“kriminаlistikа”


sm bo‘lgan fotosurat tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt ko‘rsatkichi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/36
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#254448
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari

sm bo‘lgan fotosurat tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt ko‘rsatkichi 

№ 

Amalga oshiriladigan texnologik operatsiyalar 

Vaqt (minutda) 

Tasvirni kompyuter xotirasiga kiritish 



Tasvirni tahrir qilish 



Saqlash 



Tasvirni printerda chiqarish 



JAMI: 



12 

                                                             

23

 А.А.Сафонов, С.М.Колотушкин, А.В.Кочубей. Компьютерные технологии в криминалистической 



фотографии: теоретические и прикладные вопросы. Учебное пособие. – Волгоград, 2005. – С.140. 

24

 А.А.Сафонов, С.М.Колотушкин, А.В.Кочубей. Компьютерные технологии в криминалистической 



фотографии: теоретические и прикладные вопросы. Учебное пособие. – Волгоград, 2005. – С.140. 


41 

 

Ushbu  jadvallardan  ko‘rinib  turibdiki,  an’anaviy  fotografik  usuldan  ko‘ra, 



kompyuter  texnologiyalaridan  fotosuratlarni  tayyorlash  anchagina  samarali 

(iqtisodiy jihatdan ham, vaqt sarfi jahtidan ham) ekan. 

Shunday  qilib,  raqamli  fotografik  vositalarning  tannnarxi  va  ekspert-

kriminalistlarning  kundalik  vazifalarini  bajarish  bo‘yicha  ish  vaqtini  tejash 

bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari sud-fotografik tasvirlarni tayyorlash jarayoni 

uchun  namunaviy  kompyuter  majmuini  yaratish  zaruratini  keltirib  chiqaradi. 

Hozirgi  kunda  dunyoning  ko‘plab  mamlakatlari  qatori  O‘zbekiston  Respublikasida 

ham  ushbu  jarayonga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Shu  maqsadda  ekspert-

kriminalist  xodimlarni  tayyorlash,  o‘qitish  va  qayta  tayyorlash  jarayonida  har  bir 

xodimning  rus  tilini  mukammal  bilishi,  kompyuter  texnologiyalaridan  samarali 

foydalana olishi kabi talablar qo‘yilmoqda.  

Ushbu 


ishda  O‘zbekiston  Respublikasi 

IIV 


Ekspert-kriminalistika 

xizmatlarining  o‘z  ish  faoliyatlarida  kompyuter  texnologiyalaridan  foydalanish 

bo‘yicha  tajribalari,  amaliyot  xodimlarining  fikr  va  mulohazalarini  tahlil  qilib, 

shahar  va  tuman  IIB  EKBlari  miqyosida,  ekspert-kriminalistika  xizmatlarining  ish 

faoliyati uchun namunaviy kompyuter majmuini yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab 

chiqildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  IIV  Ekspert-kriminalistika  xizmatlarining  amaliy 

faoliyatini  tahlil  qilish,  amaliyot    xodimlarining  ushbu  masala  bo‘yicha  fikr  va 

mulohazalarini  o‘rganish  natijasida,  ekspert-kriminalistika  xizmatlarining  ish 

faoliyati  uchun  namunaviy  kompyuter  majmuini  yaratishda  quyidagi  prinsipial 

holatlarni inobatga olish zarur degan taklifni bildirmoqchimiz: 

1.  O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika xizmatlari va boshqa 

tashkilotlarning  ekspertlik  muassasalarida  mavjud  bo‘lgan,  maxsus  kriminalistik 

vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan narxi qimmat kompyuter jihozlaridan raqamli 

tasvirlarni olish va qayta ishlash maqsadlarida xam samarali foydalanish. 

2.  Jamiyatimizning  boshqa  sohalarida  qo‘llanilayotgan  dasturiy  ta’minot 

texnik  vositalarining  arzon  narxlari  va  tajribada  sinab  ko‘rilganligi  bois,  ulardan 

Ekspert-kriminalistika  xizmatlarining  raqamli  tasvirlarni  olish  va  qayta  ishlash 




42 

 

maqsadlarida xam samarali foydalanish. 



3. Turli  kriminalistik  vazifalarni  bajarishda  kompyuter  texnikalarining 

boshqa shu turdagi texnikalar bilan almashtirishning osonligi va universalligi. 

4.  Shahar,  tuman  ekspert-kriminalistika  xizmatlari  va  o‘quv  muassalari 

darajasida  kompyuter  texnikalarini  yanada  takomillashtirish  imkoniyatlarining 

mavjudligi. 


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling