“kriminаlistikа”
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
fotosuratga olish, ovoz yozish, kino, audio- va videtasvirga olish, qoliplar
tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari, shuningdek raqamli formatda fotosuratga olish va videotasvirga olish qo‘llanilishi mumkin. Stenogramma va stenografik yozuv, 51
ma’lumotlar jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi”. 2. Ilgari, ko‘rgazmali ilovalarga qo‘shimcha qilinadigan negativlar sifatida, jinoyat ishi materiallariga “WORM-CD”, “RECORDABLE CD” va boshqa formatli kompakt-disklarni ilova qilish lozim. Ushbu disklar o‘zida, zarurat tug‘ilganda tekshirilishi mumkin bo‘lgan barcha ma’lumotlarni tashuvchilari hisoblanadi. 3. Ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladigan disklar quyidagi talablarga javob berishi lozim: – tasvirga olishdan oldin ularning yaroqliligi tekshirilishi va formatlangan bo‘lishi lozim; – diskning yuz tomonida fotosuratlarning miqdori va ularning maxmuniga oid izohli yozuvlar uchun joy bo‘lishi lozim, orqa tomonidan esa diskning nomeri va markirovkasi bo‘lishi kerak. Diskning nomeri va markirovkasini tergov harakatining bayonnomasida qayd etish lozim bo‘ladi. 4. Diskdagi materiallarni qayd etishning protsessual tartibi JPK normalariga mos kelishi lozim. Tergov harakatining bayonnomasida quyidagi asosiy holatlar qayd etilishi kerak: — raqamli kamerani qo‘llash holati, ushbu turdagi tasvirga olish qanday magnit tashuvchidan foydalanib amalga oshirilganligi, suratga olish sharoitlari va shu kabilar; — magnit tashuvchiga olingan tasvirlar, tergov harakatlari ishtirokchilari tomonidan ko‘rib chiqilishi (bu haqda bayonnomaga tegishli yozuvlar yoziladi). Magnit
tashuvchilar o‘rab-joylashtirilishi, muhrlanishi va
jinoyat ishi
materiallariga qo‘shib qo‘yilishi kerak.; — ma’lumotlarni ko‘rishda, diskning nusxasi (ikkinchi nusxa) qilinadi va bu haqda tergov harakatining bayonnomasiga tegishli qaydlar kiritiladi. Birinchi nusxa — bu dastlabki ma’lumotli disk (dastlabki manba) bo‘lib, jinoyat ishiga materiallariga qo‘shib qo‘yiladi, ikkinchi nusxa ekspert-kriminalistika xizmatlarida mavjud bo‘lgan kompyuter xotirasiga ko‘chirib qo‘yilgan nusxa bo‘lib, EKBda 52
saqlanadi. 5. Magnit tashuvchilardagi tasvirlarning sifatini oshirish maqsadida, kompyuter dasturlar orqali ishlov berilganda, baocha o‘tkazilgan texnologik operatsiyalar tartibi izohlab borilishi kerak. 6. Agar kompyuter texnikasidan foydalanib ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazilgan bo‘lsa, ekspert, xulosaning ilovali qismini tayyorlashda qo‘llanilgan barcha texnologik operatsiyalarni batafsil qayd etishi lozim. Fikrimizcha, raqamli ma’lumotlarning magnit tashuvchilari sifatida qo‘llanilgan disklarning harakat jarayonlarini qayd etish va ro‘yxatga olish uchun, quyidagi hujjatlar zarur bo‘ladi: — magnit disklarni hisobga olish jurnali (ushbu jurnali yuritilishiga moddiy javobgar shaxs mas’ul bo‘ladi). Bu jurnalda qaysi raqamli diskni kim, nima maqsadda va qachon olganligi, diskni olgan sanasi va o‘sha shaxsning imzosi qayd etiladi; — “Ekspertiza va tadqiqotga kelib tushgan materiallarni ro‘yxatdan o‘tkazish Jurnali”da “ko‘rgazmali ilovalar qayd etilgan disklarni olinganligi to‘g‘risida tilxat” deb nomlangan yangi grafa ham qo‘lishili kerak. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling