“kriminаlistikа”
Nima uchun raqamli fotografiya va videoyozuv hozirgi kunda ham
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
Nima uchun raqamli fotografiya va videoyozuv hozirgi kunda ham
“yangilik” hisoblanadi?. Fikrimizcha, buning sabablari quyidagilardir: – kriminalistik va statistik ma’lumotlarni yig‘ish (to‘plash), qayta ishlash va saqlash bo‘yicha yagona metodologiyasi oxirigacha shakllanmagan; – mavjud ma’lumotlar bazasi juda ko‘plab me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida, asosan qog‘oz tashuvchilar asosida yuritiladi; – ekspert-kriminalistika xizmatlarining quyi bo‘g‘inlarining yetarlicha kompyuterlashtirilmagan; – turli darajadagi va turli mintaqalarda joylashgan o‘rta va quyi bo‘g‘in tizimlarining axborot almashinuv jarayoni kompyuterlashtirilmagan. Ushbu, ekspert-kriminalistik faoliyatni ma’lumotlar bilan ta’minlashda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga oid muammolarni bartaraf etish bir qator huquqiy va tashkiliy-texnik masalalarni hal etish yordamida amalga oshirilishi mumkin. Binobarin, tergov va ekspertlik faoliyatida, kerakli tasvirlarni olish va qayta ishlashda raqamli texnologiyalarni qo‘lash uchun quyidagilar zarur: — “raqamli” fotografiya va videoyozuvdan foydalanish natijalarinng huquqiy maqomini aniqlash; — an’anaviy (oq-qora va rangli) fotografiya va videoyozuv bilan noan’anaviy (raqamli) fotografiya va videoyozuvning samaradorligi (vaqtga oid va moddiy)ni o‘zaro solishtirish; — kriminalistik fotografiya va videoyozuv uchun namunali kompyuter vositalarining majmuini ishlab chiqish; — ekspert kadrlarni tayyorlashda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish; — ichki ishlar idoralarining, o‘z ish faoliyatida “raqamli” texnologiyalardan samarali foydalanib kelayotgan xizmatlarining ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish.
19 http://www.dissercat.com/content/ispolzovanie-tsifrovoi-fotografii-v- kriminalisticheskikh-ekspertizakh# ixzz48dbdT6re 36
Yuqoridagi vazifalarni bajarish maqsadida, ekspert-kriminalistik faoliyatda kompyuter texnikasidan foydalanib amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan vazifalar doirasi
o‘rganildi. Ekspert-kriminalistika xizmatlari faoliyati kompyuter texnologiyalaridan foydalanib bajariladigan vazifalarning juda keng qamrovini o‘z ichiga oladi. Bu kabi ishlar: – kriminalistik hisoblarni yuritish; – kriminalistik ekspertizalarni bajarishda va rasmiylashtirishda matn muharrirlari bilan ishlash; – kriminalistik obyektlarni qayd etish va tadqiq qilish (ravshanligini o‘zgartirish, yaxshi ko‘rinmaydigan izlar yoki belgilarni aniqlash va h.k.z.); – laboratoriya metodlari (zamonaviy analitik qurilmalar IQ-, UB-, xromatomasspektrometr va shu kabilarning tarkibiy qismlari)dan foydalanib obyektlarni tadqiq qilish; – hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatining va ekspertiza xulosalarining fotojadvallarini tayyorlash 20 . Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar ko‘lami ekspert-kriminalistik xizmatlar uchun zarur kompyuter vositalarining zaruriy ro‘yxatini aniqlab beradi. Zarur kompyuter vositalari sifatida esa tegishli dasturiy va texnik (printer, skaner, video- va telekamera, raqamli fotokameralar) bilan ta’minlangan zamonaviy kompyuter texnikalari maydonga chiqadi. Ekspert-kriminalistika xizmatlarining ushbu faoliyat sohasi, ko‘rgazmali materiallar olish, moddiy axborotlarni qayd etish, ularni jo‘natish, saqlash va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan ikki turdagi yo‘nalishga ega: bu ekspertizalarni o‘tkazish va tergov harakatlarida ishtirok etishdir. Agar kompyuter texnikasining rivojlanish istiqbollarini tahlil qilinsa, yaqin vaqtlarda uni ichki ishlar idoralarining barcha faoliyat sohalariga tatbiq etilishini kutish mumkin. Faoliyatni bu darajada kompyuterlashishi jarayonida texnik jihozlanish darajasi miqdoriy ko‘rsatkich sifatida saqlanib qolmaydi, chunki bu
20 Колдин В. Я., Поташин Д. П. Информационные основы экспертно–криминалистического анализа // Вестник Московского Университета. Сер. 11. Право. – 2007. 37
jarayonda texnikaning o‘zining darajasi va imkoniyatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda mavjud kompyuter texnikasining zamonaviylashuvi ham asosiy o‘ringa ko‘tariladi. Bu holda esa, ichki ishlar idoralari faoliyatni kompyuter texnologiyalari bilan qayta jihozlash va ta’minlash miqdor ko‘rsatkichlarini sifat ko‘rsatkichlariga quyidagi ikki asosiy yo‘nalishda o‘tishini nazarda tutadi: — kompyuter tizimlari majmuini yaratish; — kriminalistik obyektlarni fotografik usulda qayd etish va tadqiq qilish bo‘yicha maxsus vazifalarni bajarish uchun maxsus avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil etish. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi xukumati va IIV rahbariyati tomonidan hozirgi davrda ekspert-kriminalistika xizmatlari faoliyatiga kompyuter texnikasini kirib kelishining yana bir chorasi joriy etilgan. Bu ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus qurilma (xromatograflar, mass- spektrometrlar va h.k.z.)larning majburiy tarkibiy qismi bo‘lgan kompyuterlardir. Hozirgi kunda ushbu qurilmalar zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. Bu kabi texnik majmualardan tegishli ma’lumotlarni saqlash yoki qayta ishlash, ko‘rgazmali ilovalar tayyorlash maqsadlarida ham foydalanish mumkin. Ushbu kabi
ta’minot natijasida ekspert-kriminalistika xizmatlari xodimlaridan yangi dasturiy va amaliy tizimlarni alohida o‘rganishni talab etadi. Bu ta’mint natijasida ekspertlarning kompyuter texnikasi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari shakllanib bormoqda. Ichki ishlar idoralarining kompyuter texnikasi bilan ta’minlaganlik darajasi ko‘rgazmali ma’lumotlarni qayd etish va raqamli qayta ishlash uchun kompyuter texnologiyalaridan foyalanish bo‘yicha aniq obyektiv va subyektiv qoidalar tizimini yaratilishiga turtki bo‘ldi. Undan tashqari, kompyuter texnologiyalari sohasidagi yangi yutuqlardan foydalanish, jinoyatchilikka qarshi kurashni yangi yuqori darajaga ko‘tarmoqda.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling