“kriminаlistikа”
Izlarni suratga tushirish
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
Izlarni suratga tushirish.
Qo‘l izlarini suratga olish odatda ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1) qo‘l izlari olingan predmet suratga olinadi. Bu qo‘l izlarining joylashuvini ko‘rsatish uchun zarur; 2) qo‘l izlarining o‘zi. Barmoqlarning yakka izlari yirik masshtabli suratga olish metodida uzunlashtiruvchi halqalar yordamida suratga olinadi. qo‘l izlarini suratga olishdan oldin ularning ustiga shu maqsadlarda qo‘llaniladigan biror bir kukun sepiladi. Agar qo‘l izi rangsizligi tufayli suratga olinishi qiyin bo‘lsa, izli predmet ekspert bo‘limiga jo‘natilishi kerak. Sud fotografiyasi ish uchun daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy obyektlar va faktlarni yozib qayd qilish va tekshirish uchun qo‘llaniladi. Fotografiya usuli o‘zining ko‘rgazmali, aniq va tezkorligi bilan qayd etishning boshqa metodlaridan birmuncha farq qiladi. Tekshirish uchun suratga olish mutaxassis tomonidan laboratoriya sharoitlarida maxsus tegishli uslublarga qo‘llangan qolda amalga oshiriladi. Aniq fototexnika vositalari va uslublarni tanlab olish tekshiriladigan obyektlar va tekshirish vazifalariga bog’liq.
29
Turli kriminalistik ekspertizalarni o‘tkazish paytida quyidagi vazifalarni hal qilishga to‘g’ri kelishi mumkin: Kichik hajmli obyektning oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan detallarini aniqlash; Oddiy ko‘z bilan ilg’ab bo‘lmaydigan atrof-muhit fonidan salgina farq qiluvchi detallarni aniqlash; Oddiy yorug’likda ko‘rib bo‘lmaydigan detallarni aniqlash. Bunday masalalar har xil usullarni qo‘llash bilan hal qilinadi. Mikro va makro fotografiya oddiy usul bilan tekshirib bo‘lmaydigan o‘rta, mayda izlar va boshqa detallar maxsus qisqa fokusli obyektiv yoki fotokamera yoki fotonasadka bilan birlashtirilgan holda mikroskop orqali aniqlanadi va qayd qilinadi. Videoyozuv texnikasini mast holda jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlab turishda, ayniqsa, yo‘l-transport hodisalarida qo‘lga olinganlar spirtli ichimlik iste’mol qilganligini tekshirishga rozilik bermaganda, ushlab turilganda yoki hibsga olinganda jinoyatchi jinoyat izlarini, ashyoviy dalillarni, hujjatlarni yo‘q qilish yoki zarar yetkazish xavfini tug’dirganda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu esa tasvir sudda namoyish etilganda shaxsning aybdorligini tasdiqlovchi boshqa dalillar qatoridan joy olishi mumkin. Shuningdek, videoyozuvni fosh qiluvchi dalillarni qayd etishda, masalan, ko‘p miqdordagi qurilish manbalarini yo‘qotish, olib qo‘yish bilan bog’liq tintuv o‘tkazishda qo‘llash ham maqsadga muvofiqdir. Videoyozuvni shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish paytida ham qo‘llash kerak. Chunki, ba’zan shubhali holatlar bo‘lishi mumkin, videomagnitofon esa tanib olish bo‘yicha xususiyatlarni sudda ko‘rsatish yo‘li bilan ularning ishonchliligini oshiradi. Videoyozuv hujjat va predmetlarni tanib olish uchun ko‘rsatishda ham foydalidir. Videoyozuv texnikasi hayoti xavf ostida turgan jabrlanuvchidan tushuntirish olishda yoki kichik yoshdagi shaxslar so‘roq єilinganda foyda beradi. Videoyozuvni manfaatdor shaxslarning tazyiqi natijasida o‘zlarining dastlabki haqiqiy ko‘rsatuvlarini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan guvohni (jabrlanuvchini)
30
so‘roq qilishda, shuningdek, so‘roq qilishning noqonuniy usullari qo‘llanganligi haqidagi ariza berish mumkin bo‘lganda va o‘z ko‘rsatuvlarini o‘zgartiradigan ayblanuvchini so‘roq qilishda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Videoyozuv tergov eksperimentlari o‘tkazilganda, ish bo‘yicha haqiqatni tiklash va dalillarni mustaѕkamlashda ham beqiyos yordam beradi. Ba’zi hollarda prokuror, sud, advokat va tergov harakatining boshqa ishtirokchilari videofonogrammani ko‘rib, tergov eksperimentining muhim protsessual sharoitlariga rioya qilingan yoki qilinmaganligi, bayonnomada o‘tkazilgan tajriba va uning natijalari o‘rtasida qarama-qarshi fikrlar bor yoki yo‘qligi haqida muhokama qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Video yozuv o‘zgaruvchan hollardagi ma’lum obyekt va hodisalarni ko‘rish zarurati tug’ilganda, ma’lum shaxsning hodisalarni ko‘rishi zarurati tug’ilganda, ma’lum shaxsning aniq vaqt oralig’ida kasbga xos bilimlarni qo‘llash bilan biror usulda ma’lum harakatni sodir etish imkoniyatini tekshirish kabi tergov eksperimentlarini o‘tkazishda ko‘proq foydalidir. Dalillarni videoyozuv texnikasi yordamida qayd etishning yangi usuli protsessual me’yorlarga zid kelmaydi va jinoyat ishini tekshirishning samarasini hamda dastlabki tergov materiallarining dalil manbalari bahosini oshiradi. Suratga olish usullari – bu suratga olish joyini, suratga olish masofasini, suratga olish mazmunini to’gri aniqlashnining qoidalari va tavsiyalarning majmuasi hisoblanadi. Suratga olishning usullari, qoidalari va tavsiyalari suratga olinishi kerak bo’lgan har bir obyektga alohida yondashishni talab etadi. Kriminalistik fotografiyaning vazafilari quyidagilarni o’z ichiga oladi: tadqiqot obyektining umumiy ko’rinishini suratga muhrlash; ekspertizaning ko’zga ko’rinmas va kam ko’rinadigan obyektlarini ajratish; identifikatsiya ekspertizasini amalga oshirish uchun taqqoslanadigan tadqiqot obyektlarini tayyorlash; ekspert xulosasida aks ettirish uchun suratlarni ayirish.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling