“kriminаlistikа”
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.Ko‘zdan kechirish va ashyoviy dalillarni qayd qilishda 3 D skaner
54
gologrammalardan foydalanish Tergov va sud amaliyotidan ma’lumki, bugun mamlakatimiz huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qo‘llanib kelinayotgan kriminalistik texnik vositalar har tomonlama zamon talablariga javob beradi. Biroq, mavjud texnika va axborot texnologiyalari sohasida qo‘lga kiritilayotgan yangiliklar yoki kashfiyotlar bugungi kun kriminalistik texnik vositalarini yanada takomillashtirishni talab etadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ko‘zdan kechirish tergov harakati jinoyatlarni ochish va oldini olishda ish uchun ahamiyatli bo‘lgan aksariyat ashyoviy dalillarni tergov va sud muhokamasiga taqdim qiladi. Dastlabki tergov jarayonida olingan ashyoviy dalillarni sifati va tergov ishining samaradorligi dalilarni qayd qilish va tadqiq etish tartibi, uslubi yoki unda qo‘llaniladigan texnik vositalar bilan bevosita bog‘liqdir. Shu sababli, surishtiruv, tergov va ekspert-kriminalistik faoliyatida hodisa joyidan topilgan ashyoviy dalillarni imkon boricha ilm-fanda qo‘lga kiritilgan zamonaviy kriminalistik texnik vositalardan foydalangan holda olish, qayd qilish, rasmiylashtirish va tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir. Diqqatimizni bevosita ilm-fanda qo‘lgan kiritilgan yutuqlar va tadqiqot jarayonlari bilan bog‘lasak. Ma’lumki, hodisa joyidagi ob’ektiv holatni mustahkamlash va tekshirishda sud fotogarfiyasining o‘rni va roli g‘oyat muhim. Sud fotografiyasi metodlari orqali hodisa joyidan topilgan ashyoviy dalillar tergov va sud jarayonida o‘z isbotini topib jinoyatni ochilishiga yoki oldini olinishiga sabab bo‘ladi. Mazkur metodlar ob’ektiv holatni ikki o‘lchamda suratga olib uni ashyoviy dalil sifatida qayd qiladi. 29 Biroq, olingan suratlar tadqiq etilayotgan ob’ektni har tomonlama to‘liq o‘rganish imkonini bermaydi. Shu sababli, uni tadqiq etishda ba’zi bir muammolar yuzaga keladi.
29 Судебная фотография / C.B. Душеин, А.Г. Егоров, В.В. Зайцев, В.Н. Хрусталев / Под ред. А.Г. Егорова. СПб., Питер, 2005. 55
O‘tgan asrlar mobaynida olimlar ob’ekt tasvirini suratga olish borasida ko‘plab tadqiqotlar olib bordilar. Ularning sayi-harakatlari o‘laroq hozirda kriminalistik fotografiyasining mustahkamlovchi metodi–stereoskopik usuli kashf etildi 30
imkonini beradi. Albatta, suratga olishning ushbu usulining afzallik tomonlari ko‘p. Biroq, unda ishni tadqiq etish uchun yetarlikcha qulayliklar mavjud emas. XXI asrga kelib axborot texnologiyalari sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar sud fotografiyasi stereoskopik usulini ham takomillashishiga olib keldi. Axborot texnologiyalari sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar hodisa joyidan topilgan ashyoviy dalillarni yanada sifatli usullarda qayd qilish imkonini bermoqda. Xususan suratga olishning stereoskopik usulini takomillashishi o‘z navbatida tergov va sud amaliyotida golografik metodlardan foydalanish imkoniyat yaratdi. Golografik metodlar hodisa joyidan topilgan obyektlarni uch o‘lchamda mustahkamlab, u haqida to‘liq tasavvur beradi hamda obyektni har tomonlama o‘rganishga imkoniyat yaratadi 31 . Bugun, AQSH, Rossiya, Xitoy, MDH davlatlarning ba’zilarida hodisa joyini ko‘zdan kechirishda, ashyoviy dalillarni qayd qilish va tadqiq etishda golografik metodlardan foydalanilmoqda. Ushbu metod orqali hujjatlarni, qo‘l yozma matnlar va turli xil grafikli qatlamlarni rangini ajratishda, shuningdek, bo‘yalgan, chizilgan hujjatlarni ostidagi yozuvlarni o‘qishda hamda hodisa joyini ko‘zdan kechirishda topilgan ashyoviy dalillar (masalan: o‘q, gilza, sovuq qurollar)ni tadqiq qilishda keng foydalanilmoqda 32 . Masalan AQSH va Buyuk Britaniyada hodia joyini va uning qismlarini tadqiq qilishda yangi usul yaratilgan. Bunday usulda suratga olish hodisa joyining ko’rish mumkin bo’lgan virtual modelini ekranga chiqaradi. Buning yordamida bemalol hodisa joyidagi har xil xonalarga kirish, predmetlar tasvirini kattalashtirish, ularni har tomondan ko’rish, polda, devorlarda, shiftda nima borligini mayda
30 Бабаева Э.У. Фотографирование на месте происшествия // Осмотр места происшествия: практическое пособие / Под ред. А.И. Дворкина. М: Юристь, 2000 г. 8-9с. 31 http://studopedia.org/3-43131.html. 32 http://lib.4i5.ru/sheet-38756&p=5.htm. 56
qismlarigacha ko’rish, umuman olganda hodisa sodir bo’lgan joyga kirmasdan turib, butun obyektda “sayohat qilish” mumkin bo’ladi. Fikrimizcha, suratga olishning an’anaviy metodlari ashyoviy dalillarni mustahkamlash va tekshirishda huquqni muhofaza qiluvchi orgarlar uchun to‘la qulaylik yaratmaydi. Mazkur metodlar jinoyat haqidagi ma’lumotlarni to‘liq aks ettirmay, balki hodisa joyidan topilgan ashyoviy dalililarning umumiy ko‘rinishini, holatini tasvirlaydi. Golografik metodlar esa ob’ektni bir vaqtning o‘zida turli hajmlarda ko‘rish, mustahkamlash va tadqiq etish imkonini beradi. Golografiyani sud fotografiyasi metodlaridan afzalligini quyidagi misollar orqali ko‘rib chiqish mumkin. Deylik, jinoyat natijasida qolgan predmetning bir qismi A. nuqtada, qolganlari esa B. nuqtada topildi. Bunda sud fotografiyasi ushbu obyektlarni har birini alohida-alohida suratga oladi va qayd qiladi. Ashyoviy dalillarni tekshirish maqsadida tergovchi ekspertiza tayinlaydi va shu orqali haqiqatni aniqlaydi. Agarda, ushbu predmetni qayd qilishda golografiyadan foydalanilsa, haqiqatni aniqlash tergovchining o‘zi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Bu esa tergov ishi samaradorligini yanada oshirgan bo‘lardi. Bundan tashqari, golografik metodlardan foydalanishni sud amaliyotida ham joriy etish mumkin. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual qonunchiligiga ko‘ra ekspertizani tayinlash va o‘tkazish huquqiga surishtiruvchi, tergovchi va sudlar egadir. Tergov va sud amaliyotida golografik metodlarni qo‘llashning yana bir afzalligi, tergovchi yoki sud ekspert bergan xulosaning qanchalik to‘g‘ri ekanligini tekshirib ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi 33 . Shu bilan birga, dalillarni sudga taqdim etish jarayoni takomillashadi. Misol uchun, hodisa joyini golografiya metodidan foydalanib suratga olinishi sud protsessi ishtirokchilarida real holat haqida aniq tasavvur uyg‘otadi. Sud ish yurituvidagi qonuniylik va odillikni ta’minlaydi. Bugungi kunda, mamlakatimiz huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida golografiya metodlaridan foydalanishning nazariy bosqichlari davom etmoqda. Aytish mumkinki, surishtiruv va tergov faoliyatida bu borada amalga
33 http://baza-referat.ru/Голография. 57
oshirilayotan harakatlarni yanada jonlantirish dalillarni taqdim etishning maqbulligini kafolatlaydi.
Kriminalistik golografiya – bu jinoyatlarni ochish, tergov qilish va oldini olish uchun golografiyaning qonuniyligini o’rganadigan kriminalistik texnikaning bo’limi.
34 Kriminaslistik golografiya jinoyat faoliyotiga tegishli bo’lgan jinoyat izlarini va ashyolarni obyektiv tuzatish prinsiplari orqali iloji boricha to’liqroq amalga shiradi, shuningdek dastlabki va sud tergovi jarayonida ularning aniqligi va tiniqligini idrok qilishga yordam beradi.
Obyektlarning tasvirini olish – golografiyaning yagona va asosiy maqsadi emas. Undan geometrik izlarning hajmini o’zgartirish maqsadida foydalanish mumkin. Bu ayniqsa, real obyektlarning hajmini olish qiyin yoki umuman iloji bo’lmagan taqdirda foydalanish keng tarqalgan.
Kriminalistik golografiyani klassik fotografiya bilan umumiyligi har ikkalasi obyekt haqidagi ma’lumotlarni yorug’lik o’tkazuvchi ashyoga chiqarishni amalga oshiradi. Lekin golografiya o’zida mutlaqo yangi metodni namoyish etadi. Unda fotografiyaning quyidagi kamchiliklari mavjud emas:
1) tasvirning tekisligi; 2) obyektda turli hajmdagi keng buzilishlarning mavjudligi.
Golografik metodlar obyektlarni tadqiq qilishda quyidagi qimmatli imkoniyatlarga ega:
a) obyektning to’liq saqlanishini ta’minlaydi; b) uning mikro tuzilishining shakli va xususiyatlarini uch o’lchovda qayta tiklaydi;
c) buzilgan sohasidan qayta tiklanishini ta’minlaydi. Golografik metod nafaqat alohida obyektlar va ularning qismlarini batafsil suratga olish maqsadida qo’llaniladi, balki jinoiy vaziyatda mavjud bo’lgan har bir tasvirlanishi lozim bo’lgan izlarni asosiy suratga olishda ham foydalaniladi. Golografik metodlar, asosan, ko’p hajmdagi predmetlar mavjud bo’lgan va bir necha rejalardan iborat bo’lgan hodisa joyini ko’zdan kechirishda muhim ahamiyat
34
http://sudmed.mogilev.by/gologhrafiia-v-kriminalistikie.html
58
kasb etadi: vayron qilingan joylar, baxtsiz hodisa sodir bo’lgan, falkat yuz bergan, yong’in sodir bo’lgan, portlatilgan joylar, shuningdek hodisa joyini tez o’zgartirilganligi tasdiqlangan joylarda o’tkaziladi. Hozirgi kunda golografik prinsiplar asosida ishlaydigan bir qator asboblar yaratilgan. Ularning bir qanchasi kriminalistik texnikani rivojlantirish uchun yaratilgan. Goloskop – to’g’ridan- to’g’ri ko’rishning iloji bo’lmagan joylarni kichik otversiyalar orqali katta obyektlarni tadqiq qilish uskunasi. Goloskop yoki shu maqsadda yaratilgan kriminalistik prinsiplardan hodisa joyini ko’zdan kechirishda, tintuv o’tkazish va boshqa tergov harakatlari yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda, chunki ular to’g’ridan-to’g’ri kuzatish imkoni bo’lmagan obyektlarni kichik otversiyalar orqali aniqlashi va tuzatishi lozim bo’ladi.
Hodisa sodir bo’lgan joyda golografik distrometrdan foydalanish ifloslangan havoning tuzilishini va boshqa tez harakatlanadigan zarralarni aniqlash imkoniyatini yaratadi. Tergov amaliyotida bunday qurilmalardan foydalanish faqatgina mutaxassislarga emas, balki ularni ishlata oladigan tergov va tezkor- qidiruv xodimlariga ham ruxsat beriladi.
Gologramma yordamida jinoiy hujum predmetlarining to’plamini yaratish mumkin (masalan, qurol, gilza va boshqalar.). Bunday to’plamlardan nafaqat o’quv jarayonida, balki turli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaliyot sohasida ham foydalanish mumkin. Golografik metodlardan nafaqat kriminalistikada, balki obyekt yuzasini tadqiq qilishning vositasi sifatida boshqa sohalarda ham foydalanish mumkin. Xulosa qilib aytganda, golografiya metodlari yordamida jinoyat sodir bo‘lgan joyni qayta ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazish, hujjatlar va boshqa obyektlarni mustahkamlash hamda tadqiq qilish mumkin. Shu bois, undan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida foydalanish, ularni yangi avlodlarini amaliyotga tadbiq etish jinoyatlarni tez va to‘liq ochishga hamda ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling