“kriminаlistikа”
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3D skaneridan foydalangan holda hodisa joyini
Xulosa. 60
Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko’ra bugun surishtiruv va tergov amaliyotida amalda qo’llanilayotgan sud fotografiyasining suratga olish usullari taktik qoidalariga surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan lozim darajada amal qilinmayotganligi kuzatilmoqda. Tergov
ishi sifatini oshirish hamda
samaradorlikka erishish maqsadida yuqorida bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Birinchidan, sud fotografiyasi va video yozuvidan tergov va ekspertiza amaliyotida foydalanishda tergovchilar va ekspert-kriminalistlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklarni oldini olish maqsadida yosh, yetarli malakaga ega bo’lmagan kadrlarni malakasini oshirish maqsadida tegishli organlar malaka oshirish kurslari dasturlariga sud fotografiyasi va videoyozuvi mavzusini kiritish zarur. Ikkinchidan, bugungi kunda information texnologiyalarning rivojlanib borishi suratga olishning metodlarini takomillashuviga sabab bo’lmoqda. Xususan, AQSH, Angliya, Rossiya, Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlar tergov amaliyotida hodisa joyini ko‘zdan kechirish natijalarini qayd qilishda suratga olishning golografik metodlari va vositalaridan foydalanib kelinmoqda. Uning afzalligi hodisa joyining asl holatini va tergovchi uchun noaniq bo‘lgan yoki tergovchi e’tiboridan chetda qolgan jinoyat ishiga taaluqli ashyoviy dalillarni obyektiv qayd qilinishini ta’minlaydi.
Ma’lumki, bugun tergov amaliyotida jtinoyat ishini yuritish bilan bog‘liq masalalarda bir qator muammolar mavjud. Masalan, jinoyat ishini qo‘zg‘atgan tergovchi kasalligi yoki ishdan bo‘shagani yoki rotatsiya qilingani munosabati bilan jinoyat ishi yurituvini boshqa tergovchiga o‘tkazilishi tez-tez kuzatiladi. Mazkur holat tergovni olib borishda keyinchalik jinoyatga oid ayrim detallarni etishmasligi yoki ishni o‘z yurituviga olgan tergovchida qo‘shimcha savollarni yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan qator muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Yuqoridagi muammolarni oldini olish maqsadida bugungi tergov amaliyotida 3D skanerlaridan foydalanish informatsion texnologiyalardan samarali foydalanish tergov ishi sifatini oshirishga xizmat qiladi.
61
Uchinchidan, sud va tergov amaliyotida golografiyadan foydalanish tergovchining ish samaradorligini oshiradi. Kriminalistik golografiya tushunchasi milliy kriminalistik adabiyotlarda mavjud emas. Shu nuqtai nazardan kriminalistik golografiya tushunchasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Kriminalistik golografiya – bu jinoyatlarni ochish, tergov qilish va oldini olish uchun golografiyaning qonuniyligini o‘rganadigan kriminalistik fotografiya va video yozuvning alohida sohasidir. Kriminaslistik golografiya jinoyat faoliyotiga tegishli bo‘lgan jinoyat izlarini va ashyolarni obyektiv tuzatish prinsiplari orqali iloji boricha to‘liqroq amalga oshiradi, shuningdek dastlabki va sud tergovi jarayonida ularning aniqligi va tiniqligini idrok qilishga yordam beradi. To‘rtinchidan, golografik metodlardan foydalanishning eng muhim texnik vositasi hisoblangan 3D skanerlardan foydalanishning huquqiy asoslarini shakllantirish. Ushbu texnik vositasini amaliyotga tadbiq etishni huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 136-moddasining 2-qismiga quyidagi tahrirda qo‘shimcha kiritish muvofiq deb hisoblaymiz: “Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ko‘zdan kechirish chog’ida o‘lchov o‘tkazadi, fotosuratga, kinotasvirga, videoyozuvga tushiradi, 3D skaneridan foydalangan holda hodisa joyini Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling