“kriminаlistikа”


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#254448
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


54 

 

2.3.Ko‘zdan kechirish va ashyoviy dalillarni qayd qilishda 3 D skaner – 



gologrammalardan foydalanish 

Tergov  va  sud  amaliyotidan  ma’lumki,  bugun  mamlakatimiz  huquqni 

muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qo‘llanib kelinayotgan kriminalistik texnik 

vositalar har tomonlama zamon talablariga javob beradi. Biroq, mavjud texnika va 

axborot texnologiyalari sohasida qo‘lga kiritilayotgan yangiliklar yoki kashfiyotlar 

bugungi kun kriminalistik texnik vositalarini yanada takomillashtirishni talab etadi.  

Yuqorida  ta’kidlab  o‘tganimizdek,  ko‘zdan  kechirish  tergov  harakati  

jinoyatlarni  ochish  va  oldini  olishda  ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  aksariyat 

ashyoviy dalillarni tergov va sud muhokamasiga taqdim qiladi.  

Dastlabki  tergov  jarayonida  olingan  ashyoviy  dalillarni  sifati  va  tergov 

ishining samaradorligi dalilarni qayd qilish va tadqiq etish tartibi, uslubi yoki unda 

qo‘llaniladigan texnik  vositalar bilan bevosita  bog‘liqdir. Shu sababli, surishtiruv, 

tergov  va  ekspert-kriminalistik  faoliyatida  hodisa  joyidan  topilgan  ashyoviy 

dalillarni imkon boricha ilm-fanda qo‘lga kiritilgan zamonaviy kriminalistik texnik 

vositalardan foydalangan holda olish, qayd qilish, rasmiylashtirish va tadqiq qilish 

maqsadga muvofiqdir. 

Diqqatimizni  bevosita  ilm-fanda  qo‘lgan  kiritilgan  yutuqlar  va  tadqiqot 

jarayonlari bilan bog‘lasak.  

Ma’lumki,  hodisa  joyidagi  ob’ektiv  holatni  mustahkamlash  va  tekshirishda 

sud  fotogarfiyasining  o‘rni  va  roli  g‘oyat  muhim.  Sud  fotografiyasi  metodlari 

orqali  hodisa  joyidan  topilgan  ashyoviy  dalillar    tergov  va  sud  jarayonida  o‘z 

isbotini  topib  jinoyatni  ochilishiga  yoki  oldini  olinishiga  sabab  bo‘ladi.  Mazkur 

metodlar  ob’ektiv  holatni  ikki  o‘lchamda  suratga  olib  uni  ashyoviy  dalil  sifatida 

qayd  qiladi.

29

  Biroq,    olingan  suratlar  tadqiq  etilayotgan  ob’ektni  har  tomonlama 



to‘liq  o‘rganish  imkonini  bermaydi.  Shu  sababli,  uni  tadqiq  etishda  ba’zi  bir 

muammolar yuzaga keladi. 

                                                             

29

Судебная  фотография  /  C.B.  Душеин,  А.Г.  Егоров,  В.В.  Зайцев,  В.Н.  Хрусталев  /  Под  ред.  А.Г.  Егорова. 



СПб., Питер, 2005. 


55 

 

O‘tgan  asrlar  mobaynida  olimlar  ob’ekt  tasvirini  suratga  olish  borasida 



ko‘plab  tadqiqotlar  olib  bordilar.  Ularning  sayi-harakatlari  o‘laroq  hozirda 

kriminalistik  fotografiyasining  mustahkamlovchi  metodi–stereoskopik  usuli  kashf 

etildi

30

. Ushbu  usul ob’ektni  uch o‘lchamda  suratga olib, uni keng  hajmda ko‘rish 



imkonini  beradi.  Albatta,  suratga  olishning  ushbu  usulining  afzallik  tomonlari 

ko‘p. Biroq, unda ishni tadqiq etish uchun yetarlikcha qulayliklar mavjud emas.  

XXI  asrga  kelib  axborot  texnologiyalari  sohasida  qo‘lga  kiritilgan  yutuqlar 

sud  fotografiyasi  stereoskopik  usulini  ham  takomillashishiga  olib  keldi.  Axborot 

texnologiyalari  sohasida  qo‘lga  kiritilgan  yutuqlar  hodisa  joyidan  topilgan 

ashyoviy  dalillarni  yanada  sifatli  usullarda  qayd  qilish  imkonini  bermoqda. 

Xususan  suratga  olishning  stereoskopik  usulini  takomillashishi  o‘z  navbatida 

tergov  va  sud  amaliyotida  golografik  metodlardan  foydalanish  imkoniyat  yaratdi. 

Golografik  metodlar  hodisa  joyidan  topilgan  obyektlarni  uch  o‘lchamda 

mustahkamlab,  u  haqida  to‘liq  tasavvur  beradi  hamda  obyektni  har  tomonlama 

o‘rganishga imkoniyat yaratadi

31



Bugun, AQSH,  Rossiya, Xitoy, MDH davlatlarning ba’zilarida hodisa joyini 

ko‘zdan  kechirishda,  ashyoviy  dalillarni  qayd  qilish  va  tadqiq  etishda  golografik 

metodlardan foydalanilmoqda. Ushbu metod orqali hujjatlarni, qo‘l yozma matnlar 

va turli xil grafikli qatlamlarni rangini ajratishda, shuningdek, bo‘yalgan, chizilgan 

hujjatlarni  ostidagi  yozuvlarni  o‘qishda  hamda  hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirishda 

topilgan  ashyoviy  dalillar  (masalan:  o‘q,  gilza,  sovuq  qurollar)ni  tadqiq  qilishda 

keng foydalanilmoqda

32



Masalan AQSH va Buyuk Britaniyada hodia joyini va uning qismlarini tadqiq 

qilishda yangi usul yaratilgan. Bunday usulda suratga olish hodisa joyining ko’rish 

mumkin  bo’lgan  virtual  modelini  ekranga  chiqaradi.  Buning  yordamida  bemalol 

hodisa joyidagi  har  xil  xonalarga kirish, predmetlar tasvirini kattalashtirish,  ularni 

har  tomondan  ko’rish,  polda,  devorlarda,  shiftda  nima  borligini  mayda 

                                                             

30

  Бабаева  Э.У.  Фотографирование  на  месте  происшествия  //  Осмотр  места  происшествия:  практическое 



пособие / Под ред. А.И. Дворкина. М: Юристь, 2000 г. 8-9с. 

31

http://studopedia.org/3-43131.html. 



32

http://lib.4i5.ru/sheet-38756&p=5.htm. 




56 

 

qismlarigacha  ko’rish,  umuman  olganda  hodisa  sodir  bo’lgan  joyga  kirmasdan 



turib, butun obyektda “sayohat qilish” mumkin bo’ladi. 

Fikrimizcha,  suratga  olishning  an’anaviy  metodlari  ashyoviy  dalillarni 

mustahkamlash  va  tekshirishda  huquqni  muhofaza  qiluvchi  orgarlar  uchun  to‘la 

qulaylik  yaratmaydi.  Mazkur  metodlar  jinoyat  haqidagi  ma’lumotlarni  to‘liq  aks 

ettirmay, balki hodisa joyidan topilgan ashyoviy dalililarning umumiy ko‘rinishini, 

holatini  tasvirlaydi.  Golografik  metodlar  esa  ob’ektni  bir  vaqtning  o‘zida  turli 

hajmlarda ko‘rish, mustahkamlash va tadqiq etish imkonini beradi. 

Golografiyani  sud  fotografiyasi  metodlaridan  afzalligini  quyidagi  misollar 

orqali  ko‘rib  chiqish  mumkin.  Deylik,  jinoyat  natijasida  qolgan  predmetning  bir 

qismi  A. nuqtada, qolganlari esa B. nuqtada topildi. Bunda sud fotografiyasi ushbu 

obyektlarni  har  birini  alohida-alohida  suratga  oladi  va  qayd  qiladi.  Ashyoviy 

dalillarni  tekshirish  maqsadida  tergovchi  ekspertiza  tayinlaydi  va  shu  orqali 

haqiqatni  aniqlaydi.  Agarda,  ushbu  predmetni  qayd  qilishda  golografiyadan 

foydalanilsa,  haqiqatni  aniqlash  tergovchining  o‘zi  tomonidan  ham  amalga 

oshirilishi  mumkin.  Bu  esa  tergov  ishi  samaradorligini  yanada  oshirgan  bo‘lardi. 

Bundan tashqari, golografik  metodlardan  foydalanishni sud amaliyotida  ham  joriy 

etish 

mumkin.  Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  protsessual 



qonunchiligiga  ko‘ra  ekspertizani  tayinlash  va  o‘tkazish  huquqiga  surishtiruvchi, 

tergovchi va sudlar egadir.  

Tergov  va  sud  amaliyotida  golografik  metodlarni  qo‘llashning  yana  bir 

afzalligi, tergovchi yoki sud ekspert bergan xulosaning qanchalik to‘g‘ri ekanligini 

tekshirib  ko‘rish  imkoniga  ega  bo‘ladi

33

.  Shu  bilan  birga,  dalillarni  sudga  taqdim 



etish  jarayoni  takomillashadi.  Misol  uchun,  hodisa  joyini  golografiya  metodidan 

foydalanib  suratga  olinishi  sud  protsessi  ishtirokchilarida  real  holat  haqida  aniq 

tasavvur uyg‘otadi. Sud ish yurituvidagi qonuniylik va odillikni ta’minlaydi. 

Bugungi  kunda,  mamlakatimiz  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar   

faoliyatida  golografiya  metodlaridan  foydalanishning  nazariy  bosqichlari  davom 

etmoqda.  Aytish  mumkinki,  surishtiruv  va  tergov  faoliyatida  bu  borada  amalga 

                                                             

33

http://baza-referat.ru/Голография. 




57 

 

oshirilayotan  harakatlarni  yanada  jonlantirish  dalillarni  taqdim  etishning 



maqbulligini kafolatlaydi. 

 

Kriminalistik  golografiya  –  bu  jinoyatlarni  ochish,  tergov  qilish  va  oldini 



olish  uchun  golografiyaning  qonuniyligini  o’rganadigan  kriminalistik  texnikaning 

bo’limi.


34

  Kriminaslistik  golografiya  jinoyat  faoliyotiga  tegishli  bo’lgan  jinoyat 

izlarini  va  ashyolarni  obyektiv  tuzatish  prinsiplari  orqali  iloji  boricha  to’liqroq 

amalga shiradi, shuningdek dastlabki va sud tergovi jarayonida ularning aniqligi va 

tiniqligini idrok qilishga yordam beradi. 

 

Obyektlarning tasvirini olish –  golografiyaning  yagona  va asosiy  maqsadi 



emas.  Undan  geometrik  izlarning  hajmini  o’zgartirish  maqsadida  foydalanish 

mumkin.  Bu  ayniqsa,  real  obyektlarning  hajmini  olish  qiyin  yoki  umuman  iloji 

bo’lmagan taqdirda foydalanish keng tarqalgan. 

 

 



 

Kriminalistik golografiyani klassik fotografiya bilan umumiyligi har ikkalasi 

obyekt  haqidagi  ma’lumotlarni  yorug’lik  o’tkazuvchi  ashyoga  chiqarishni  amalga 

oshiradi.  Lekin  golografiya  o’zida  mutlaqo  yangi  metodni  namoyish  etadi.  Unda 

fotografiyaning quyidagi kamchiliklari mavjud emas: 

 

1) tasvirning tekisligi; 



 

2) obyektda turli hajmdagi keng buzilishlarning mavjudligi. 

 

Golografik  metodlar  obyektlarni  tadqiq  qilishda  quyidagi  qimmatli 



imkoniyatlarga ega: 

 

a) obyektning to’liq saqlanishini ta’minlaydi; 



 

b)  uning  mikro  tuzilishining  shakli  va  xususiyatlarini  uch  o’lchovda  qayta 

tiklaydi; 

 

c) buzilgan sohasidan qayta tiklanishini ta’minlaydi. 



 

Golografik  metod  nafaqat  alohida  obyektlar  va  ularning  qismlarini  batafsil 

suratga olish maqsadida qo’llaniladi, balki jinoiy vaziyatda mavjud bo’lgan har bir 

tasvirlanishi  lozim  bo’lgan  izlarni    asosiy  suratga  olishda  ham  foydalaniladi. 

Golografik  metodlar,  asosan,  ko’p  hajmdagi  predmetlar  mavjud  bo’lgan  va  bir 

necha rejalardan iborat bo’lgan hodisa joyini ko’zdan kechirishda muhim ahamiyat 

                                                             

34

 



http://sudmed.mogilev.by/gologhrafiia-v-kriminalistikie.html

 



58 

 

kasb etadi: vayron qilingan joylar, baxtsiz hodisa sodir bo’lgan, falkat yuz bergan, 



yong’in  sodir  bo’lgan,  portlatilgan  joylar,  shuningdek  hodisa  joyini  tez 

o’zgartirilganligi  tasdiqlangan  joylarda  o’tkaziladi.  Hozirgi  kunda  golografik 

prinsiplar  asosida  ishlaydigan  bir  qator  asboblar  yaratilgan.  Ularning  bir  qanchasi 

kriminalistik  texnikani  rivojlantirish  uchun  yaratilgan.  Goloskop  –  to’g’ridan-

to’g’ri  ko’rishning  iloji  bo’lmagan  joylarni  kichik  otversiyalar  orqali  katta 

obyektlarni  tadqiq  qilish  uskunasi.  Goloskop  yoki  shu  maqsadda  yaratilgan 

kriminalistik  prinsiplardan  hodisa  joyini  ko’zdan  kechirishda,  tintuv  o’tkazish  va 

boshqa  tergov  harakatlari  yoki  tezkor-qidiruv  tadbirlarini    amalga  oshirishda, 

chunki  ular  to’g’ridan-to’g’ri  kuzatish  imkoni  bo’lmagan  obyektlarni  kichik 

otversiyalar orqali aniqlashi va tuzatishi lozim bo’ladi.  

 

Hodisa sodir bo’lgan joyda golografik distrometrdan foydalanish ifloslangan 



havoning  tuzilishini  va  boshqa  tez  harakatlanadigan  zarralarni  aniqlash 

imkoniyatini  yaratadi.  Tergov  amaliyotida  bunday  qurilmalardan  foydalanish 

faqatgina  mutaxassislarga  emas,  balki  ularni  ishlata  oladigan    tergov  va  tezkor-

qidiruv xodimlariga ham ruxsat beriladi.  

 

Gologramma  yordamida  jinoiy  hujum  predmetlarining  to’plamini  yaratish 



mumkin (masalan, qurol, gilza va boshqalar.). Bunday to’plamlardan nafaqat o’quv 

jarayonida,  balki  turli  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlarning  amaliyot  sohasida 

ham  foydalanish  mumkin.  Golografik  metodlardan  nafaqat  kriminalistikada,  balki 

obyekt  yuzasini  tadqiq  qilishning  vositasi  sifatida  boshqa  sohalarda  ham 

foydalanish mumkin.   

Xulosa  qilib  aytganda,  golografiya  metodlari  yordamida  jinoyat  sodir 

bo‘lgan  joyni  qayta  ko‘zdan  kechirish,  ekspertiza  o‘tkazish,  hujjatlar  va  boshqa 

obyektlarni mustahkamlash hamda tadqiq qilish mumkin. Shu bois, undan huquqni 

muhofaza  qiluvchi  organlar  faoliyatida  foydalanish,  ularni  yangi  avlodlarini 

amaliyotga  tadbiq  etish  jinoyatlarni  tez  va  to‘liq  ochishga  hamda  ish 

samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

 

 




59 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling