“kriminаlistikа”
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
Kriminalistik
fotografiya va videoyozuv uchun kompyuter majmuasidan foydalanishning texnik-iqtisodiy asoslanishi: 38
Jamiyatimizda ichki ishlar idoralari faoliyatida kompyuter texnologiyalari, xususan vazifasi moddiy axborotlarni qayd etish va daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan yashirin (latent) ma’lumotlarni aniqlashdan iborat bo‘lgan kriminalistik fotografiyadan foydalanishning aniq qoidalari mavjud. Ushbu vazifalarni kompyuter fotografiyasi vositalari yordamida bajarish imkoniyatlarini asoslash uchun quyidagi ikki vaziyatni ko‘rib chiqaylik.
obzorli, bog‘lovchi va detalli suratga olish), ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish, tergov eksperimenti, tintuv va boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish jarayonida olingan fotosuratlarni o‘rganish; Ikkinchisi – kriminalistik ekspertizalarni o‘tkazishda olingan (masalan, «MBS» va «MSK» mikroskoplaridan foydalanib, kontrastlovchi va rang ajratuvchi fotosurtga olish, makro- va mikrosuratga olish, spektrning ko‘rinmas sohalaridagi fotosuratga olish, ekspert xulosalarining ko‘rgazmali ilovasidagi fotosuratlar, kriminalistik obyektlarning ko‘rinmaydigan belgilari aks etgan fotosuratlarni) fotosuratlarni o‘rganish. Ushbu vaziyatlar uchun an’anaviy fotografik (oq-qora va rangli fotosurat tayyorlash) jarayon va raqaml fotografik metodning samaradorligini, fikrimizcha, fotosuratlarni tayyorlashga sarf bo‘ladigan vaqt hamda suratlarni kerakli hajmda va yetarlicha sifatli tayyorlashning tannarxi kabi ko‘rsatgichlar belgilaydi. Fotosuratlar tayyorlashning tannarxi ko‘rsatkichi o‘ziga suratlarning miqdori, ularning hujjatlar uchun mo‘ljallangan o‘lchamlari kabilarni qamrab oladi. Fotosuratlarni tayyorlashga sarf bo‘ladigan vaqt ko‘rsatgichi esa ushbu vazifalarni bajarish uchun zarur mehnat sarfini qamrab oladi. Unga quyidagilar kiradi:
– hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakati bayonnomasi yoki ekspertiza xulosasining fotojadvalini tayyorlashga sarf bo‘ladigan vaqt; – shahar, tuman ekspert-kriminalistika xizmati miqyosida, bir yil davomida ko‘rgazmali ilovalar (fotojadvallar) tayyorlashga sarflanadigan vaqt; 39
– viloyat ekspert-kriminalistika xizmati miqyosida, bir yil davomida ko‘rgazmali ilovalar (fotojadvallar) tayyorlashga sarflanadigan vaqt. Ilovadagi 1-jadvalda an’anaviy (oq-qora va rangli) fotografik usulda tayyorlangan o‘lchami 9x12 sm bo‘lgan fotosuratning narxi keltirilgan 21 . Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling