaqt sarfi jahtidan ham) ekan. Shunday qilib, raqamli fotografik vositalarning tannnarxi va ekspert- kriminalistlarning kundalik vazifalarini bajarish bo‘yicha ish vaqtini tejash bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari sud-fotografik tasvirlarni tayyorlash jarayoni uchun namunaviy kompyuter majmuini yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Hozirgi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatori O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu jarayonga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda ekspert- kriminalist xodimlarni tayyorlash, o‘qitish va qayta tayyorlash jarayonida har bir xodimning rus tilini mukammal bilishi, kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalana olishi kabi talablar qo‘yilmoqda. Ushbu
ishda O‘zbekiston Respublikasi IIV
Ekspert-kriminalistika xizmatlarining o‘z ish faoliyatlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajribalari, amaliyot xodimlarining fikr va mulohazalarini tahlil qilib, shahar va tuman IIB EKBlari miqyosida, ekspert-kriminalistika xizmatlarining ish faoliyati uchun namunaviy kompyuter majmuini yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika xizmatlarining amaliy faoliyatini tahlil qilish, amaliyot xodimlarining ushbu masala bo‘yicha fikr va mulohazalarini o‘rganish natijasida, ekspert-kriminalistika xizmatlarining ish faoliyati uchun namunaviy kompyuter majmuini yaratishda quyidagi prinsipial holatlarni inobatga olish zarur degan taklifni bildirmoqchimiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika xizmatlari va boshqa tashkilotlarning ekspertlik muassasalarida mavjud bo‘lgan, maxsus kriminalistik vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan narxi qimmat kompyuter jihozlaridan raqamli tasvirlarni olish va qayta ishlash maqsadlarida xam samarali foydalanish. 2. Jamiyatimizning boshqa sohalarida qo‘llanilayotgan dasturiy ta’minot texnik vositalarining arzon narxlari va tajribada sinab ko‘rilganligi bois, ulardan Ekspert-kriminalistika xizmatlarining raqamli tasvirlarni olish va qayta ishlash 42
maqsadlarida xam samarali foydalanish. 3. Turli kriminalistik vazifalarni bajarishda kompyuter texnikalarining boshqa shu turdagi texnikalar bilan almashtirishning osonligi va universalligi. 4. Shahar, tuman ekspert-kriminalistika xizmatlari va o‘quv muassalari darajasida kompyuter texnikalarini yanada takomillashtirish imkoniyatlarining mavjudligi.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling